Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

 

 

 

 

 

 

IV bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI  

BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH  

 

 

4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha  



 

 

Marketing  nazariyasi  iqtisodiy  asoslarining  shakllanish  jarayonini 



XIX  asrning  40-yillarida  boshlangan,  deb  hisoblansada,  u  hozirgi 

paytgacha  ham    kam  o‘rganilgan  va  munozarali  bo‘lib  qolmoqda. 

Marketing  jarayonlarini  yaxshi  tariflovchi  izchil  nazariyalar  umumiy 

metodologiya  tamoyillari  va  qoidalarni  yaratishga  urinishlar  marketing 

faoliyatini ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimda mavjud bo‘lgan 

fan  asoslari  bilan  bog‘lashga  yordam  bergan  bo‘lsada,  biroq  bozor 

sharoitida biznes-hamkorlarning samarali o‘zaro harakatlarini tahlil qilish 

va  bashoratlash  uchun  nazariy  asos  yarata  olmadi.  Bunga  marketing 

qarorlarining 

iqtisodiy 

samaradorligini 

baholash 

metodlari 

va 


metodologiyasini    iqtisodiy  talqin  qilish  (sharhlash)ning  murakkabligi 

ham sabab bo‘ladi.   

Bozor  munosabatlarining  tobora  chuqurlashib  borishi  marketing 

texnologiyalarini faol ravishda firmalar va bozor faoliyatiga tatbiq etishni 

taqozo qiladi. Tadbirkolik faoliyatini samarali olib borish, raqobat siyosati 

va  monopoliyaga  qarshi  siyosatnig  kuchayishi  sof  raqobatni  vujudga 

keltirib,  firmalarni  o‘z  faoliyatiga  jiddiyroq  e’tibor  berishga  undaydi. 

Tadbirkor, biznesmen va ishlab chiqaruvchilarning marketing kompleksi 

va metodologiyasiga murojaat etishi quyidagilar bilan asoslanadi.  

• 

Iqtisodiyotni  boshqarishga  demokratik  yondashuv  xo‘jalik 



yurituvchi subyektlarga erkinlik beradi, ularning faoliyatini qattiq nazorat 

qilish,  faoliyatni  cheklash  kabilarga  esa    qonuniy  tomondan  barham 

beriladi.  

• 

Raqobat  sharoitida  ilgarigi  boshqaruv  tizimi  asosida  faoliyat 



yuritishning samarasiz ekanligi.  


 

86 


 

 

 



• 

Bozor  konyunkturasining  keskin  o‘zgarib  turishi  sharoitida 

tadbirkorlik  korxonalarining  marketingga  murojaati  boshqarishga 

boshqacha yondashuv zarurligini taqozo qiladi.  

• 

Iqtisodiyotdagi  jiddiy  islohotlar,  barcha  soha  rivojiga  innovatsion 



yondashuv,  axborot  texnologiyalarining,  xizmat  sohalarining  tez  rivoji, 

tadbirkorlik ko‘lamining kengayib borishini marketingsiz tasavvur qilib 

bo‘lmaydi. Korxonalar iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondirish 

orqali rejalashtirgan foydani olishiga marketing bevosita ta’sir etadi.  

Iste’molchi va xaridor kategoriyalari marketing jarayonida o‘ziga xos 

xarakterga  ega.  Mahsulot ishlab chiqaruvchidan to oxirgi  iste’molchiga 

yetib  kelgunicha  bir  necha  bosqichlarni  bosib  o‘tadi.  Bu  orada  savdo 

funksiyalari  bilan chakana  va  ulgurji  xaridolar  shug‘ullanadilar.  Ulgurji 

xaridor  foyda  olish  maqsadida  tovarni  bevosita  ishlab  chiqaruvchi 

korxonadan  sotib  olib  uni  boshqa  shaharlarga,  savdo  tarmoqlariga 

tarqatadi  va  shu  orqali  o‘zi  narxlarni  belgilab  foyda  ko‘radi.  Bu  yerda 

ulgurji  xaridor  iste’molchi  emas,  balki  vositachi  rolini  o‘ynamoqda.  Bu 

o‘rinda  ulgurji  xaridor  tovar  va  xizmatlarga  talabni  shakllantiradi,  o‘z 

navbatida  bozorni  o‘rganib,  raqobatchi  firmalarning  kuchli  va  zaif 

tomonlarini aniqlaydi. Jarayonning yana bir muhim qismi bu tadqiqotlar 

asosida  yangi  innovatsion  tovar  yaratish  bosqichi.  Ilmiy  tadqiqotlar, 

benchmarking  orqali  yangi  texnologiyalar  va  tovar  turlari  yaratiladi. 

Kelajakda  shakllanishi  mumkin  bo‘lgan  potensial  talab  hajmlari 

aniqlanadi.  Keyingi  bosqichda  yaratiladigan  mahsulotning  texnik-

iqtisodiy  xarakteristikalari,  naflilik  darajasi  kabilarni  modellashtirish 

amalga  oshiriladi.  Bu  maqsadlarni  amalga  oshirish  uchun  firmaning 

resurslari  va  moliyaviy  imkoniyatlari  aniqlanadi.  Tajriba  –  sinov 

laboratoriyalarida  mahsulotning  namunalari  chiqariladi  va  sinovdan 

o‘tkaziladi.  Iste’molchi  va  ekspertlarning  fikri  tahlil  qilinib,  uning 

dizayni, kamchiliklari va boshqa ekspluatatsion xarakteristikalari haqida 

qaror qabul qilinadi.   




Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish