Maksimal narx. Bu tovar qimmat, omborda yo‘q.
379
b)
SILVER-kumush.
O‘rtacha narx-kompaniyaning o‘zi ishlab
chiqargan tovar bo‘lib, xaridor qabul qiladigan narxga ega, bu tovarlar
omborda bor. “Bizning tovarni sotib olishadi”shiorida harakat qilinadi.
c)
BRONZA-bronza.
Juda past narx. Sifatsiz tovar.
5. Supermarketlarda kassa apparatlarini xaridorlar ko‘p tovar sotib
oladigan bo‘limlarda, masalan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan
bo‘limlariga yaqin joylarda o‘rnatishadi, chunki xaridorlar kassaga o‘z
navbatlari yetib kelgunga qadar yana ayrim tovarlarni qaytib kelib sotib
oladilar.
6. Supermarketlarda sinalgan tadqiqotlar: yurak urishi ritmidan past,
yoqimli musiqa qo‘yilgan joylarda xaridor qayta-qayta aylanib, ayniqsa
ayollar musiqa tugagunga qadar bir necha marotaba qaytib kelib,
tovarlarni sotib oladilar.
7. Supermarket va gipermarketlarning kirish joylariga yaqin joyda
yoqimli hidli (masalan, turk kabob, yumshoq jo‘ja, shirin makkajo‘xori)
issiq holda tayyorlanib, iste’molchilarni dimog‘iga xushbo‘y hid taratib
savdo majmuasidan e’tiborsiz o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi.
8. Marketologlar Yaponiya baliq do‘konlarida iste’molchilarni
xohish-istakarini shunday yaxshi o‘rgandiki, ular(iste’molchilar)ni tirik
baliqlarni iste’mol qilishni xush ko‘rishini aniqladilar. Shuning uchun
sotuvchilar havzaga tirik, kichik akulani solib qo‘yadilar. Akula 1-2
baliqni yeganidan so‘ng qolgan baliqlar jon talvasasida qimirlab
harakatda bo‘ladi va iste’molchilar bu tirik(yangi) baliqni xarid qiladi.
10-o‘rin.
Yangi mahsulot–kartoshkaga bo‘lgan salbiy munosabatlar
Fransiyada oddiy va amaliy usulda “sindirilgan”: Vazir Tyugo kartoshka
ekilgan dala atrofiga qo‘riqchilar qo‘yishni buyurgan. “Qo‘riqla-
nayaptimi, demak, qimmatbaho narsa”, deb o‘ylagan xalq.
9-o‘rin
. 1797–yilda Napoleon Bonapart o‘zining milliy valutasini
a’lo darajada reklama qilgan. Unda “5frank qiymatidagi tangalardan
birini “topgan odamga million frankli bank cheki beriladi”, deyilgan edi.
Fransuz banki ko‘rsatilgan summani to‘lashga hozirgi kunda ham
kafolat beradi.
8-o‘rin.
Aviakompaniyalar semiz odamlarga bir varakayiga ikkita
o‘ringa bilet sotishga bekorga uringanlari yo‘q. Gap shundaki,
yo‘lovchilarning ortib borayotgan vaznlarini qoplash uchun avialiniyalar
har kuni qo‘shimcha 275-300 million dollarlik yonilg‘i ishlatadilar.
380
7-o‘rin.
Amerikan Airlines aviakompaniyasi 1987–yilda birinchi
klass salonida uchuvchi yo‘lovchilarga beriladigan salatlarga
solinadigan zaytun miqdorini kamaytirib, 40000 dollar tejadi.
6-o‘rin.
Disney o‘z muvaffaqiyatlari uchun o‘sha paytlarda rangli
plyonka ishlab chiqarish bo‘yicha hamma huquqlar egasi va uni ishlab
chiqaruvchisi bo‘lgan yagona shaxs oldida qarzdor. Chunki, uzoq yillar
davomida rangli plyonka ishlab chiqargan bu odam bilan tuzilgan
shartnoma sharofati bilan, u uzoq yillar davomida yagona rangli
multfilm ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan.
5-o‘rin.
Maykl Jordan Nike krossovkasi reklamasidan bu mahsu-
lotni chiqaradigan Malayziyadagi kompaniyaning hamma ishchilariga
nisbatan ko‘proq pul topadi.
4-o‘rin.
Mahsulotingiz yaxshi sotilishini xohlaysizmi? Jeyms Bond
haqidagi filmga tushing! BMW konserni o‘z mahsulotini “Oltin kuz”
filmiga joylashtirgandan keyin 300 million dollarlik buyurtma oldi,
Omega Seamaster soatining sotilishi esa 90 % ga o‘sdi.
3-o‘rin.
Jahondagi eng qimmat savdo markalari bu Marlboro, Coca-
Cola va Budweiserdir. Ya’ni ulardan ikkitasi sog‘lik uchun zararli
mahsulot ishlab chiqaradi. Darvoqe, Marlboro kompaniyasining birinchi
egasi o‘pka rakidan vafot etgan.
2-o‘rin.
Donald Tramp o‘zining birinchi “nomdor” osmono‘par
binosini qurayotib, u aynan Tiffany do‘koni qarshisida bo‘lishi kerak,
deya qaror qilgan. Chunki Tiffany o‘z do‘konlari uchun hamisha
shahardagi eng yaxshi joylarni tanlagan, bundan tashqari bu do‘konlar
atrofida hamisha badavlat odamlar yurgan. Darvoqe, Tramp o‘zining
ko‘p qavatli ofisi uchun inqiroz paytida ham ijara pulini
arzonlashtirmagan yagona odam bo‘ldi. Uning adolatli fikricha, haqiqiy
boylar uchun status pulga nisbatan muhimroq.
1-o‘rin.
Insoniyat tarixidagi eng be’mani epizodlardan biri ham
tijorat bilan bog‘liqdir. Ancha pul to‘lash uchun tovarga nisbatan
qanchalik istak bo‘lishi lozim?! 1635– yilda, lola guliga ishtiyoqmandlik
avjiga chiqqanda, lolaning bitta piyozi krovat, to‘rtta buqa, 12 ta qo‘y,
to‘rtta cho‘chqa, to‘rt tonna bug‘doy, sakkiz tonna javdar, ikki tonna
yog‘, kumush, kiyimlar to‘plami, 300 litr vino, 4 tonna pivo va 300 kg
pishloqqa almashtirilgan.