Gorizontal marketing
—
bitta bozorda faoliyatini qo‘shma korxona-
lar tashkil etib amalga oshirayotgan kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik,
yig‘ma marketing va savdo operatsiyalarini amalga oshiradi.
Imijmeyker
—
muayyan shaxslar, tashkilotlar, partiyalar mashhurligi
va obro‘sini yanada oshirish maqsadida tashkilotlar, reklama va piar
kampaniyalar imijini yaratish bo‘yicha mutaxassis.
Internet kimoshdi savdosi
- elektron savdo tizimi. Unda mahsulotlar
bevosita bitta insondan boshqasiga sotiladi, odatda «iste’molchi-
iste’molchi» sohasiga tegishli. Bunday kimoshdi savdosiga mashhur
www.ebay.com sayti misol bo‘lishi mumkin.
Internet marketing
— internetda auditoriya javobini olish uchun
reklamaning barcha aspektlaridan foydalanish amaliyoti. Bunga internet
tarmog‘ida ishlashning ijodiy va texnik aspektlari, jumladan, dizayn,
reklama va marketing. Shuningdek, internet marketing usullariga izlash
400
tizimlari marketingi, banner reklamasi, e-mail marketing, yashirin
marketing, interaktiv reklama va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |