Marketing omillari
— ishlab chiqarish xatti-harakati uchun zarur
bo‘lgan bozor shart-sharoitlari.
Marketing rejasi
— tanlangan konsepsiya va ishlab chiqilgan
marketing strategiyasiga asoslangan ma’lum davr (operativ yoki
istiqbolli) uchun firma rahbariyati tomonidan mo‘ljallangan hujjatlar
to‘plami. Marketing rejasi marketing bo‘limlari harakatini boshqaruvchi
va yo‘naltiruvchi nazorat raqamlari rejaviy ko‘rsatkichlar, grafiklar,
prognozlar va xomashyo, talab balanslarini o‘zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |