Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

187 



 

SHuningdek,  tinchlikparvarlik,  jo‘mardlik  singari  axloqiy  tamoyillar  ham  insoniyat  hayotida  muhim 

ahamiyatga ega. CHunonchi, tinchlikparvarlik urushning, kon to‘kishning har qanday ko‘rinishining inkor-

etadi.  Ba’zi  ulug‘  davlatchilik  va  buyuk  millatchilik  ruxi  hukmron  bo‘lgan  jamiyatlarda  tinchlikparvarlar 

quvg‘in  qilinadi,  turmalarga  tashlanadi.  Lekin  ular  o‘z  tamiyillaridan  hech  qachon  qaytmaydilar.  Ular 

insoniyatni barcha bahsli masalalarini tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradilar. Er yuzida tinchlik o‘rnatish 

uchun tinimsiz kurash olib boradilar. Jo‘mardlik tamoyili esa SHarqda qadimdan mavjud. Ovro‘poda o‘sha 

altruizm  nomi  bilan  Ogyuct  Kong  ilmiy  muomalaga  kirishgan.  U  kishida  o‘z  qavmdoshiga  achinish 

hissidan,  unga  baxt  va  farovonlik  tilash  tuyg‘usidan  kelib  chiqadi,  moxiyatan  beminnat  xayriyaga 

asoslanadi.  Bundan  tashqari,  bizning  milliy  axloqshunos-ligimizda  o‘zbekchilik,  mexmondo‘stlik  kabi 

tamoyillar mavjud. Ular millatimizning eng yaxpm ananalariga sadoqat tuyg‘usidan kelib chiqadi va o‘zbek 

kishisiga  xos  bag‘ri  kenglik,  do‘ctga,  mexmonga  borini  bag‘ishlashdek  fidoyilik  xususiyatlarini  o‘zida 

mujassamlashtiradi. Ayni paytda, bu tamoyillarni suistemol qilishi hollari ham hozirgi paytda tez-tez uchrab 

turadi.  SHunga  qaramay,  o‘zbekchilik  va  mexmondo‘stlik  tamoyillari  xalqimizning  o‘ziga  ,  xoslimni 

ta’kidlaydi.  Jahonning  juda  ko‘p  xalqlari  bu  tamoyillar  egasi  bo‘lmish  o‘zbek  millatiga  doimo  extirom, 

havas va hayrat bilan minnatdorchilik bildiradilar. 

Inson  hayotida  axloqiy  me’yorlar  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Ular  tamoyillarga  nisbatan  ancha  sodda, 

umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik xayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish 

murvatlari  ham  deyish  mumkin,  ular  axloqiy  talablarning  eng  oddiy  shakli  sifatida  ruyobga  chiqadi. 

Xalollik,  rostgo‘ylik,  xushmuomalalik,  boodoblik,  kamtarlik  singari  me’yorlar  ayniqsa,  diqqatga  sazovar. 

SHuni  ham  aytish  kerakki,  halollikni  uning  dactlabki  tor  diniy  mazmunida  qaysi  taom  haromu,  qaysinisi 

halol,  degan  ma’noda  tushunmaslik  lozim.  U  alla  qachon  umuminsoniy  ma’no  kasb  etgan  me’yorga 

aylangan.  Xalollik,  roctgo‘ylik  vijdon  tushunchasi  bilan  bog‘liq,  insonning  o‘zgaga  munosabati  o‘ziga 

munosabatidek sof bo‘lishini talab qiluvchi me’yorlardir.  

Unlab me’yorlar orasida bu ikkisiga to‘xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik davrida, ayniqsa, 

sho‘rolar  xukumronlik  qilgan  chorakam  bir  asr  vaqt  mobaynida  yolg‘on,  aldov,  nopoklik,  xaromxo‘rlik, 

munofiqlik  singari  illatlar  xalqimizga  shu  qadar  ustalik  bilan  singdipildiki,  hozirgi  paytda  ko‘pchilik 

odamlar  halollik  va  roctgo‘ylik  ustidan  xatto  kuladigan  bo‘lib  kolganlar.  So‘z  bilan  ish  birligi  yo‘qolgan, 

qog‘ozdagi  chiroyli  gaplar  xayotga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Lekin  bo‘larning  hammasi  afsuski,  odatiy  holdek, 

qabul  qilinadi.  SHu  bois  mustaqilligimizning  dastlabki  kunlaridanoq  bu  illatlarga  qarshi-kurash  boshlandi. 

Hozirgi kunda davlatimiz milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni halol, insofli, adolatli bo‘lishga 

chaqirishni  o‘z  ichki  siyosatining  muhim  qismi  deb  bilgan  holda  ish  tutmokda.  Zero  ko‘z  o‘ngimizda 

yolg‘on, aldov, ikkiyuzlamachilik nimaligini deyarli bilmaydigan jamiyatlar, millatlar gullab-yashnamoqda. 

YAponiya, Olmoniya, Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya singari mamlakatlar shular jumlasidan. SHunday 

qilib,  qisqacha  bo‘lsada,  axloqshunoslik  mezoniy  tushunchalari,  axloqiy  tamoyillar  va  me’ryolar  nima 

ekanini, ularning shaxs Hamda jamiyat axloqiy xayotida naqadar muhim o‘rin tutishini ko‘rib chiqdik. 




Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish