1 – vaziyat.
Tovar yoki xizmatning yuqori nafliligi va narxning
past darajadagi tiniqligi.
2 – vaziyat.
Tovar nafliligining yuqori darajasi va narxning yuqori
darajasi tiniqligi. Bu holda xaridor tovardan yuqori naf olish bilan uning
narxiga ishonch hosil qilib undan qoniqadi.
3 – vaziyat.
Xaridor tovardan, uning nafliligidan qoniqmaydi. Bu
holda tovarga nima uchun pul to‘layotganidan ham qoniqmaydi. Bunday
holat raqobatchi firmalar uchun juda qulay bo‘lib, u o‘z mahsulotlari
bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qilib oladi.
4 – vaziyat.
Tovar nafliligi kam va aniq bozordagi narxga nisbatan
past daraja. Bu vaqtda korxona mahsuloti narxini raqobatdagi korxonaga
nisbatan past narx belgilaydi, bunda undan ko‘radigan samara yuqori
bo‘lmaydi.
Narx tiniqligini ko‘pgina chora-tadbirlar orqali ta’minlash mum-
kin: narxlarni muhokama qilish, xaridorlarni so‘rov qilish, narxlarning
barqarorligini ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |