Marketing tahlili (ingl. marketing analysis) —
kompaniyaning
bozordagi imkoniyatlarini, u yoki bu tarzda bozor bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa omillarni baholash, shu jumladan, ichki mikro va makromuhitni,
bozorda raqobatchilik xulq-atvori taktikasi va strategiyasiga nisbatan
kompaniya uchun manfaat va qiziqish uyg‘otadigan barcha tomonlarni
baholashdir.
Marketing tizimi
— korxona bilan uning hamkorlari va tovarlari
(xizmatlari) sotiladigan bozordagi subyektlarni o‘zaro bog‘lab turuvchi
eng muhim munosabatlari va axborot oqimlari kompleksi. Marketing
tizimiga ta’minotchilar, vositachilar, sotuvchilar, iste’molchilar,
raqobatchilar va korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa bozor
subyektlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |