193
belgilab berilgan. Nikoh ahdini tuzishda talab qilinadigan shartlardan biri tabaqa bo‘yicha tenglikdir. Nikoh
haqiqiy teng bo‘lishi uchun “kafalat” - nikohga kiruvchi shaxslar urug‘i, qarindoshligi bo‘yicha va
unvonlarda teng bo‘lishi lozim edi. SHariat bo‘yicha nikoh ahdini tuzuvchi tomonlar ruhiy jihatdan sog‘lom
bo‘lishi lozim. Aqldan ozgan shaxs bilan tuzilgan nikoh tuzilmaydi. SHariat bo‘yicha erkaklar bir vaqtning
o‘zida bir qancha xotin olishlari, ammo ularning soni to‘rttadan oshmasligi lozim edi. Sababi agar bir erkak
faqat bir ayolga uylanishi mumkin deyilsa, erkaklar sanog‘idan ortib qolgan ayollarga zulm qilingan bo‘lur
edi. YA’ni, bu ayollar o‘zlarining turmush qurish va ona bo‘lish huquqlaridan mahrum bo‘lib qolar edilar.
Natijada jamiyatda nopoklik va maishiy buzuqliklar yuzaga kelar edi. SHuning uchun Islom moddiy
imkoniyatlari bor erkaklarga ko‘p xotinlik bo‘lishga ruxsat beradi. Bunday holat Turkiston sharoitida ham
mavjud bo‘lib, erkaklar ikki va undan ortiq xotinlarga uylanib, ular bilan bir umumiy xo‘jalikni vujudga
keltirganlar. Musulmonalar nikoh tuzilishiga qadar bir qator diniy urfodatlarni bajarishlari lozim bo‘lgan.
Bu urf-odatlarning biri sovchilik bo‘lib, bo‘lajak kuyovning yaqin qarindoshlari kelinning ota-onasi
huzuriga borib, nikoh to‘g‘risida kelishib oladilar. Bu jarayon “fotiha qilish”, “unashtirish” deb atalgan.
Ikkinchidan, nikohni xalqqa e’lon qilish uchun ziyofat berish musulmonlar uchun sunnat amallaridan biri
hisoblangan. Uchinchidan, nikoh ahdini tuzish vaqtida ruhoniyat vakili bo‘lmish mulla, ikki guvoh va kuyov
kelinning uyiga, yoki kelin va kuyov guvohlari bilan masjidga boradi. Mulla nikoh “xutba” sini o‘qishdan
oldin er-xotinlik shartlari, er va xotinning burch va huquqlarini tushuntiradi, kelin va kuyovning roziligini
so‘raydi, tasdiqlovchi javobni eshitgan mulla nikoh xutbasini o‘qiydi. Nikoh ahdi tuzilgandan so‘ng nikoh
vasihasini olish vaqtida ikki taraf ham mullaga yoki qoziga pul to‘lashi lozim edi. Bu vasiqa “nikoh pattasi”,
to‘langan pul esa “nikoh koma” deb nomlangan. Nikoh ahdi tuzilgandan e’tiboron kelin erining uyida
bo‘lishi lozim. Kelin erining uyiga asosan to‘ydan so‘ng borgan. YUqorida ko‘rsatilgan nikoh ahdini tuzish
vaqtida bajarilishi lozim bo‘lgan holatlarni hisobga olib, qo‘yidagi xulosaga kelish mumkin: shariat
bo‘yicha nikoh tuzish o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘lib, islom dini tomonidan belgilangan talablar uning
qonuniyligi va oshkoraligini ta’minlagan.
Nikohning
qonuniy
jihatlari.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston
Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan "Oila kodeksi"da batafsil bayon qilingan bo’lib,
ularning asosiy vazifalari oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va
hurmat, hamjihatlik, bir - biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi
asosida ko’rishdan, biron bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik aralashishiga yo’l qo’ymaslik,
oila a’zolari o’z huquqlariga to’sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini
ta’minlashdan iborat. Oilaviy turmushda ota - onalar quyidagi huquqlarga ega bo’ladi va bajarilishi ularning
burchlari hisoblanadi: 1) bolalarga ism - sharif va familiya qo’yish; 2) ularning fuqaroligini va millatini
belgilash;
3) o’z bolalariga vakillik qilish, ya’ni ular xali huquqiy muomalaga layoqatsiz ekanlar, ularning huquq va
manfaatlarini himoya qilish; 4)o’z bolalarining istiqomat joylarini belgilash va ularni qonunsiz ushlab
turgan shaxslardan talab qilib olish; 5) o’z bolalarini tarbiyalash, ularga nafaqalar berish va hokazo. Ota-ona
o’z bolasiga qaramasa, tashlab ketsa, jinoyat yo’liga o’tib burchlarini bajarmasa ular otalik, onalik
huquqlaridan mahrum etilishi mumkin hamda ular keyinchalik farzandlaridan nafaqa olish huquqlaridan
ham mahrum bo’ladilar. O’z navbatida, farzandlar ham ota - onalarining oldida o’z burchlarini bajarishlari
shart bo’lib, bularga mehnat qobiliyatini yo’qotganda, kasal bo’lganda, boquvchisiz qolgan ota - onalarga
g’amxo’rlik qilish va hokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |