89
Tafakkur va borliqning birligi
. Tafakkur bilan borliq o‘rtasida bir-lik mav jud. Tafakkur va borliqning
birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonun larini shakllantiruvchi ijtimoiy amaliyot yotadi. Dunyo
rivojlanishining ob’ektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy qonuniyatlarning farqi shundaki, inson
mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo‘llashi mum- kin, tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari
o‘ziga ongsiz tarzda yo‘l ochadi.
Tafakkurning asosiy shakllari
. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish jarayonida
yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar,
mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tushuncha
–
narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr.
Tushuncha –
tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular
nafaqat narsalar va hodisalarning umumiy jihatlarini aks
ettiradi, balki
ularni bir-biridan ajratadi, ular o‘rtasida mavjud farqlarga qarab ularni
guruhlaydi, tasniflaydi.
Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega
ekanligimizni ta’kidlar ekanmiz, bunda mazkur
ob’ektning mohiyatini tushunishimizni nazarda tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim
umumiy, ya’ni barcha odamlarga xos bo‘lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday
narsalardan farqini ham aks ettiradi, mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning
mohiyati, ya’ni inson haqidagi tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so‘zlashish
va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot». Sezgi, idrok va tasavvurlardan farqli
o‘laroq, tushunchalar ko‘rgazmalilik yoki hissiylikdan xolidir. Idrok daraxtlarni, tushuncha – umuman
daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini ko‘pincha aniq obraz ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin
emas. Inson, masalan, yaxshi odamni tasavvur qilishi mumkin, biroq u yaxshilik, yomonlik, go‘zallik,
qonun, yorug‘lik tezligi, sabab, qiymat kabi tushunchalar va jarayonlarni sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur
qila olmaydi. Har qanday fanning barcha tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning ob’ektiv
ta’rifi ko‘rgazmalilik chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi.
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o‘zida mujassamlashtiradi: tushuncha
mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. SHuning uchun ham oz sonli tushunchalar son-sanoqsiz narsalar
– xossalar va munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda mazmunan har xil bo‘lgan. Ular
ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir. Haqiqiy ilmiy tafakkur madaniyati biron-bir
tushunchani aniq ta’rifsiz qoldirmaslikni o‘zi uchun qoida deb biladi. Buyuk mutafakkir Suqrot
tushunchalarni mantiqiy jihatdan aniq ta’riflash haqiqiy bilimning bosh shartidir, degan edi. Tushunchalar
inson ongida ma’lum bog‘lanishda, mulohazalar ko‘rinishida yuzaga keladi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur –
biror narsa haqida hukm chiqarish, narsaning turli tomonlari o‘rtasidagi yoki narsalar o‘rtasidagi muayyan
aloqalar va munosabatlarni aniqlash demakdir.
Mulohaza
–
fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li bilan biror narsa haqidagi
biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi.
Masalan, «Terak – o‘simlik» degan shunday bir mulohazaki,
unda terak haqida
uning o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish,soxtalik yoki
haqiqiylik, shuningdek, ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz
mulohazalarga duch kelamiz.
Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o‘z holicha tushunchalar mavjud bo‘lgan va ular bir-biri bilan
mantiqan bog‘lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo‘lmas edi. Ma’lumki, so‘zning hayoti faqat nutqda,
gapdagina haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstda «yashaydi». Ayrim tushuncha
sun’iy «preparat», masalan, organizmdan ajratib olingan hujayra bilan barobar. Tafakkur – biror narsa
haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza ko‘rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun
mantiqiy ma’noga ega bo‘lmaydi.
Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma’noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o‘zi esa – toraytirilgan
mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin.Nima yuksakroq – tushunchami yoki mulohaza, degan
masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham besamardir.Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan
ifodasi bo‘lgan gap mulohazani,ifodalashning og‘zaki shaklidir. Har qanday mulohaza sub’ektning predikat,
ya’ni tavsiflanayotgan narsa yoki hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning mantiqda
ko‘rilmaydigan turlari sub’ekt, predikat va ular o‘rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan
bog‘liq. Biz: «Olov kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan sub’ekt predikat bilan bog‘langan hukm. Olovni
ham, kuyishni ham sezish mumkin, biroq ular o‘rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi. Sub’ektning
o‘zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat yo‘q».
Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf etgan»
Do'stlaringiz bilan baham: |