15-masala
O‘z mahsulotingizga tovar belgisini yarating. Eslab qolish oddiyligi,
firma faoliyati profiliga to‘g‘ri keladigan va originalligi nuqtayi nazaridan
tahlil qiling.
16-masala
O‘z firmangiz tovarlarining qadoqlash (upakovkasi)ni aytib bering.
17-masala
Quyidagi tovarlarni 3 darajali tahlilini o‘tkazing.
-
krem, “Dansova” detektivi, kinoteatrda film.
-
yumshoq mebel, zamonaviy tufli, avtomat kir yuvish mashinasi.
Muammoli vaziyatlar
1.
Amaliy
marketingning
kritik
yondashuviga
ko‘ra
iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun minimal kerak
bo‘ladigan tovarlarni marketing sotib olishga undaydi. Ushbu fikrga o‘z
munosabatingizni bildiring.
2.
Bir kun Yuliy Sezar Rimlik mehmonlarni kutib olish uchun o‘z
oshpazi Klodiyga mehmonlarni hayratga soladigan taom tayyorlashini
buyurdi. Tushlik vaqtida
oshpaz
bir uyum
qisqichbaqalarni mehmonlarga taqdim etdi. Ammo mehmonlar
tayyorlangan taomning hech qanchalik hayratomuz emas ekanligini
bildirdilar. Shunda oshpaz mehmonlarga yuzlanib qisqichbaqalar
qaynatib pishirilgan bo‘lsada ular qimirlayotganligini ko‘rsatdi va rimlik
mehmonlarni hayratga soldi. Mehmonlarni kuzatib Yuriy Sezar
Klodiydan bunga qanday erishganlik sirini so‘radi. Klodiy esa bu juda
oddiy shunchaki, pishgan qisqichbaqalar orasiga bitta tirik qisqichbaqani
396
qo‘yib yuborganligi va u qimirlashi bilan qolganlarini ham qimirlatishini
tushuntirdi.
Rivoyatdagi tirik qisqichbaqa singari bozor iqtisodiyoti sharoitida
marketing ham o‘zi harakatlanib bozorni ham harakatlantirishini
tushuntirib bering.
3.
Janubiy Afrika aholisi uchun Brazilyada Oyoq kiyimlar islab
chiqarish fabrikasini qurish oldidan 2 ta marketolog tadqiqot o‘kazish
uchun yuborildi. 2 ta marketolog 2 xil fikr bilan qaytdi.
1-marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasuini tezda qurish zarurligini
aytdi.
2- marketolog: oyoq kiyimlar fabrikasini qurish shart emasligini
aytdi.
Sizning fikringiz qanday? Qaysi marketologning fikri to‘g‘ri?
4.Quyidagi
firmalarning
faoliyati
marketingning
qaysi
konsepsiyasiga asoslangan?
“Viktoriya” firmasi erkaklar kiyimlarini tikish bilan shug‘ullanadi.
Yangi modellarini yaratish uchun firma bozor talabiga asoslanadi.
Savdo tarmog‘iga mebel fabrikasi arzon, qulay, sifatli mebellarni
ishlab chiqaradi va keng assortimentda taqdim etadi.
“Zebra firmasi” kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan bozor talabini o‘rganmasdan tovar harakatining
agressiv shakliga mo‘ljal olib mahsulot yaratadi.
“Elektron” kompaniyasi elektron, maishiy tovar ishlab chiqarishda
tovar zamonaviyligiga e’tibor qaratadi. Ular firmani boshqarishda
o‘zining tovariga mavjud talabni o‘rganmasdan urg‘uni tovar siyosatiga
qaratadilar.
“Jamiyat”
qurilish kompaniyasi
faqat
mazkur
shaharda ro‘yxatdan o‘tgan ishchi xodimlarni ishga qabul qiladi.
Sizning kompaniyangiz marketingni tashkil etishda qanday
konseptual yondashuv bilan boshqaradi?
5.
Quyidagi holatlarda marketing axborotining qanday turi zarur?
Ularni qaysi manbalardan olish mumkin?
Bolalar o‘yinchoqlari zavodi o‘yinchoqlarni sotib olishda
otaonalarning qarorlariga bolalarning ta’siri darajasini o‘rganish.
Tez rivojlanayotgan Chirchiq shahrida yangi kafeni joylashtirish
imkoniyatini o‘ylab ko‘rmoqda.
397
Toshkent
viloyati
Moliya-iqtisodiyot
kolleji
korxona
va
tashkilotlarga uning bitiruvchilari qanchalik kerakligini aniqlamoqda.
6.
Sizning o‘quv yurtingizga qo‘shni yangi pitseriyani ochishni
o‘ylab yurgan tadbirkor duch kelishi mumkin bo‘lgan raqobatchilarning
to‘rtta turi haqida aytib bering!
Nima uchun u ko‘proq pitsa sotilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin?
7.
Yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonning
oziqovqat sa’noati kompaniyalarining muvaffaqiyatiga mikromuhitining
qanday tendensiyalari ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
8.
Jamiyatni atrof-muhitning holati ko‘proq bezovta qilmoqda.
Plastik qadoqlardan foydalanayotgan korxonalarning faoliyatiga ushbu
holat qanday ta’sir ko‘rsatishini tushuntirib bering.
9.
“Kitoblar dunyosi” do‘koniga tashrif buyurganlardan necha
foyizi xarid qilganligini baholash zarur. Shunday sharoitda ma’lumot
to‘plashning qanday usulidan foydalanish mumkin?
10.
O‘z firmangizning mikro muhitini tariflab bering!
11.
Sizning firmangiz mikro muhit omillarining o‘zgarishini
qanday qabul qilganligini (ta’sirini) ko‘rsating.
12.
Sizning firmangiz duch kelgan raqobatchilar guruhi haqida
aytib bering.
13.
Sizning firmangiz ishtirokchi bo‘lgan bozordagi talabning
holatini baholang.
14.
Firmangiz mahsulotlarining potensial iste’molchilarini qanday
qilib rag‘batlantirishingizni ayting.
15.
Sizning firmangiz raqobat kurashida (bozor ulushiga bo‘g‘liq
holda) qanday o‘rin tutadi?
16.
Segmentatsiya yordamida firma qanday maqsadga erishadi?
17.
Korxona tomonidan segmentatsiyaning aniq belgilarini tanlash
nimaga bog‘liq?
18.
Qanday
tovarni
ishlab
chiqaruvchilar
nodifferensial
marketingga amal qilishi kerak va ular nima uchun tejamkor
hisoblanadilar?
19.
Nima sababdan konsentrlangan marketing tavakkalchilikni
oshirish bilan bog‘liq? Siz ushbu strategiyani qo‘llovchi firma tomonidan
risklarni pasaytirishga qanday maslahat berasiz?
398
20.
Firma uchun bozor segmenti jozibadorligini baholash
mezonlarini aytib bering.
21.
Nima sababdan marketing bozor segmentatsiyasini va
maqsadli bozorni tanlashni taqozo etadi?
22.
“Yevro spor tplus” firmaning yillik daromadi -10.000.000 $,
xarajatlari esa 5.000.000 $. Bu firmaning rentabellik darajasini toping va
izohlang.
23.
Siz marketing bo‘limi boshlig‘isiz, tovarlaringiz yaxshi
sotilmayapti.
Buni
oldini
olish
maqsadida
siz
reklamadan
foydalanishingiz kerak. Bu vaziyatda reklamaning qaysi turidan
foydalanish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaysiz va nima uchun?
24.“Nilufar” firmasi bankrotga uchrash arafasida. Bankrotlikdan
qutulishning bitta yo‘li davlatdan dotatsiya olishdir. Lekin davlat
dotatsiyani 3 oydan keyin bera oladi. Vaqt juda oz. Bunday vaziyatda siz
rahbar sifatida qanday ish tutasiz?
25.
Sizning kompaniyangiz yaqinda ish boshladi. Mahsulot
ma’lum muddat bozorda yaxshi sotildi. Vaqt o‘tishi bilan shu bozorda
sizning mahsulotlaringizga bo‘lgan talab keskin tushib ketdi. Bunday
vaziyatda menejer sifatida qanday yo‘l tutishingiz kerak?
26.
Sizning kompaniyangiz xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya
hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan kompaniyangiz o‘z mijozlarini yo‘qota
boshladi. Bunga xodimlaringizni barchasi malakali bo‘lishiga
qaramasdan, ularning mijozga yomon xizmat ko‘rsatayotganligi sabab
bo‘ldi. Mijozlar sonini ko‘paytirish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish
kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |