90
Xulosa
– mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida mavjud
mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi.
Xulosa
chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki,
unda ayrim fikrlarni taqqoslash
yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Inson narsalarning, xossalari va
munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi zamon chegaralaridan o‘tib, sirli kelajakka nazar
tashlashi, hali ma’lum bo‘lmagan narsalarni oldindan ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar
bo‘lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |