154
olganda, har qanday kashfiyotning mohiyatida ma’lum ma’noda yakkalikni umumlashtirish yotadi. Induktiv
xulosa chiqarish tafakkurning o’ziga xos uslubi hisoblanadi. Fikrlashning induktiv uslubi haqidagi dastlabki
ma’lumot qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. Buyuk yunon faylasufi Suqrot (e.a.469-399) har qanday
bilim umumiylik haqidagi tushunchadir. Umumiylik esa alohida hodisalarni o’rganish va solishtirish
natijasida yuzaga keladi, deb bilgan. Induktiv xulosa chiqarish mantiqiy usuliga Suqrot asos solganligini
Arastu o’zining «Metafizika» asarida ko’rsatib o’tgan edi. U ikki narsa Suqrotga taalluqli: biri induktiv
muhokama, ikkinchisi esa umumiy ta’riflardir, deb ko’rsatgan.
Induktiv xulosa chiqarish to’g’risidagi ta’limot Arastu qarashlarida rivojlantirildi. U, jumladan, «Oddiy
sanash induksiyasi» va noto’liq induksiya to’g’risida ma’lumot bergan. XVII-XVIII asrlarda tabiatshunoslik
fanlarining rivojlanishi induktiv logikaga qiziqishni kuchaytirdi. Ingliz faylasufi Frensis Bekon o’zining
«Yangi organon» asarida oddiy sanash yo’li bilan hosil bo’ladigan ommabop induksiya har doim ham
ishonarli bo’lavermaydi;
Induksiyaning shunday nomlarini topmoq kerakki, ular hodisalarning muhim, asosli tomonlarini o’zida
umumlashtirsin, deb ko’rsatgan edi. Bekon bunday shakllarni muayyan sxemaga (tartibga) solib o’rganishni
taklif etdi. Uning fikricha, barcha xilma-xil hodisalarni muayyan sanoqli shakllarga solish mumkin. Bu
qarash cheklangan bo’lsada, o’rta asr sxolastikasiga qarama-qarshi o’laroq o’rganishni faktlardan, olamni
o’rganishdan boshlash talabini ilgari surganligi bilan ahamiyatli.
Induksiya tushunchasi fanda 3 ma’noda qo’llanadi:
1. Induktiv xulosa chiqarish ma’nosida
2. Olamni bilish metodi ma’nosida
3. Muhokama yuritish uslubi ma’nosida
Induktiv xulosa chiqarish shunday mantiqiy uslubki, muayyan turkumga mansub ayrim predmetlar haqidagi
bilimlardan butun turkum haqidagi umumiy fikrlar hosil qilinadi.
Induktiv xulosa chiqarish ma’lum ma’noda haqiqatga yaqin xulosa chiqarishdir. Induktiv xulosaning
chinligi quyidagi qoidalarga bog’liq bo’ladi:
1) Asoslarning chinligi; 2) Ular orasidagi aloqadorlikning real mavjudligi. Lekin bundan har qanday chin
asoslardan chin xulosa chiqarish mumkinligi kelib chiqmaydi.
Bu xatolar mantiqning yetarli asos qonunini buzib talqin etishdan kelib chiqadi.
Induktiv xulosa chiqarish 2 yo’l bilan amalga oshiriladi:
a) To’liq induksiya
b) Noto’liq induksiya a)
Do'stlaringiz bilan baham: |