13.3-chizma. Moliyaviy nazorat tizimi
Ma’lumki, bizning korxonalar faoliyatida bu funksiyalarning
asosiy qismi iqtisodiy bo‘limlarga yuklatilgan edi. Bozor iqtisodi
sharoitiga o‘tish bilan O‘zbekistonda bu sohada ham ancha o‘zgarishlar
yuz berdi. Bunga muvofiq yuqori davlat nazorat organi sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Nazorat inspektsiyasi
tashkil etildi. Bu organ obyektlari bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi ma’muriy va moliyaviy nazorat bo‘yicha komissiya va
qo‘mitalar hamda nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
Respublika Kengashi a’zolari hisoblanadi. Auditorlik faoliyati sohasida
olib borilgan ishlarga qaramay, nazoratning auditorlik tashkiloti
bo‘yicha o‘rganishni talab qiladigan ko‘proq masalalar borki, bular
fikrimizcha, operatsion auditni tashkil qilishning xususiyatlari;
operatsion audit uslubiyotini ishlab chiqish va ishchi hujjatlaridan
foydalanishdir.
Moliyaviy nazorat tizimi
Davlat nazorati
Jamoat nazorati
Maxkama
nazorati
Mustaqil audit
Prezident
huziridagi
davlat nazorati
inspektsiyasi
Jamoat
tashkilotlari
Maxkama va
vazirliklar
Auditorlik
tashkilotlari
234
13.2. Operatsion audit natijalarini umumlashtirishning
ahamiyati va zarurligi
Huquqiy bozor iqtisodiyotini (ehtimolki hatto hisob auditorlik
huquqining alohida tarmog‘ini barpo etib) qaror toptirish va
rivojlantirish, tadbirkorlarning turli shakllarini rivojlantirish, barqaror
iqtisodiy va fuqarolarning ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash,
chinakam oshkoralikning mavjudligi. Bunda bozor iqtisodiyotining
o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi vositalari (shu jumladan audit ham) amalda
samarali tadbirkorlikni, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlaydi,
davlatimizni saqlab qolish yo‘lida mehnat qilishga imkon beradi, deb
hisoblashmoqda. Bu vazifani bajarish tekshirish natijalariga va
auditorning professional mulohaza yuritish qobiliyatiga asoslangan. Bu
vazifani bajarish tekshirilayotgan iqtisodiy subyektlarning faoliyati (shu
jumladan buxgalteriya hisobi va yillik buxgalteriya hisoboti) muayyan
mezonlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida auditor o‘z fikrini
bildirishi bilan nihoyasiga etadi.
Bu vazifani bajarish uchun auditordan keng professional va hatto
intellektual dunyoqarash, yuksak axloqiy fazilat va nazorat ishining
ma’lum ko‘nikmalari talab qilinadi. Kengaytirilgan dasturda amalga
oshiriladigan audit juda murakkabligi sababli odatda nazorat-taftish
tadbirlarini mutaxassislar guruhi bajaradi, mutaxassislarning har biri
biror kasb sohasida chuqur bilimli bo‘ladi.
Operatsion auditda auditor xo‘jalik tizimining kuzatuvchi sifatida
axborot xatarini kamaytirishi zarur. Bu 13.4-chizmada tasvirlangan.
Masalan, savdoda auditorlar guruhida buxgalterlar, tovarshunoslar,
iqtisodchilar, iqtisodiy axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi
mavjud bo‘lsa, ma’lumotlarni informatsion texnologiya mutaxassislari
kiritadi. Operatsion auditni tashkil etishning bunday shakli nazorat
samaradorligi va sifatini oshiradi, uni o‘tkazish muddatini kamaytiradi,
demak ko‘rsatiladigan xizmatga ketadigan xarajatini kamaytiradi.
Bunda aniq bir iqtisodiy subyektda auditni amalga oshirishga
yuboriladigan mutaxassislarning aniq bir guruhi dalolat berish vazifasini
uddalay olishi muhimdir.
Bunday guruh a’zolari o‘z bilimlari bilan bir-birlarini to‘ldirib, bu
subyektning qaysi tarmoqqa qarashligi va qaysi idoraga bo‘ysunishidan,
shuningdek mijozda hisob ishlari avtomatlashtirilgani darajasidan qat’iy
nazar, talab qilinayotgan xizmatni bajarishga qodir bo‘lishi lozim.
235
Do'stlaringiz bilan baham: |