shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko‘ra xaridor 100 % to‘lovni amalga
berishi lozim. Xaridor 50 % to‘lovni amalga oshira olmasligini ma’lum
qildi.Vaziyatni hal qiling. Tomonlar huquqlarini asoslab bering.
7-masala
366
Ushbu firma Rossiyadagi 3 – 4 tadan iborat bo‘lgan oilalarni o‘zi-
ning xaridorlari deb, hisoblaydi. Ularning 1 oylik daromadi 200$ – 400$
gacha va kvartiralarning umumiy maydoni 52 kv.m. Yarim asrlik
kompaniyaning asosiy shiori-“ommaviylik”, “oddiylik”, “arzonlik”.
Butun dunyo bo‘yicha 158 ta kompaniyalarining do‘konida yuqoridagi
talablar bir necha oddiy uslublar bilan faoliyat yuritadi. Firma tomo-
nidan atigi 10 % assortimentdagi mebel ishlab chiqiladi. Qolgan qismi
mol yetkazib beruvchi yoki ta’minotchilardan sotib olinadi. Shu bilan
birga ular bilan dizayn ishlab chiqiladi va mahsulotning tannarxini
pasaytirish uslublari izlanadi. Narxlarni tushirish va sifatni ko‘tarish
maqsadida IKEA kompaniyasi eshik ishlab chiqaruvchilarga stolning
ustki qismlari (“Stoleshnitsa”) ni, stolning oyog‘ini va karkasini super-
marketlar uchun metalldan aravachalarni ishlab chiqaruvchi fabrikaga
buyurtma beradi. Firma mebelni ajratilgan turda kam joyni egallashi
evaziga tashish uchun ham iqtisod qilib past narxlarni ushlab turadi. Eng
asosiy yangilik mebelni xaridor do‘kondan o‘zi olib ketadi va mustaqil
turda yig‘adi. Bunda mebelni yig‘ish, chakana sotish va yetkazib berish-
dagi iqtisod, ya’ni tejamlilik yaqqol ko‘rinadi. Barcha do‘konlar shahar-
dan tashqarida joylashganligi evaziga yerlarni egallab turish uchun narx-
lar to‘lovi juda past. IKEA kompaniyasi Rossiya ishlab chiqaruvchilarini
ham jalb qiladi. Shu sababli mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarining
bir qismi ham past narxlarni ushlab turishda yordam beradi. Shunday
qilib IKEA do‘konidagi o‘rtacha xarid 40$ ni tashkil etib, analitik
tahlilchilar fikriga ko‘ra Rossiyadagi mebel biznesini to‘liq o‘zgarishiga
va’da beradi. Quyidagi savollarga javob berib, vaziyatni tahlil qiling.
Rossiya IKEA maqsadli bozoriga xarakteristika bering (tavsif).
IKEAni narx strategiyasi va narx siyosatining maqsadini aniqlang.
IKEA firmasining mahsulotiga past narxlarga nima evaziga erishi-
ladi.
IKEA mahsulotlarining sifati haqida nima deyish mumkin?
Ushbu mahsulotni maqsadli bozoriga e’tiborni jalb qilishda narx
qanday rol o‘ynaydi?
“Xarid qil va sot” savdo majmuasi “BOBO” mahsuloti narxini 45
rubldan 42 rublgacha tushirdi. Shuning evaziga sotuv hajmi 64200 dan
66100 donaga ortdi. Talabning elastikligini aniqlang.