Bozor konyunkturasi
– bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga
keladigan iqtisodiy vaziyat bo‘lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni,
narxlar darajasini, tovar zaxiralari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
tavsiflaydi.
Marketingda esa bozor konyunkturasi, deganda belgilangan vaqtda
maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi
tushuniladi. Bozor konyunkturasini o‘rganish zarurati quyidagilarga
bog‘liq bo‘ladi:
a) odatda, bozorning sig‘imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi
o‘zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish
lozim;
b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o‘tkazishi sababli
ularni alohida o‘rganish tegishli samara bermaydi;
c) bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar odatda, retrospektiv xarakterga
ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozorni har tomonlama o‘rganishda quyidagilarga asoslaniladi:
Tovarni o‘rganish. Raqiblar tovarlariga qaraganda tovarning
sifatliligi, raqobatbardoshligi, yangiligi, hozirgi va bo‘lajak xaridorlar
ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati, xaridorlar talabi, uning mahalliy
qonunchilik tartib va qoidalar talabiga to‘g‘ri kelishi, davlat hujjatlari
asosida modifikatsiyalash va hokazo.
Xaridorlarni o‘rganish. Tovarning asosiy xaridorlari va uni ishlatish
usullari, tovarning qaysi belgilari uni sotib olishga majbur qilmoqda va
h.k.
153
Raqiblarni o‘rganish. Raqiblarning savdo belgilari, bozorda katta
ulushga erishgan raqiblar tovarlarining muhim sifatlari, sotuvni
rag‘batlantirish usullari, narx siyosati, tovar o‘ramasi, ITTKI, sotish
usullari, foyda va zarar sabablari va h.k.lar o‘rganiladi.
Bozorning umumiy holatini o‘rganishda tovarlar va firmalar tarkibi,
raqobat ustunligi, uning hajmi, geografik joylashuvi va h.k.larga etibor
beriladi.
Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar «sotuvchi bozori»
va «xaridor bozori»ga bo‘linadi.
«Sotuvchi bozori» - talab taklifdan ko‘p bo‘lgan holatda kuzatiladi.
Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol
ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda «pul tovar
orqasidan yuguradi». Sotuvchi bozori –bunday sharoitda albatta firma
o‘z tovarini sotish uchun ko‘p kuch sarflamasligi, o‘z ishlab chiqarish
hajmlarini o‘zgartirmasligi, mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga, dizayniga
e’tibor qaratmasligi mumkin. Taklifning talabdan orqada qolishi bozorda
raqobatning sustligini ko‘rsatadi.
«Xaridor bozori» –bunday bozorda taklif talabdan ko‘p, shuning
uchun xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar
orasidan xohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda
xaridorlar ustunlikka ega bo‘lib (xaridortovar narxiga, uning sifatiga,
dizayni, foydaliligiga alohida talablar qo‘yadi), ishlab chiqaruvchi va
sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday
holatda «tovar pul orqasidan yuguradi, ya’ni raqobatning mavjudligi
bilan xarakterlanadi. Bunday vaziyatda firma iste’molchilarni chuqur
o‘rganishi, marketing vosita (instrument)laridan keng foydalanib
bozorning ichki muhitini, tovarlar assortimentini, narx-navoni o‘rganib
raqobat muhitida yangi tovarlar va xizmat turlarini ishlab chiqishlari,
sotuvni rag‘batlantiruvchi choralar qo‘llanishi zarur.
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq
kelishini «muvozanatli bozor» deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni
ta’minlashning asosiy yo‘llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni
talab darajasiga yetkazish orqali bozorni to‘yintirish, yetarli darajada
mahsulotlar zaxirasini barpo etish, xaridorgir mahsulotlar narxini
oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar narxini
pasaytirish va boshqalar. Talab va taklifning har doim mos bo‘lishi,
ya’ni bozor muvozanti holati bu real emas. Bozor muvozanati ro‘y
berganda firma o‘z mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini ushlab
turishi, mahsulotning raqobatbardoshligini o‘rganishi va shular asosida
154
o‘z strategiyasini ishlab chiqishi, muntazam ravishda innovatsion siyosat
bilan shug‘ullanishi lozim.
Bozor konyunkturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi
uchun qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad
ko‘radi. Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan bo‘lsa, konyunktura
xaridor uchun qulay bo‘ladi, tovarni arzonga olib, bundan naf ko‘radi.
Bozor konyunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo‘lishi
mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va sotib
oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o‘zgarishiga
qarab har xil bo‘ladi.
Butun yig‘ilgan axborotlar uch qismga bo‘linadi. Birinchisiga
konyunkturaning oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir
ularning hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkinchisi konyunkturaning hozirgi
ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Uchinchisi
konyunkturaning kelajakdagi o‘zgarishini aniqlaydi. Konyunkturaning
tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko‘rsatkichlarigina emas,
balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha axborotlar va statistika
ma’lumotlariga asoslanishi kerak.
Bozor konyunkturasini o‘rganish mazmuni va tartibi firma
tomonidan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq bo‘ladi va uch turga bo‘linadi:
konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura
prognozi.
Konyunktura axborotnomasi – konyunkturaning tahliliy shakli
hisoblanadi. Bu hujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar
to‘g‘risidagi, ularning o‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning umumiy
o‘zgarishini ifodalovchi qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan
omillarning tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda
tahlil bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va
omillarning ta’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.
Umuman istiqbolni aniqlash - ma’lum obyektning bo‘lajak holatini
ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Har qanday mamlakat ichki
iqtisodiy holatini va ishlab chiqarish istiqbolini belgilashda jahon
bozoridagi o‘zgarishlarni aniq tassavur qilish va baholay olish, uning
progressiv tendensiyalariga mos ilmiy ishlab chiqarish omillarini ishga
solish obyektiv zaruriyat hisoblanadi.
Bozor istiqbolini aniqlashda quyidagi talablar e’tiborga olinishi
shart:
−
kelajakda bozor konyunkturasiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga
olishda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish;
155
−
istiqbolni aniqlashning bir nechta usullaridan foydalanish zarur,
ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi lozim;
−
ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi;
−
xulosalarning aniq va ravon tilda, ayniqsa, qaror qabul
qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi;
–
bozor konyunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi hamda
korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda
qo‘llanilishi.
Bozorni o‘rganish tovar turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar har
bir iste’mol tovarlari bo‘yicha tovarlarning sotilish vaqti, aholining
tabaqalanishi o‘rganilsa, kundalik va ma’lum davrlarda foydalanadigan
yoki iste’mol qilinadigan tovarlar turlariga qarab, shuningdek, shu
tovarlarni saqlash bilan bog‘liq masalalarni hal etish asosiy vazifa
hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida ularning sotilishi bilan
bog‘liq barcha shart-sharoitlarni chuqur o‘rganish zaruriyati yotadi. Bu
shartlar jumlasiga ishlab chiqarish vositalarning birdaniga ko‘p iste’mol
qilinishi, xaridorning nisbatan kam bo‘lishi, asosan bir manzilga ko‘p
tovar yetkazib berilishi, sotishda ulgurji shaklning ko‘p qo‘llanilishi,
tovar yetkazib berishda transport aloqasi va turlarining ahamiyati
kattaligi va boshqalar kiradi. Shartlarni to‘g‘ri baholash esa bozor
sharoitini o‘rganishda qo‘llaniladigan uslublar turkumining mukam-
maligiga bog‘liq.
Bozorni o‘rganish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bog‘liq
shart-sharoitlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu o‘rganish bozorning
asosiy talablari: sifat, narx-navo va servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha
imkoniyatlarni baholashni taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar-pul
munosabatlari va oldi-sotdi jarayoni holatidir, tovar-pul munosabatlari
tovar turlari, ularning miqdori, raqobatchi korxonalarning bozordagi
mavqeyi, ularning imkoniyatlari, tovarlar ayirboshlash yo‘llari kabi
jarayonlarni chuqur o‘rganishni nazarda tutadi. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, muayyan bozorda iqtisodiy aloqalarning mavjudligi, ularning
rivojlanish yo‘nalishlari hamda shunday aloqalar o‘rnatish uchun shart-
sharoitlar yaratish tovar-pul munosabatlari negizini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |