GOLD
BRONZA SILVER
a)
GOLD – oltin.
Maksimal narx. Bu tovar qimmat, omborda
yo‘q. Ushbu tovarni kompaniya faqat namuna uchun sotib oladi.
b)
SILVER-kumush.
O‘rtacha narx-kompaniyaning o‘zi ishlab
chiqargan tovar bo‘lib, xaridor qabul qiladigan narxga ega, bu tovarlar
omborda bor. “Bizning tovarni sotib olishadi”shiorida harakat qilinadi.
c)
BRONZA-bronza.
Juda past narx. Sifatsiz tovar.
5.
Supermarketlarda kassa apparatlarini xaridorlar ko‘p tovar
sotib oladigan bo‘limlarda, masalan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan
bo‘limlariga yaqin joylarda o‘rnatishadi, chunki xaridorlar kassaga o‘z
navbatlari yetib kelgunga qadar yana ayrim tovarlarni qaytib kelib sotib
oladilar.
6.
Supermarketlarda sinalgan tadqiqotlar: yurak urishi ritmidan
past, yoqimli musiqa qo‘yilgan joylarda xaridor qayta-qayta aylanib,
ayniqsa ayollar musiqa tugagunga qadar bir necha marotaba qaytib kelib,
tovarlarni sotib oladilar.
7.
Supermarket va gipermarketlarning kirish joylariga yaqin
joyda yoqimli hidli (masalan, turk kabob, yumshoq jo‘ja, shirin
makkajo‘xori) issiq holda tayyorlanib, iste’molchilarni dimog‘iga
xushbo‘y hid taratib savdo majmuasidan e’tiborsiz o‘tishga yo‘l
qo‘ymaydi.
8.
Marketologlar Yaponiya baliq do‘konlarida iste’molchilarni
xohish-istakarini shunday yaxshi o‘rgandiki, ular(iste’molchilar)ni tirik
baliqlarni iste’mol qilishni xush ko‘rishini aniqladilar. Shuning uchun
sotuvchilar havzaga tirik, kichik akulani solib qo‘yadilar. Akula 1-2
baliqni yeganidan so‘ng qolgan baliqlar jon talvasasida qimirlab
harakatda bo‘ladi va iste’molchilar bu tirik(yangi) baliqni xarid qiladi.
405
10-o‘rin.
Yangi mahsulot–kartoshkaga bo‘lgan salbiy munosabatlar
Fransiyada oddiy va amaliy usulda “sindirilgan”: Vazir Tyugo kartoshka
ekilgan
dala
atrofiga
qo‘riqchilar
qo‘yishni
buyurgan.
“Qo‘riqlanayaptimi, demak, qimmatbaho narsa”, deb o‘ylagan xalq.
9-o‘rin
. 1797–yilda Napoleon Bonapart o‘zining milliy valutasini
a’lo darajada reklama qilgan. Unda “5frank qiymatidagi tangalardan birini
“topgan odamga million frankli bank cheki beriladi”, deyilgan edi.
Fransuz banki ko‘rsatilgan summani to‘lashga hozirgi kunda ham kafolat
beradi.
8-o‘rin.
Aviakompaniyalar semiz odamlarga bir varakayiga ikkita
o‘ringa bilet sotishga bekorga uringanlari yo‘q. Gap shundaki,
yo‘lovchilarning ortib borayotgan vaznlarini qoplash uchun avialiniyalar
har kuni qo‘shimcha 275-300 million dollarlik yonilg‘i ishlatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |