Sillabus bu o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasidagi
shartnomadir
.
Sillabusda kafedra tomonidan:
a) fan bo‘yicha albatta o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzular
ko‘rsatilishi mumkin;
b)
o‘qituvchilar
dasturda
ko‘rsatishlari
shart
bo‘lgan
komponentlarni aniqlab berishi mumkin. Boshqa topshiriqlarni
o‘qituvchining o‘zi belgilaydi.
Sillabusda ko‘rsatilishi shart bo‘lgan komponentlar:
1. O‘qituvchi haqida ma’lumot (O‘qituvchining ismi, sharifi,
kafedrada bo‘ladigan vaqtlari, muloqotda bo‘lish uchun boshqa
axborotlar).
2. Fan haqida ma’lumot: fanning va mutaxassislikning nomi, fanga
ajratilgan soatlar, ma’ruza, amaliy (seminar) mashg‘ulot, laborotoriya
ishiga ajratilgan soatlar, qaysi semestrda o‘tilishi va dars o‘tiladigan
auditoriya.
3. O‘rganilayotgan fanni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalar majmuasi.
4. Mazkur fanni o‘rganib bo‘lgach, talabaning bilim darajasi,
ko‘nikma va xabardor sohalari doirasi.
5. O‘qitiladigan fan haqida qisqacha ma’lumot, uning maqsadi va
vazifalari.
6. Ma’ruza, seminar(amaliy), mashg‘ulot mavzulari, ularga
ajratilgan soatlar. Mavzular bo‘yicha mustaqil ravishda bajarilishi lozim
bo‘lgan topshiriqlar.
7. Adabiyotlar ro‘yxati: asosiy adabiyotlar va qo‘shimcha
adabiyotlar, jumladan, elektron adabiyotlar, matbuot nashrlari, internet
manbalari;
8. Baholash bo‘yicha axborotlar: bilimni baholash shkalasi,
mezonlari, ularni bajarishga bo‘lgan talablar (rubrikatsiya jadvali);
9. Baholash jarayoni va siyosati. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
356
•
barcha
ishlarni
baholash
qoidalari
(maksimal
ball,
rag‘batlantiruvchi va shtraf ballari);
• imtihon, yakuniy baholashning mezonlari;
• yakuniy baholash va uni appelyasiya qilishning qoidalari;
• darsga kechikib kelish, auditoriyada o‘zini tutish, berilgan
topshiriqni muddatida bajarmaslik, imtihonda qatnashmaslik oqibatlari.
Har bir talaba yil boshidan o‘z faoliyatini sillabus asosida tashkil
etadi.
Hozir O‘zbekistonda ham jahon tajribasidan kelib chiqqan holda
o‘quv jarayoniga uning ayrim elementlarini tatbiq etishga harakat
qilinayapti. USAID CAR dasturi bo‘yicha seminar qatnashchilari
bo‘lgan o‘qituvchilar bu borada o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.
Albatta talabalar faoliyatini “Sillabus - o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida
shartnoma” asosida tashkil etish ularni chuqur bilim olishlari, puxta
malakaga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Lekin uni tom ma’noda
qo‘llash talabalarda tanlov asosida o‘tiladigan fanlar, kurslarni, dars
beradigan o‘qituvchilarni o‘zlari tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishlarini
taqozo qiladi. Hozirda buning uchun imkoniyat yarаtishgа hаrаkаt
qilinаyapti.
Talabalarga dars berar ekanmiz, ularning individual xislatlarini
yanada boyitib, o‘z bilimlarini oshirish uchun o‘zlari harakat qilishlari
lozimligini o‘rgatishimiz, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |