11.6-rasm. Marketing–logistikasining mumkin bo‘lgan variantlari
Tovarlarni harakatlantirish tizimining asosiy nuqtasi – iste’mol-chilar talablarini va raqobatchilar takliflarini o‘rganish. Iste’molchilarni quyidagilar qiziqtiradi:
tovarning o‘z vaqtida yetkazilishi;
yetkazib beruvchining mijozning shoshilinch ehtiyojini qondi-rishga tayyorligi;
310
tovarlar bilan ehtiyotkorona muomalada bo‘lish;
yetkazib beruvchining kamchiligi mavjud bo‘lgan tovarni qay-tarib olish va uni zudlik bilan almashtirishga shayligi;
yetkazib beruvchining mijoz uchun tovar–moddiy zaxiralarni saqlab turishga shayligi.
Firma mijozlar ko‘z oldida xizmatlarning bu turlarini solishtirma qiymatini o‘rganishlari lozim. Masalan, nusxa ko‘chirish uskunalarini sotib oluvchilar uchun servis ta’mir muddatlari katta ahamiyatga ega, kredit oluvchi bank mijozlari uchun iloji boricha tezroq javob olishlari muhim. Shuning uchun Amerika banklaridan biri quyidagicha reklama shiori ostida ishlaydi: Agar bizning bankimizga murojaat qilsangiz, oradan ikki soat o‘tib, bankimiz sizga reklama berishga tayyorligi haqi-dagi javobni olasiz. Xususiy standartlarni ishlab chiqishda raqobatchilar standartlarini ham albatta, hisobga olish kerak.
Tovarlar harakati tizimi quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi:
Buyurtmalarga ishlov berish. Mijozdan buyurtma olib, buyurt-malar bo‘limi to‘lov xujjatlarini tayyorlaydi va ularni firmaning turli bo‘limlariga tarqatadi. Mavjud bo‘lmagan mahsulotlar qarzga yoziladi. Yuklangan (tushirilgan) buyumlar yuklarni tushurilganlik to‘lov hujjat-lari bilan kuzatiladi. Bu hujjatlarning nusxasi firmaning turli bo‘limlariga yuboriladi. Kompyuterlashtirish “buyurtma – yuklash – (tushirish) – hisobni rasmiylashtirish” siklini tezlashtiradi.
Omborga joylashtirish. Ishlab chiqaruvchining sikli va iste’mol bir biri bilan kamdan kam mos tushadi va tovarlarni saqlashga to‘g‘ri keladi. Shaxobchalarning soni haqidagi qarorlarni, iste’molchilar uchun servis darajalari va taqsimlash bo‘yicha xarajatlar muomalalarini o‘zaro bog‘lab, qabul qilish kerak. Firma xususiy omborlariga ega bo‘ladi yoki umumiy foydalanish omborlaridan ijaraga joy olishi mumkin. Zamo-naviy omborlar yuklarni qayta ishlashning mukammal tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, markaziy EHM nazorati ostida ishlaydi. Bunday omborlarda ishlab chiqarish jarohatlari, ish kuchiga haq to‘lash xarajatlari, tovarlarni talon–taroj qilish va ishdan chiqarish holatlari kam, zaxiralarni boshqarish tizimi ancha mukammallashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |