233
O‘quv muammolarini qo‘yish qoidalari:
*
mavzu bo‘yicha muammoni qo‘yish va yechish uchun yangi
tushunchalarni talabalarning avvalgi o‘rgangan bilimlari bilan bog‘lash
va esga tushirish;
* talabalarga sabab-oqibatli bog‘lanishni aniqlash, mushohada
qilish, muammoli vaziyatni tahlil qilishni o‘rgatish;
* talabalar oldiga ular uchun tushunarli bo‘lgan, ma’lum darajada
xabardor bo‘lgan muammolarni qo‘yish;
* muammoni yechish uchun uni to‘g‘ri qo‘ya bilishni unutmaslik;
* o‘quv materialida yangilik elementlari (yangi tushuncha, statistik
ma’lumotlar, xususiyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar va h.k.) bo‘lishi;
* o‘quv materiali muammoli vaziyatni ifodalagan bo‘lishi kerak.
Ularni qarama-qarshi fikrlar, faktlar, raqamlar, chizma, savollar
kabilarda ifodalash mumkin
Talabalarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish uchun ularni doimo
o‘zlarida tug‘ilgan savolni berishga undash lozim. Dars oxirida qarama-
qarshiliklar oydinlashtirilishi zarur.
Muammoli ma’ruza – muammoli o‘qitishning asosi. Lekin
muammoli o‘qish qanday bo‘lishi kerakligi haqida yagona fikr yo‘q.
Ba’zilar uni hali fanda yechilmagan muammolar haqida ma’ruza
deyishsa, boshqalar muammolarni darsda yechish deb hisoblashadi.
Muammoli ma’ruza talabani o‘ylashga, taqqoslashga, yechimini
topishga undaydigan ma’ruzadir. U quruq yodlab olish emas, balki o‘z
faoliyatida zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalarni qo‘llab masalani
yechishga o‘rgatishdir. Shuningdek o‘qitish – bunday darslarda ajdodlar
ijtimoiy-tarixiy tajribasi ham o‘rgatiladi. Muammoli o‘qitish orqali
talabani o‘z fikrini aytishga, fikrini himoya qilishga va baxslashishga
o‘rgatish mumkin. Fikrlash jarayonida qarama-qarshilik bo‘lmasa bahs
ham, munozara ham bo‘lmaydi. Munozarasiz esa muammoning
yechimini topish juda qiyin.
Darsda talabalar o‘qituvchining o‘rgatishga samimiy intilayotganini
his qilishi, talabani o‘zi bilan teng ko‘rayotganini bilishlari kerak.
Yuqorida zikr etgan ma’ruzani muammoli ma’ruza tarzida bayon qilish,
darsga talabalarni faol qatnashishga chorlash uchun ma’ruza
o‘qiyotganda muammoli vaziyat yaratish zarur. Buning uchun avvaldan
muammoli savol qo‘yib, unga talabalar bilan birgalikda muhokama
qilinib javob topiladi.
234
Pedagogikaga oid adabiyotlarda muammolar qo‘yilishi jihatidan
quyidagi darajalarga bo‘linadi:
1. Muammoni o‘qituvchining o‘zi qo‘yadi, uni shakllantiradi,
talabalarni uni mustaqil ravishda yechimini topishga, yechish yo‘lini
qidirishga yo‘naltiradi
.
Bundа unchа murаkkаb bo‘lmаgаn muаmmоlаr
qo‘yilishi ko‘zdа tutilаdi. Muаmmо dаrsning mа’lum bir bоsqichlаridа
o‘quvchi-tаlаbаlаrning qiziqishini uyg‘оtish, hаm so‘z bilаn hаm
fаоliyati bilаn o‘rgаnilаyotgаn sаvоlgа diqqаtini jаlb qilishgа qаrаtilаdi.
Muаmmо yangi mаtеriаl, ахbоrоt bеrish оrqаli o‘qituvchi tоmоnidаn
yеchilаdi. Muаmmо qo‘yishning bundаy mеtоdidа o‘quvchi
tаlаbаlаrning rоli pаssiv, ulаrni bilishgа intilishdаgi mustаqilli nisbаtаn
unchа yuqоri emаs.
2. O‘qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi vа uning
еchimini tоpish 2 хil usul bilаn аmаlgа оshirish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: