Takrorlash uchun savollar
1.
Operatsion audit natijalari qanday umumlashtiriladi?
2.
Operatsion audit hisoboti nima va u qanday tuziladi?
3.
Auditorlik xulosasi nima va u nima asosida tuziladi?
4.
Auditorlik xulosasi necha xildan iborat?
5.
Auditorlik hisoboti va xulosasi to‘g‘risida tushuncha AFMS
ning qaysi standartida berilgan?
6.
Qanday holatlarda operatsion audit salbiy auditorlik xulosasi
beriladi?
7.
Qanday holatlarda operatsion audit ijobiy auditorlik xulosasi
beriladi?
8.
Auditorlik
hisoboti
va
xulosasi
to‘g‘risida
tushuncha
«Auditorlar faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning qaysi moddalarida
berilagan?
263
14-MAVZU: NAZORAT MASLAHATCHI AUDITORLIK
TIZIMLARI VA AUDIT ISH SIFATI NAZORATI
14.1. Nazorat maslahatchi tizimlarnining maqsadi va vazifalari
Samarali
audit
tizimini
yaratish,
avtomatlashgan
auditni
rivojlantirish orqali amalga oshadi. Bunda ixtisoslashgan maslahatchi
bo‘g‘in yaratilishi zarur. Bu tuzilmani «nazorat maslahatchi auditorlik
tizimlari (NMAT)»deb atash mumkin. NMAT auditorlik obyektlarining
quyidagi guruhlariga mo‘ljallab tashkil qilinishi mumkin:
- buxgalteriya hisobi qo‘lda yuritiladigan obyektlar;
- buxgalteriya hisobi kompyuterlar qo‘llab yuritiladigan obyektlar.
Bu erda, kompyuter fayllarining mazmunini tashkil qiluvchi
birlamchi buxgalteriya hujjatlarining asosiy qismi qayta ishlanadi. Bu
holatda NMAT ning fayllaridan foydalanishi mumkin. Bu esa, o‘z
navbatida,
auditni
bajarish
uchun
qilinayotgan
xarajatlarning
qisqarishiga, uning aniqligi va operativligini oshirishga imkon beradi.
Agar, mijozning buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan bo‘lsa, u
holda auditor o‘z vazifalarini bajarishda ma’lumotlarning kompyuter
ishlanmasi sharoitida audit o‘tkazish qoidalariga rioya etishi lozim.
Bundan tashqari NMAT ISRS 4400 “Moliyaviy ma’lumotlarga nisbatan
kelishilgan amallarni bajarish yuzasidan vazifalar” va ISRS 4410
“Moliyaviy ma’lumotlar kompelyatsiyasi yuzasidan vazifalar” nomli
xalqaro audit standartlariga rioya etishi kerak.
Xuddi shu standartlar NMAT ishlab chiquvchi faoliyatga ham asos
qilib olinishi kerak, chunki bu andoza unga avtomatlashtirilgan
buxgalteriya tizimining xususiyatlarini to‘g‘ri hisobga olish imkonini
ham yaratadi. Bundan tashqari, audit xalqaro standartlari mijozning
hisobga doir ma’lumotlarini avtomatlashgan tarzda qayta ishlashni
tashkil qilish shaklini aniqlash bo‘yicha ishlarni tartibga solishga
yordam beradi. Shu bilan birga bunda ma’lumotlarni qayta ishlashning
markazlashgan darajasini aniqlash zarur: ma’lumotlar mahalliy
kompyuterlarda yoki tizimga ulangan kompyuterlarda qayta ishlanadi.
Bu savollarga javoblar mijozlarning ma’lum bir guruhlarini to‘la
tenglashtirib, NMATni tashkil qilishning strategiyasini belgilab beradi.
Biroq, auditorlik tizimni tashkil qilishning imkonli strategiyalarini
izohlashdan avval, bundan qanday vazifalar oldiga qo‘yilishni aniqlash
zarur. Auditorlik tizimi funksional va ta’minlovchi qismlardan tashkil
topgan bo‘lishi kerak.
264
Funksional qism - bu iqtisodiy-matematik va iqtisodiy-tashkiliy
modellar hamda uslublar, auditni amalga oshirish uslubiyoti va
usullarining majmuasidir. Ta’minlovchi qism esa birinchi qismda
ko‘rsatilgan audit jarayonini avtomatlashtirish uchun qaratilgan bo‘lib,
axborot, dasturiy, texnikaviy va boshqa ta’minotdan tashkil topadi. Bu
qismlarni biz quyida to‘laroq ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.
Audit - spetsifik soha bo‘lib, bir tomondan, u moliyaviy va boshqa
hujjatlarni tekshirish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, korxona hisobi va
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yaxshilash bo‘yicha mutaxassislar taklifini
berishdir. Boshqacha qilib aytganda, bunday tizimlar nazorat va
maslahat berish funksiyalarini birlashtirishi kerak. Bu, o‘z navbatida,
ularni ishlab chiqishga qo‘shimcha qiyinchiliklar kiritadi. Bunday
tizimlar nazorat maslahatchi auditorlik tizimlari (NMAT) deb ataladi.
Ajratilgan guruhlarning har biri audit natijalaridan
o‘z
maqsadlarini ko‘zlaydilar. Masalan, kasaba uyushmalari ish joylarining
saqlanib qolishi, ish haqining oshirilishidan manfaatdor bo‘lsa,
aksiyadorlar va mulk egalari - korxona rentabellik darajasining o‘sishi
va aksiyalar qiymatining ortishidan, banklar va kreditlar - korxonaning
to‘lov qobiliyati va likvidligini aniqlashdan, davlat - tadbirkorlik
faoliyati subyektlarining soliq va to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashidan
manfaatdordir.
NMAT qanday vazifalarni amalga oshirishini, ya’ni uning
funksional qismi nimalardan iboratligini aniqlash uchun, tizimdan
foydalanuvchilarni guruhlarga ajratish va bu guruhlarning har biri
qanday maqsadlarni ko‘zlashini aniqlash lozim. Buni quyidagi 14.1.-
chizmada ko‘rish mumkin. Chizmada ko‘rinib turibdiki, audit
natijalaridan manfaatdor bo‘lgan subyektlar quyidagilar:
- kasaba qo‘mitalari, ishchilar; - aksiyadorlar, mulk egalari;
265
Do'stlaringiz bilan baham: |