Geografik xususiyati bo‘yicha segmentlash.
Bozorni bu
xususiyati bo‘yicha segmentlarga ajratish uni geogragik birliklarga,
ya’ni davlat, hududlar, shaharlar, jamoatlarga ajratishni talab etadi.
Demografik xususiyati bo‘yicha segmentlash.
Bozorning bu
xususiyati demografik o‘zgaruvchilar ya’ni jinsi, yoshi, oila hajmi,
ma’lumoti, dini va millati asosida birliklarga bo‘ladi. Demografik
o‘zgaruvchilar – eng ommabop omillar bo‘lib, asosan iste’molchilarning
guruhini farqlashga xizmat qiladi. Ommabop bo‘lishning birdan bir
sababi shundan iboratki, tovarni iste’mol qilish intensivligining
demografik belgilarga bog‘liqligidir.
Oila a’zolarining yoshi va hayot tarzi. Iste’molchilarning iste’mol
va xarid qilish qobiliyati yoshiga nisbatan o‘zgaradi.
Jins. Jins bo‘yicha segmentlash avvaldan kiyimga nisbatan, sochni
parvarishlash, kosmetika va jurnalga nisbatan qo‘llanilmoqda. Vaqti-
vaqti bilan bu segmentlashning qulayligini boshqa bozor arboblari ham
aniqlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |