di.
348
qilish jarayonida fandagi asosiy tushunchalarni samarali takrorlash va
xotirada saqlash imkoni vujudga keladi.
Testlar talabalar bilimini butun dastur bo‘yicha, shuningdek, tor
tanlash doirasida yoki alohida ahamiyatga ega, yoxud an’anaviy
o‘zlashtirish qiyin tushuncha, mavzular bo‘yicha nazorat qilish,
baholash imkonini beradi.
Testlar talabalar bilimini tez tekshirish imkonini beradi. Bu ayniqsa,
oraliq testlar o‘tkazish uchun qulay, chunki test javoblariga ko‘ra
o‘qituvchi dastur bo‘yicha o‘z ishini, dars o‘tiladigan savollarni ko‘rib
chiqadi, kelgusida dars o‘tishda qaysi savollarga ahamiyat berishni
mo‘ljallaydi.
Testlar talabalar bilimini sinash va baholashda qator afzalliklarga
ega bo‘lish bilan birgalikda, kamchiliklari ham bor. Test savollarini
tuzish ko‘p mehnat, vaqt talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda
o‘qituvchilar ko‘proq tayyor test savollaridan foydalanishmoqda.
Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning
mumkinligidir.
Iqtisodiy
fanlar,
ma’lumki, iqtisodiy mantiqiy fikrlashga
o‘rgatibgina qolmay, o‘z fikrini atrofdagilarga tushuntirish,
o‘rtoqlashish, nutq so‘zlash, ilmiy munozalar olib borish, boshqa
kishilarni fikrini tanqidiy nuqtai nazardan baholashga ham o‘rgatishi
kerak. Testlar esa bunday imkoniyatga ega emas.
Mаshhur iqtisоdchi
mаrjinаlizmning аsоschilаridаn Uilьyam Jеvоns
tа’kidlаgаnidеk, iqtisоdiy fаnlаr miqdоrlаr bilаn ish ko’rаdi, iqtisоdiyotdа
tаqqоslаsh, hisоb-kitоb muhim shuning uchun hаm u mаtеmаtikаlаshtirilgаn
bo’lishi bilаn аjrаlib turаdi. Bu fаnlаrni mаsаlа vа mаshqlаr еchmаy mаzmun-
mоhiyatini аnglаsh, аmаliyot bilаn bоg’lаshning ilоji yo’q. SHuning uchun hаm
nаfаqаt fаnni o’rgаnishdа, bаlki
talabalar bilimini sinash va nazorat qilishda
hаm masala, mashqlardan keng foydalanish mumkin. Masala – mashqlar
talabaning bilimini keng ko‘lamda tekshirish, olgan nazariy bilimini real
hayotda qo‘llay bilish imkonini ochib beradi. O‘rganilayotgan savolni
mohiyatini talaba tushungani yoki tushunmaganini aniqlaydi.
Bu usulning ham o‘ziga xos kamchiliklari bor. Birinchidan, talabani
hisoblash bilan birga keng mushohada yuritishga yo‘naltiruvchi masala-
mashqlar tuzish oson emas. Ikkinchidan, talabalar hisob-kitobga haddan
ziyod berilib ketib, nazariy jihatdan tahlil qilishga kam e’tibor
qaratishadi. Uchinchidan, masala-mashqlar tor doiradagi savollarni
qamrab oladi.
349
Talabalar bilimini sinash va baholashni ijodiy topshiriq berish,
tanlov o‘tkazish va uni baholash tarzida ham qo‘llash mumkin. Bu
talabalarga keng imkoniyatlar beradi. Ular o‘z qobiliyatlarining turli
qirralarini ochadilar. Chunki bunday nomerlarni tayyorlash talabalardan
topqirlik, fantaziya, yumorni ilg‘ash xislatlari va boshqalarni talab
qiladi. Ularni hamma mavzular uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Ularni
tayyorlash uchun nihoyatda ko‘p vaqt talab qilinadi. Natijada ko‘zlangan
maqsadga erishmaslik mumkin. Baholash qiyin. Talabalar o‘rtasida sifat
jihatdan farqni ilg‘ash qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: