306
umumiy tа’lim tаyyorgаrligini hаr tоmоnlаmа оshirish, fikrlаsh vа ijоdiy
qоbiliyatlаrini rivоjlаntirishgа yordаm bеrаdi.
Оlimpiаdа
bu аvvаlо fаnlаr bo‘yichа o‘quvchi-tаlаbаlаr o‘rtаsidаgi
musоbаqа bo‘lib, undа ulаr o‘zlаrigа rаqоbаtbаrdоsh tеngdоshlаri bilаn
musоbаqаlаshаdi. Оlimpiаdаlаrgа tаnlаngаn sаvоl vа mаsаlаlаr qiyinlik
dаrаjаsi, kеng qаmrоvliligi, o‘quvchilаrdаn nаzаriy bilimni, аmаliy
ko‘nikmа vа mаlаkаni, kеng dоirаdа fikrlаy оlishni tаlаb etishi bilаn
аjrаlib turаdi.
Fаn оlipiаdаlаrini tаshkil etish, o‘tkаzish uchun aniq metodik
ishlanmalar yo‘q. By bir tomondan kamchilik sifatida ko‘rish mumkin,
ikkinchi tomondan esa ijobiy, chunki turli o‘quv yurtlari tomonidan
to‘plangan tajribalar asosida ularni samarali variantlarini tanlash, yanada
takomillashtirish amalga oshiriladi.
Olimpiada o‘tkazish q’uyi-dagi
maqsadldrni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
* iqtisodiyotni o‘rganilayotgan predmetni keng qamrovli va chuqur
o‘rganish;
* o‘quvchi-talabalarni mustaqil ishlashlarini faollashtirish,
qo‘shimcha bilim olishga intilishlarini kuchaytirish;
* ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantirish va olgan bilimlaridan
foydalana bilishga yo‘naltirish;
* eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan o‘quvchi-talabalarni aniqlash va
ularni individual qobiliyatlarini namoyish qilishga imkon yaratish;
* olingan iqtisodiy bilimlar sifatini nazorat qilish;
* bo‘lajak iqtisodchilarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish va
boshqalar. Olimpiada qanday shaklda o‘tkazilmasin, ular o‘qitish sifatini
oshirish, o‘quvchi-talabalarni bilim olishga ishtiyoqini kuchaytirishga
qaratilgan bo‘lishi kerak.
Olimpiada o‘tkazishda ayniqsa topshiriqlar ishlab chiqish o‘ta
muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy fanlar turli-tuman. Shuning uchun
topshiriqlar fanning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda:
- og‘zaki, yozma, testlar va boshqalarni o‘z ichiga olgan holda
ularni ijodiy tafakkurga yo‘naltirishi hamda o‘quvchi-talabalarning
qobiliyatini har tomonlama baholashga imkon berishi kerak;
- topshiriqlar tayyorlashda ularni o‘ta murakkab yoki sodda
bo‘lmasligiga e’tibor berish zarur, chunki unisi ham, bunisi ham
o‘quvchi-talabalarning o‘z bilim darajalarini baholashlariga ta’sir
ko‘rsatadi;
307
- topshiriqlar ularni fanga taalluqli bo‘lgan axborotlardan har
tomonlama xabardorligini, ijodkorligini aks ettirishga yordam berisi
kerak;
- topshiqlarni bajarish ajratilgan vaqtga to‘g‘ri kelishi kerak;
- tayyorlangan topshiqlar haqida sir saqlanishi zarur, undan faqat tor
doirada bilishi zarur bo‘lgan kishilargina xabardor bo‘lishi kerak;
- ish natijalarini baholash jyuri a’zolarini saylashga, ularning xolis,
adolatli qaror qabul qilishlarini ta’minlashni ham nazardan qochirmaslik
zarur. Xullas olimpiadalar talabalarni kеlаjаkdа turli tanlovlarda
qatnashishga ilhomlantirishi, аsоs yarаtishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: