Marketing haqida 34 ma’lumot
1. Har yili jahonda reklama uchun 500 milliard dollardan ortiq pul
sarflanadi.
2. 65 yoshgacha inson o‘rtacha 2 million ta reklama roliklarini
ko‘rishga ulguradi.
3.
Standart reklama taxta (shit) birinchi marta 1900–yilda
Amerikada yaratilgan. Ana shu davrdan boshlab bilbordlarni ko‘chalar
va magistrallar bo‘ylab navbatma-navbat o‘rnatishni o‘ylab topishgan
edi.
4. Oddiy bola yiliga o‘rtacha 40000 ta TV reklama roliklarini
ko‘radi. Bu kuniga 100 ta rolikdan ortiq.
5. Bolalar tovarlari reklamasi “injiqlik omili”ga ko‘ra bog‘liq
hisoblanadi. U bolalarni ma’lum tovarni sotib olishga qiziqtiradi,
go‘yoki bu narsa bilan u o‘z tengdoshlari orasida zo‘r, taniqli va olifta
bo‘lib ko‘rinar emish, qolgani esa ota-onalarning sabr-toqatiga bog‘liq.
Tadqiqotlarga qaraganda, amerikalik erkatoylar ota-onalaridan, to ular
bolaning injiqliklariga bo‘ysunib, xaridga rozi bo‘lgunga qadar reklama
qilingan tovarlarni olib berishlarini 9 marta so‘rar ekan.
6. Muz bo‘lakchalari reklama syomkasi paytida erib ketmasligi
uchun ularni akrildan tayyorlashadi. Ichimliklardagi pufakchalar uchun
yuvish vositalaridan foydalaniladi, yorug‘lik yaxshiroq o‘tishi uchun
esa, albatta, suv qo‘shiladi.
7. New York Universitetining olimlari Amerika farmatseftika
kompaniyalari reklamaga tadqiqotlarga nisbatan ikki marta ko‘p
mablag‘ sarflashlarini aniqladilar.
8. Kovboy Marlboro haqidagi mashhur (taniqli) reklama 1955-yilda
chiqdi. Avvaliga bosh erkak obrazi sifatida boshqa personajlar: sportchi,
qurol-yarog‘ ustasi va kapitandan foydalanishdi. Biroq qat’iyatli kovboy
eng ko‘p tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Kovboy Marlboro rolida
suratga tushgan aktyorlardan uchtasi keyinchalik o‘pka rakidan o‘ldi.
Brend esa “Kovboylar qotili” (Cowboy Killer) laqabini oldi.
9. 2013–yilda Super Boul (AQSh NFA chempioni unvonini olish
uchun final o‘yin) translyatsiyasi paytida 30 soniyalik reklama roligining
narxi 3 million dollarni tashkil qilgan.
10. Ko‘pchilik tadqiqotchilar reklama - san’atning yerdagi eng
ahamiyatli va ta’sirli shakli, deb ta’kidlaydi.
382
11. IKEA brendi – 1994 – yilda ikki erkak do‘konlarni aylanib,
mebel tanlayotgani ko‘rsatilgan rolikni birinchi bo‘lib reklamada
ko‘rsatgan deyishadi.
12. Har qanday qo‘l soati reklamasida soat millari soat 10 dan 10
daqiqa o‘tganini ko‘rsatadi. Bu tabassum uyg‘otish usuli bo‘lib,
reklamaga qaragan odamda beixtiyor yengil kayfiyat paydo qiladi.
13. Amerika Psixologlar Assotsiatsiyasi 8 yoshgacha bo‘lgan
bolalar reklamani tanqidiy baholashga qodir emas, ular ko‘rsatilgan
hamma ma’lumotlarni haqiqiy va obyektiv deb hisoblaydi, deya
ta’kidlaydilar.
14. Shirin gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar 2006-yilda
reklamaga umumiy 492 million dollar sarfladilar. Taqqoslash uchun sut
ishlab chiqaruvchi Milk Processor Education Program “Got Milk”
kompaniyasi tashabbuskorlari o‘sha yili reklamaga 67 million dollar
sarflagan.
15.
Tadqiqot davomida so‘ralgan bolalarning yarmidan ko‘pi
reklama qilingan tovarlarni xarid qilish o‘ziga bo‘lgan ishonchni
orttirishini ta’kidlashgan.
16. Birinchi pullik reklama ma’lumoti (xabari) AQShda, 1704–yilda
Boston News Letter gazetasiga joylashtirilgan. Bu Long-Aylenddagi
hovli (uy-joy) edi.
17.
Tarixdagi eng qimmatli reklama 2008-yilda reklama
kompaniyalari tomonidan AQShdagi prezident saylovlarida, 2,6 milliard
dollar sarflangan reklama edi. Barak Obama 310 million dollar, Jon
Makkeyn esa 136 mln. dollar sarflashgan.
18. Reklamada “samaradorlik shartlari” texnikasi ko‘p ishlatiladi:
reklama qilinayotgan mahsulot, tovar va predmetlar bilan o‘raladi, bu
esa iste’molchilarda ijobiy tuyg‘ular uyg‘otadi. Masalan, kir yuvish
kukunlarini bolalar, gullar, quyosh yorug‘ligi va boshqalar bilan o‘rab
olgan ma’qul. Brendni bunday muhitda bir qancha marta namoyish
qilish iste’molchida, shuningdek, albatta, reklama berilgan tovarda ham
ijobiy munosabat uyg‘otadi.
19. Odamlarni tovarni sotib olishga undash uchun qilingan reklama
ularning psixologik ehtiyojlariga ta’sir o‘tkazadi. Reklamada eng ko‘p
ekspluatatsiya qilinadigan tuyg‘ular – bu qo‘rquv, o‘zini qadrlash
tuyg‘usi, o‘zini saqlab qolish tuyg‘usi, taqlid qilish va hokimiyatga
intilishdir.
383
20.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, arang sezilarli bo‘lgan
qo‘zg‘atuvchiga ko‘p marta ta’sir o‘tkazish, obyektni pozitiv idrok
etishini kuchaytiruvchi “ko‘zdan kechirish” (“exposure effect”)ni yara-
tadi. Masalan, ko‘pchilik odamlarni bannerlar qiziqtirmasada, reklama
baribir reklama qilinayotgan tovarga nisbatan ijobiy munosabatlarni
shakllantiradi. Bundan tashqari hatto bannerning yigirma marta
ko‘rsatilganidan keyin ham “jonga tegish” samarasi yuzaga kelmaydi.
21.
Taomning tashqi ko‘rinishi ustida reklamada fud-stilistlar
ishlaydi. Qovurilgan jo‘jalar reklamasida, masalan, quyidagi tayyor-
garlik ko‘riladi: avvaliga fud-stilistlar jo‘janing terisini tortishadi va ip
igna yordamida terisini mustahkamlaydi. Keyin uni ho‘llangan qog‘oz
sochiq bilan qayta-qayta uriladi, bundan jo‘janing hajmi ortadi va
isitilayotgan paytda “ishtaha ochuvchi” bug‘ chiqadi. Shundan keyin
jo‘jani tashqi tomondan terisi pishib, tayyor bo‘lguncha (ichi xomligicha
qoladi) qovuriladi. Jarayon yakunida jo‘ja oltinrang – jigarrang tusga
kiradi.
22. Bolalar uchun reklamalarda yosh aktyorlar qoidaga ko‘ra
maqsadli potensial auditoriyaga nisbatan biroz kattaroq bo‘ladi.
Masalan, 8 yoshli bolalar uchun o‘yinchoqlar reklamasida reklama
qilinayotgan tovarni o‘ynayotgan 11-12 yoshli bolalar olinadi. Bu atayin
qilinadi. Aktyorlar rol o‘ynayotgan modellar sifatida chiqadilar, ular
kichik bolalar uchun taqlid qilishga namuna bo‘ladilar.
23. Deydilarki, go‘yo Microsoft Rolling Stonesda ularning “Start
Me Up” kompozitsiyasidan Windows-95ning reklamasida foydalanish
uchun 9 mln. dollar to‘lagan emish. Bundan tashqari istalgan yosh
ijrochining noma’lum qo‘shig‘i, undan reklamada foydalanilganidan
keyin bir kechada xitga aylanishi mumkin ekan.
24. Mars kompaniyasi “O‘zga sayyoralik” filmining bosh
qahramonini shunchalik badbashara, deb hisoblaganki, filmda bu
badburush mavjudotni aldab, “qo‘lga tushirish” uchun M&M’s
konfetidan foydalanishga ruxsat bergan. M&M’sning o‘rniga filmni
yaratuvchilari Reese’s Pieces konfetidan foydalanishgan va film
ekranlarga chiqqach, bu konfetning sotilishi 65 % ga o‘sgan.
25.
1950–yillar oxirida Doyle Dance Bernbach agentligida
Volkswagen reklama kompaniyasining “Think Small” reklamasi
olamshumul hisoblanadi, sababi, aynan uning sharofati bilan Gitlerning
buyurtmasi bilan yaratilgan nemislarning Volks wagen Juk avtomobili
urushdan keyingi Amerikada muvaffaqiyatli sotilish imkoni tug‘ildi.
384
26. Eng yangi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, skeptik odamni biror
narsa sotib olishga ko‘ndirish, bu reklamadagi aniq faktni bekor qilish
(bosh tortish) va his-tuyg‘u tomoniga urg‘u berishdir. Va aksincha,
skeptizmga moyil bo‘lmagan odamlarni reklamadagi faktorlar va
axborotlar ko‘proq ishontirar ekan.
27.
1440–yilda bosma stanok kashf qilinguniga qadar reklama
ovozli e’lon tarzida mavjud bo‘lgan.
28. Reklama beruvchilarning eng katta guruhini oziq-ovqat mah-
sulotlari ishlab chiqaruvchilari tashkil etar ekan.
29. Tadqiqotlarga ko‘ra ayollar jurnallarida erkaklar jurnallariga
nisbatan vaznni kamaytirish uchun vositalarni ilgari suruvchi reklama va
maqolalar 10,5 marta ko‘p. Ayollarning silliq, yaltiroq muqovali
jurnallarining 75% muqovasida o‘z tanasini parhezlar, mashqlar yoki
plastik xirurgiya yordamida qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida
kamida bitta maqola chiqar ekan.
30. Ronald Makdonald birinchi marta 1963–yilda reklamada
paydo bo‘ldi. 2010–yilda esa Corporate Accountability international
tashkilotidagi amerikalik faollar, uni 50 yildan buyon bolalarni zararli
ovqatga “mahkum qilib”, ularni semirib ketishiga va nosog‘lom
ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar epidemiyasini tarqatishida
ayblashgan.
31. «Dove»ning «Go‘zallik evolyutsiyasi» («Evolution of Beauty»)
reklamasi bir kechada virusli reklama bo‘lib qoldi: milliondan ortiq
odam You Tubeda ushbu qiziqarli rolikni ko‘rgan edi.
32.
Embient kutilmagan joylarda (zinalar, jamoat hojatxonalari,
ustunlar va boshqalar) reklama-qonuniymi, qonunsizmi yoki kutilmagan
joylarda (ko‘chalar, savdo markazlari) ularni o‘tkazish shunchalik
muvaffaqiyatlimi, deya o‘rganishdi, chunki reklamachilar yangidan
yangi reklama tashuvchilarni o‘zlashtira boshlagan edilar. Biroq
tadqiqotchilar reklamaning bunday ko‘rinishi iste’molchilarda
ishonchsizlik va begonasirash tuyg‘ularini uyg‘otishini, odamlar shubha-
lanuvchan bo‘lib qolishini va har bir inson o‘zaro munosabatda reklama
ta’siri hamda reklamadagidek rejalashtirilgan harakatlarni bajarishayot-
ganini ko‘rishlarini aniqlashdi.
33. 1938-yilda radioda berilgan reklamalardagi daromad matbuot
nashrlaridagi reklamalardan keladigan daromaddan oshib ketdi.
385
34. 2000-yilda AQShning internet reklamalarga qilgan xarajati 8,1
milliard dollardan oshdi. 2013-yil uchun bu miqdor 42 mlrd. dollarga
chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |