ikkisi buzilib ketgan bo‘lur edi. Bas, Arsh egasi bo‘lmish Alloh ular sifatlayotgan
(sheriklardan) pokdir»
(Anbiyo, 22),
«Alloh farzand tutgan emas va U bilan birga biror
iloh ham bo‘lgan emasdir. Aks holda, har bir iloh o‘zi yaratgan narsa bilan (kibrga) ketib,
bir-biridan ustun bo‘lib olur edi (natijada Eru osmon buzilib ketgan bo‘lur edi). Alloh ular
vasf etayotgan narsadan pokdir»
(Mu’minun, 91) oyatlarini keltirish mumkin. Bu oyatlarda
Allohning sherigi bo‘lganida koinotdagi nizom buzilib ketishi ko‘rsatilmoqda. Alloh o‘zi
yaratgan narsalarni o‘zi tadbirini qiladi.
Islom dinida Allohga ishongan kishi uning ismi va sifatlariga ham imon keltirish lozim.
Qur’nda
«Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o‘sha (ism)lar bilan atangiz!»
(A’rof, 180),
«Uning go‘zal ismlari bordir»
(Hashr, 24) deyilgan. Bu ism va sifatlar orqali Alloh haqida
bilimlarga ega bo‘linadi. Barcha ulamolarning fikriga ko‘ra Alloh ismlarini o‘rganishdan maqsad
Unga loyiq bo‘lmagan sifatlarni bermaslik. SHuningdek, «Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor»
ekani haqidagi hadisni muhaddislar rivoyat qilganlar.
Olimlardan imom Abu Hanifa o‘zining «al-Fiqh al-akbar» asarida Alloh haqida shunday
degan: «U o‘zi yaratgan narsalardan birortasiga o‘xshamas. Unga ham biror narsa
o‘xshash emas. O‘zining zotiy va fe’liy sifatlari bilan azaldan bor bo‘lgan va abadiy bor bo‘lur.
Zotiy sifatlari – hayot, qudrat, ilm, kalom, eshitish, ko‘rish, iroda. Fe’liy sifatlari – xalq etish,
yasash va boshqa shu mazmunga dalolat qiluvchi sifatlar. U o‘zining barcha ism va sifatlari bilan
birgalikda doim bo‘lgan va abadiy bo‘lajak. Unga biror ism yoki sifat keyin qo‘shilib qolgan
emas».
Boshqa o‘rinda: «Qur’onda O‘zi zikr etganidek, Allohning qo‘li, yuzi, nafsi (O‘zi) bor
deb bilamiz. Bular Uning sifatlaridan, lekin qanday, qanaqa deyilmas. Hatto, qo‘li-qudrati yoki
ne’mati ham deb ta’vil etilmas. Aks holda uning bir sifatini yo‘qqa chiqarilgan bo‘lur. Bu esa
qadariylar va mo‘‘taziliylar so‘zidir. Biz aytamizki, qo‘li o‘ziga xos, kayfiyatsiz sifatdir.
SHuningdek, Uning g‘azabi va rizosi ham o‘ziga xos kayfiyatsiz sifatlaridandir», deyilgan.
Islom ta’limotiga ko‘ra, Allohning imsi va sifatlarini boshqa biror maxluqotga o‘xshatish
mumkin emas. Uning holati, kayfiyati, surati haqida bahs qilinmaydi, ya’ni Alloh ko‘radi,
eshitadi, biroq biz insonlar va boshqa maxluqotlar kabi emas, balki u haqda bahs qilish bid’at
hisoblanadi.
Allohning buyrug‘ini bajarish va qaytariqlaridan qaytish ham imonning bir bo‘lagi.
CHunonchi islom ta’limotida Allohning buyruqlarini bajarish insonga oxiratda jannatga
tushishiga olib keladi. Aksincha, uning qaytargan narsalaridan qaytmasa do‘zaxda azoblaydi deb
bilinadi.
2.
Musulmon odam farishtalarga ham ishonishi lozim. Farishtani arab tilida malak,
ko‘pligi maloika deyiladi. Ularga ishonmagan musulmon hisoblanmaydi. Qur’onda,
Do'stlaringiz bilan baham: