199
Biz yuqorida madaniyatning keng qamrovlilik xususiyatini ta ’kidlab o‘tdik. Zotan madaniyatning biror
sohasi yo‘qki, unda axloqiy madaniyat bevosita yoki bilvosita ishtirok etmagan boMsin. U iqtisodiy
madaniyatmi, tibbiy madaniyatmi, estetik madaniyatmi, baribir axloqiy madaniyatsiz mavjud bo‘lolmaydi.
Hammasida axloqiy madaniyat muomala odobi,
etiket, kasbiy odob ko‘rinishlarida nafaqat ishtirok etadi, balki ma’lum ma’noda ularning yashash shartini
belgilab beradi. Insonlar toki jamiyat bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular bir-birlari bilan axloqiy
munosabatga kirishmay yashashlarining iloji yo‘q. Axloqiy madaniyat ana shu munosabatning asosi,
mohiyatini tashkil etadi.
Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga oladi. Ana shunday eng
muhim unsurlardan biri — muomala odobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |