183
Аvvаl dars o‘tishda keng qo‘llaniladigan nisbatan oddiy, bir
auditoriyadan ikkinchisiga olib o‘tish oson texnik vosita kodoskop va
proektor bo‘lgаn bo‘lsа hozirgi kunda o‘quv jarayonida, taqdimot
qilishda
videoproektor
dan tobora keng foydalanilmoqda. Undan
foydalanish uchun kompyuter qurilmalari zarur. Oldindan tayyorlangan
o‘quv materiallari va boshqalar videoproektor orqali namoyish qilinadi.
U eng yuqori darajada taqdimot imkonini beradi. Namoyish etiladigan
materiallarni turli kompyuter dasturlari: Word, Excel, Power Point,
Corel Draw va boshqalarda taqdim etuvchining o‘zi tayyorlashi yoki
professional darajada tayyorlangan elektron darsliklardan foydalanish
mumkin. Bunda katta hajmdagi axborotni disket, kompakt disk, fleshka
yordamida ko‘chirish, bir marta tayyorlab, keragicha foydalanish
mumkin.
Eng
muhim
afzalliklaridan
tayyorlangan
materiallarni
kamchiliklarini
tezda
tuzatish,
zarur
o‘zgartirishlar
kiritish,
takomillashtirib borish imkoni borligi, materiallarni kompyuter
yordamida turli ko‘rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirdan
foydalanish, ularni “jonlantirish” va harakatlantirish imkoni
mavjudligidir.
Videoproektor albatta boshqa vositalarga nisbatan qimmat, undan
foydalanish uchun ko‘nikma talab etiladi. Ranglarni noto‘g‘ri tanlash
oqibatida ko‘z toliqishi, animatsiyani noto‘g‘ri tanlash tufayli asosiy
diqqat mazmundan chetga chiqib ketishi mumkin. Videoproektor elektr
energiyasini talab qiladi.
Umuman olganda texnik vositalar dars jarayonini ko‘rgazmali
qilishga, yuqorida aytganimizdek tasavvur qilishga va xotirada
jonlantirishga yordam beradi. O‘rganilayotgan mavzuni o‘zlashtirishni,
real hayotga, amaliyotga yaqinlashtirishni ta’minlaydi. Ajdodlarimiz
bekorga aytishmagan “Yuz marta gapirgandan bir marta ko‘rgan afzal”
deb.
O‘quv yurtlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan vositalardan biri
virtual stendlardir. Virtual stend – o‘quv amaliy stendi yoki o‘quv-
malaka ustaxonasi bo‘lib, o‘quvchi-talabalarning nazariy bilimlarini
mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’lum
yo‘nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beradi. Virtual
stendlar har bir o‘quvchi-talaba uchun texnikaga o‘zining kirish
parametrlarini “buyurishga”, o‘z bilimlarini nazorat qilishga imkon
beradi. Laboratoriya ishini o‘tkazish, uni zarur tartibda tushunish va
184
hokazolar bilan bog‘liq vaqtdan yo‘qotish esa kompyuter samarasi
hisobiga kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: