Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning davlat dasturi» (28 avgust 1995 yil)



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning davlat dasturi» (28 avgust 1995 yil) 
qabul qilinishi O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida diqqat-e’tibor 
qaratilayotganining ifodasidir. Bu dasturda ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirilishi 
respublikamizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish  asosida bozor 
munosabatlarini shakllantirish, ish bilan bandlik, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va 

 
 
xizmat ko’rsatish borasidagi qator muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Kichik va 
xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi: qonuniy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, ya’ni huquqiy ta’minot, 
moddiy-texnikaviy sharoit yaratish, moliyaviy-kredit, sug’urta ta’minoti, kadrlar tayyorlash, 
malaka oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash, axborot-maslahat ta’minoti va 
boshqalar. 
 
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonun, Prezident 
farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik va o’rta biznes, fermer va dehqon 
xo’jaliklari faoliyatining huquqiy asosini mustahkamladi. Tadbirkorlikni rag’batlantiradigan va 
uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Hisobot berish tartibi soddalashtirildi. Kichik, o’rta 
biznes, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslar uchun soliq tizimiga sezilarli darajada 
engillik kiritildi. Kredit berish tizimi yaxshilandi. Tadbirkorlar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan o’z 
pul mablag’larini tijorat banklaridan naqd pul holida olish imkoniyati yaratildi. Buning natijasi 
o’laroq mamlakatimizda kichik va o’rta biznesning barqaror rivojlanayotganini quyidagi 
ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. 
  
Kichik va o’rta biznes rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari 
Ko’rsatkichlar 
O’lchov 
birligi 
2000 2001  2002  2003 
YaIM dagi 
KO’B ulushi 
% 31,0 
33,8 
34,6 
35,5 
Kichik va o’rta 
korxonalar 
% 13,1 
14,8 
15,7 
16,4 
KO’Bda band 
bo’lganlar soni* 
Ming 
kishi 
  800,0 900,3 1045,1 
 
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi. 
*) Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlaridan tashqari 
 YaIMda KO’Blarning ulushini to’rt yil davomida 31,0 %dan 35,5% ga ko’tarilishi , unda 
band bo’lganlarning sonini ortishi albatta ijobiy hol. 
Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishda KO’B sub’ektlarining 
salmog’i (%da) 
Iqtisodiyot 
tarmoqlari 
2000  2001 2002 2003 
Sanoat 
11,3  14,1 14,1 16,6 
Qishloq 
xo’jaligi 
72,4  75,6 76,4 76,8 
Chakana tovar ayirboshlash 
45,0 
45,8 
43,8 
45,5 
Pullik 
xizmatlar 
37,9  39,9 41,3 45,7 
 
 Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi 
 
Sanoat, chakana tovar ayirboshlash, pullik xizmatlar ko’rsatishda KO’Blarning ulushini 
barqaror o’sib borishi respublikamizda davlatning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashi 
natijasidir.  
 Mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektor salmog’ini oshirish, aholini ishlab chiqarish 
sohsida bandligini ta’minlash va kichik tadbirkorlikni intensiv rivojlantirib borish maqsadidagi 
2003 yil 30 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 9 aprel 1998 yil qabul qilgan «Kichik va o’rta biznes, xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishni yanada kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar haqidagi» qaroriga o’zgarishlar va 
qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi» Farmoni qabul qilinishi KO’Bni rivojlanishiga yana bir 
ijobiy turtki bo’ldi. Mamlakatimizda jamiyat tayanadigan o’rta mulkdorlar sinfi vakillarini 
yanada ko’payishiga olib keldi. Yuqorida jadval ma’lumotlari ham bu fikrni tasdiqlaydi. «Kichik 
biznesni rivojlantirish, rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularni ro’yxatga olish 

 
 
tartibini sezilarli darajada soddalashtirish, eng muhimi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish bo’yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta 
ahamiyatga ega bo’lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini 
berdi»
1
  
 
Albatta tadbirkorlikni rivojlantirishda respublikamizda muammolar, kamchiliklar 
mavjud. Lekin eng asosiysi, diqqat ularni bartaraf qilish yo’llarini topish, tadbirkorlikni 
rivojlantirishga qaratilganidir.  
 
                                                 
1
. Karimov I. A. Islohotlar strategiyasi=mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir. 2002 yilda 
mamlakatning ijtimoiy=iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2003 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 
asosiy yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruza. Xalq so’zi, 2003 yil, fevral, 40-
son. 

 
 
5-§. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi 
 
 Kapital   
  Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati kapital harakati   sarfini  talab  qiladi. 
Kapital lotincha so’z bo’lib, katta mablag’, ko’p pul, boylik degan ma’noni anglatadi. Bu so’z 
iqtisodiy tizimda uning o’zi yaratgan ishlab chiqarish omilini ifodalash uchun ishlatiladi. 
Kapitalni ishlab chiqarish omili sifatida iqtisodchilar ishlab chiqarish vositalari deb qarashadi. 
Bunday yondashuv klassik siyosiy iqtisoddan boshlanadi. A. Smit kapitalni jamg’arilgan mehnat 
mahsuli, D. Rikardo ishlab chiqarish vositalari deb hisoblashgan. 
 Hozirgi paytda jahon miqyosida iqtisodiy fanlarda kapitalni talqin etishda yagona fikr 
yo’q. I. Fisher kapitalni natural va qiymat shaklidan qat’i nazar boylik zaxirasidan iborat, u o’z 
egasiga xizmat ko’rsatib daromad olib keladi, degan. 
 Taniqli iqtisodchilardan J. Xiks, A. Marshall, E. Bembaverk fikrlarni davom ettirib, 
ishlab chiqarish uchun ajratilgan tovarlar yig’indisini kapital deb atashgan. 
 J. Robinson kapital, hali investitsiyaga aylanmagan ma’lum miqdordagi pul, degan fikrni 
bildirgan. P. Xeyne fikriga ko’ra kapital bu — kelajakda ne’matlar ishlab chiqarish uchun 
foydalansa bo’ladigan ishlab chiqarish vositalaridan iborat. 
 
Nisbatan tor buxgalteriya hisobi bo’yicha yondashilsa firmaning barcha aktivlari 
(mablag’lari) kapital deb yuritiladi. 
 Kapital tushunchasini qanday talqin qilinishidan qat’i nazar, hamma qarashlarda umumiy 
bo’lgan bir narsani ilg’ash mumkin. Bu daromad keltirishdir. Shunday qilib daromad topish 
maqsadida ishlab chiqarish resurslari va ularga sarflangan pul kapital bo’ladi. 
 Biznes bilan shug’ullanishdan maqsad ham daromad topish. Biznesning mohiyatini 
quyidagi formulada ifodalash mumkin:  
P—T—P1. 
 P — iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun dastlab sarf-langan pul mablag’lari. 
 T — sotib olingan tovar (ishlab chiqarish resurslari). 
 P1 — tovarni sotilgandan so’ng olingan, ya’ni avanslangan pulni ko’payib qaytishi, 
P1=P+Δn; Δn — avanslangan pulning ko’paygan qismi, ya’ni foyda. 
 Biznes  formulasi  tadbirkorning  faoliyatini ko’rsatib turibdi. 
 Biznes qanday shaklda bo’lmasin daromad olish umumiy tarzda ana shunday amalga 
oshadi. Tadbirkor o’z pulini sarflab ishlab chiqarish resurslari sotib oladi. Agarda yakka tartibda 
ishlovchi yoki oilaviy tadbirkorlik bo’lsa, faqat ishlab chiqarish vositalari sotib oladi. Ishlab 
chiqarish jarayonida yangi tovarlar yaratilib, bozorga chiqariladi. Ularni sotib avanslagan pulini 
foydasi bilan qaytarib oladi. Ishlab chiqarish biznesi formulasi umumiy biznes formulasidan farq 
qiladi. U quyidagicha: 
mehnat omili (ishchi kuchi) 
P – T   ... U ... T1 — P1 
real kapital (ishlab chiqarish vositalari) 
U — yangi tovarlar ishlab chiqarish jarayoni 
T
1
— ishlab chiqarilgan yangi tovar ... belgisi muomala to’xtab ishlab chiqarish 
 
boshlanganini resurslar ishlab chiqarish omili (unumli kapital)ga aylanganini ko’rsatadi.  
 Yangidan yaratilgan tovar qiymati avvalgisidan ko’p. Uni bozorda sotib olingan pul P1, 
avvalgi avanslangan puldan ko’p, ya’ni tadbirkor olishi mumkin bo’lgan foyda miqdorida pul 
ko’p bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonida talab taklif nisbatiga qarab, sof yoki qo’shimcha foyda 
olishi yoki aksincha bo’lishi mumkin (XII bob). 
 Ishlab chiqarishni amalga oshishi uchun iqtisodiy shart-sharoit bo’lishi kerak. Har qanday 
tovar ishlab chiqaruvchi firma uchun ishlab chiqarish omillari zarur. Tovar ishlab chiqarish 
uchun eng avvalo, tabiiy resurslar zarur (minerallar, o’rmon va boshqa tabiiy boyliklar, ularni 
qisqacha er deb ataladi). Boshqa birovni eridan foydalanilganlik uchun haq to’lanadi. Bu haq 
renta bo’lib, u er egasining daromadini tashkil etadi. 
 
Kishilarning iste’molini qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish uchun insonlarning 
mehnati talab etiladi. 

 
 
 Tadbirkor tomonidan yollangan ishlovchilar mehnat shartnomasi asosida o’z mehnati 
uchun ish haqi oladilar. Biznes uchun kapital — pul talab etiladiki, u mashina, xom ashyo va 
hokazolar sotib olish uchun ishlatiladi. Agar tadbirkorning o’zidagi mablag’i etmasa, qarz olib 
ishlatadi. Ana shu qarz olib foydalangan pulga ham haq to’lash zarur. Bu haq protsent bo’lib, uni 
qarzga pul bergan oladi. 
 Oxir-oqibat ma’lum xatar asosida o’z maqsadini, yangi g’oyasini amalga oshiruvchi 
hamma omillarni to’plab ishga soladigan tadbirkorning harakati kerak. Agar uning harakati 
muvaffaqiyatli yakunlansa, unga mukofot foydaning bir qismi tegadi (yo’qsa zarar ko’rishi 
mumkin). 
 Tadbirkor kapitalini uzluksiz tarzda ishga solishga harakat qiladi. Kapital harakati dastlab 
pulga zarur resurslar sotib olishdan boshlanadi, ikkinchi bosqichda, resurslarni unumli iste’mol 
qilinadi, ya’ni tovar yaratiladi. Bu tovarning yangi qiymati eski qiymat hamda qo’shilgan 
qiymatdan iborat bo’ladi. 
 Uchinchi bosqich, oxirgi bosqichda, bu ishlab chiqarilgan yangi tovar realizatsiya 
qilinadi. Tovar pulga aylanadi. 
 Shunday qilib, bu harakat bozor bilan boshlanib, bozor bilan tugallanadi. 
 Kapital o’z harakatini qaysi shaklda boshlagan bo’lsa, yana qaytib shu shaklga kelishi 
kapitalning doiraviy aylanishi bo’ladi. Doiraviy aylanishda kapitalning harakati uch bosqichdan 
iborat: birinchi bosqich muomala, ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, uchinchi bosqich yana 
muomaladan iborat. Boshqacha aytganda bozor, ishlab chiqarish, bozor tarzida yuz beradi. 
 Kapital o’z doiraviy harakati jarayonida uch shakl: pul, unumli kapital, tovar shaklini 
oladi. 
 Firmaning kapitali doimo ma’lum nisbatda, har uchala shakl-da mavjud bo’ladi. 
 
Kapitalning harakati bir doiraviy aylanish bilan to’xtab qolmaydi. U qaytaqayta 
takrorlanadi (firma miqyosida u bankrot bo’lgandagina to’xtatish mumkin). Aynan shu 
kapitalning doiraviy aylanishini to’xtovsiz davom etishi kapitalning aylanishi deb ataladi. 
 Ana shu harakat ma’lum bir vaqtda yuz beradi, u ishlab chiqarish va muomala vaqtidan 
iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish vaqti o’z ichiga ish davri, ishlab chiqarish resurslarini zahirada 
turgan vaqti va tanaffuslarni oladi. 
 Ishlab chiqarish vaqti tarkibining nisbati turli tarmoqlarda turlicha bo’lib, ular ob’ektiv 
zaruriyat tufayli tarkib topadi. Ayrim tarmoqlarda kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi, 
o’rmonchilikda tabiiy tanaffuslar muhim rol o’ynab, uzoq muddatni o’z ichiga oladi. 
 Muomala vaqti esa ishlab chiqarilgan tovarlarni realizatsiya qilinadigan joyga olib borish 
vaqti, tovarlarni sotguncha zahirada turgan vaqti va realzatsiya qilish vaqtidan iborat. Bu 
vaqtlarni ajratib ko’rsatishdan maqsad kapital harakatini tezlashtirish uchun tadbirkor qanday 
chora-chora tadbirlar ishlab chiqishi zarurligini aniqlashdir.  
Asosiy va aylanma    
A. Smit va J. S. Mill, S. Marshall va boshqa iqtisodchilar 
kapital 
  
 
kapitalning   
bino,  inshoot, stanok, asbob-uskunalar sifatida 
moddiylashgan, bir necha ishlab chiqarish tsiklida qatnashadigan va bir necha yil xizmat 
qiladigan qismini alohida ajratib ko’rsatishgan. Kapitalni ana shu qismini asosiy kapital deb 
ataladi. Kapitalning bunday bo’linishining moddiy asosi mehnat vositalari bilan mehnat 
ashyolari o’rtasidagi farqdir. Ishlab chiqarish vositalarining bir qismi, ya’ni asosiy kapital ishlab 
chiqarish jarayonida qatnashib, xossasini o’zgartirmaydi. Kapitalning ikkinchi qismi xom ashyo, 
material, energiya resurslari va boshqa shunga o’xshashlar, bir ishlab chiqarish tsiklida qatnashib 
to’la sarflanadi hamda o’z xossasini o’zgartirib, yangi tovarda mujassamlashadi.Uni aylanma 
kapital  deb ataladi. Ish kuchiga sarflanadigan mablag’, ya’ni ish haqi ham aylanma kapitalga 
qo’shiladi. 
 Aylanma kapitalga sarflangan pul, mahsulotni realizatsiya qilingach, tadbirkor qo’liga 
to’la qaytib keladi. Asosiy kapitalga sarflangan xarajat esa tez qoplanmaydi. Bizni 
hisobotimizda, odatda kapital o’rniga fondlar iborasi qo’llaniladi. Fondlar mazmuni jihatidan 
farq qilib: 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 1.Aniq maqsadga mo’ljallangan, qaratilgan bo’ladi. Uni boshqa maqsadlarda ishlatish 
mumkin emas. 
 2.Miqdori jihatdan cheklangan fondlarga mablag’ to’plash va ishlatish hajmi belgilangan 
normativlardan oshmasligi kerak. 
 Firma, korxona fondlari harakati belgilangan normativlar bo’yicha nazorat qilinadi. 
 Asosiy kapital ikkiga bo’linadi. Bir qismi aktiv kapital bo’-lib, unga mashina, stanok, 
asbob-uskuna kabi ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan mehnat vositalari kiradi. 
 Ikkinchi qismi passiv kapital bo’lib, unga bino, inshoot, yo’llar, ko’prik va shunga 
o’xshashlar kirib, ular xizmat bo’yicha ancha uzoq hamda ishlab chiqarishda passiv tarzda 
qatnashadi. Ular iqtisodiy faoliyat uchun sharoit yaratadi. Odatda, aylanma kapital bir yil 
davomida bir necha marta aylanadi. Asosiy kapital esa aksincha, bir necha yil davomida bir 
marta aylanadi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapital eskiradi. O’zining texnik 
xarakteristikasini asta-sekinlik bilan yo’qotib boradi. Mashina, asbob-uskuna va boshqalar 
eyiladi, eskiradi, arzonlashadi. Asosiy kapitalning mahsulotga ko’chgan qiymati kelajakda uni 
yangilash maqsadida jamg’ariladi. Ana shu jamg’arma, amortizatsiya fondini tashkil etadi. 
 Amortizatsiya fondi mablag’larini ma’lum bir qismi eskirgan fondlarni qisman iste’mol 
xossasini tiklash, ya’ni ularni kapital (remont) ta’mirlash uchun ishlatiladi. Bunda uning 
yo’qotgan qiymatini tiklash amalga oshadi. Asosiy kapitalni ishlatish muddati tugagach, 
hisobdan chiqariladi. Jamg’arilgan amortizatsiya fondi yangi vositalarni sotib olish imkonini 
beradi. Asosiy kapitalni jismoniy eskirishi ikki xil bo’ladi: 
 1.Tabiat  ta’sirida  eskirish. 
 2.Ishlatilib  eskirish,  unda insonning yoshi o’tgan sari o’z jismoniy baquvvatligini 
yo’qotib borgani kabi asosiy kapital ham o’z iqtisodiy qiymatini yo’qotib boradi. 
 Asosiy kapital (fondlar) faqat jismoniy emas, ma’naviy ham eskiradi. Ma’naviy eskirish 
ham ikki xil bo’ladi. 
 
1.Ishlab chiqarishni samaradorligi oshishi natijasida u yoki bu turdagi mehnat 
vositalarining ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi, natijada asosiy kapital (fondlar) 
arzonlashadi. Mashina, stanok, uskuna va hokazolarni narxi avvalgi xuddi shundaylaridan arzon 
bo’ladi. 
 2.Yangi, sifati jihatidan takomillashgan, ilgarigiga nisbatan samarali mehnat vositalari 
yaratilishi bilan bog’liq. Ulardan foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
arzonlashadi hamda ko’plab ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. 
 Ishlatiladigan asosiy kapital jismoniy eskirmagan bo’lsa-da, ko’pincha jamiyat, sotsial 
nuqtai nazardan ular iste’mol qiymatini yo’qotadi. Bu — dunyodagi hamma narsani to’lovi 
bo’lganidek fan-texnika taraqqiyoti uchun to’lovdir. Ma’naviy eskirishning oqibati qarama-
KAPITAL (IShLAB ChIQARISh FONDLARI) 
Asosiy kapital (fond) 
Aylanma kapital (fond) 
Er 
Bino, 
inshoot 
Mashina, 
uskuna, 
uzatma, 
mexanizmlar, 
transport va 
hokazo shunga 
o’xshashlar 
 
Asosiy 
kapital-
ning 
boshqa 
turlari 
 
Xom ashë, ënilbi 
energiya material 
va sotib olingan 
yarim fabrikat-lar, 
ish haqi 
Tugallanmagan 
ishlab chiqarish, 
korxonaning 
o’zi tayërlagan 
yarim 
fabrikatlar 

 
 
qarshi: bir tomondan jamiyat iqtisodiy jihatdan yutqazadi, ikkinchi tomondan yutadi. Sababi 
eskirgan vositalar qiymatini yangilarini ishlatilishidan olingan foyda bilan tezda qoplanadi. 
Amaliyotda asosiy kapitalning narxi asossiz ravishda qimmat belgilansa, ma’naviy eskirish 
emas, balki aksincha, texnikani qimmatlashuvi tarzida namoyon bo’ladi. Bu, albatta, asosiy 
kapital (fondlar)ni yangilashga to’siq bo’ladi. Fan-texnika taraqqiyotiga g’ov bo’ladi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida bu muammoni echishda talab va taklif asosiy rol o’ynaydi. 
 Asosiy kapitalni qiymatining ishlab chiqarilgan tovarga qo’-shish amortizatsiya normasi 
orqali amalga oshadi. Amortizatsiya normasi asosiy kapitalning qiymati va uni xizmat qilish 
muddati bilan bog’liq. Amortizatsiya normasi qancha yuqori bo’lsa, asosiy kapital (fondlar) o’z 
qiymatini shunchalik tez muddatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkazib bo’ladi. Aksi 
bo’lsa, uzoq muddat o’tkazadi. Amortizatsiya lotincha — so’ndirish  so’zidan olingan bo’lib, 
asosiy kapital qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga astalik bilan xizmat muddati davomida 
ko’chirishdir. Amortizatsiya fondi asosiy kapital (fondlar)ni to’la tiklash uchun amortizatsiya 
normasiga ko’ra belgilanadi. U asosiy kapitalning xizmat muddatiga nisbatan foizda ifodalanadi. 
Amortizatsiya normasi=100%/xizmat muddati 
Masalan, ko’p qavatli temir-beton uylarning xizmat muddati 100 yil. U holda 
amortizatsiya normasi 100:100=1% ga teng. Yoki traktorning xizmat muddati 16 yil. 
Amortizatsiya normasi 100:16=6,25%. Ya’ni har yili traktor bahosining 6,25%i ishlab 
chiqarilgan mahsulotga ko’chadi. Agar traktorimiz 3 mln so’m turadi desak, har yili 187500 
so’mlik eskirar ekan, shu miqdordagi pulni amortizatsiya fondiga o’tkazamiz. 
 Amortizatsiya normasi shunday belgilanishi kerakki, u ham jismoniy, ham ma’naviy 
eskirishni hisobga olgan bo’lishi kerak. 
 Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda amortizatsiya normasi yuqori belgilangan. Masalan, 
AQShda qishloq xo’jalikda ishlatiladigan traktorlarning xizmat muddati 10—12 yil, o’arbiy 
Evropada 15—20 yil qilib belgilangan. Haqiqiy xizmat muddati 15—25 yilni tashkil etadi. 
Bunga texnikani asrab-avaylab ishlatish orqali erishiladi. Chunki, uning egalari bundan 
manfaatdor. Bizda ham 1991 yildan boshlab amortizatsiya normasini belgilash tartibi 
o’zgartirildi. 
 1. Asosiy kapitalni amortizatsiya normasi o’zgartirildi. 
 2. Ta’mirlash uchun amortizatsiya to’lovlari bekor qilindi. Endi korxonalar hamma 
remont turlarini mahsulot tannarxiga o’tkazadigan bo’ldi. Zarur bo’lsa, remont uchun alohida 
fond tashkil etish mumkin (tuzatish, ta’mirlash fondi). 
 3. Mashinalar, uskunalar va transport vositalari normativdagi xizmat muddati tugagach, 
amortizatsiya to’lovlari to’xtatiladi. 
 4. Korxonalarning asosiy kapitali (fondlar)ni yangilashni tez-lashtirish maqsadida aktiv 
fondlarga tezlashtirilgan amortizatsiya normalari belgilash ruxsat etiladi. Vaholanki, chet 
mamlakatlarda bu anchadan beri qo’llaniladi, kichik korxonalarga xizmat muddati uch yildan 
oshadigan kapitalni 20% gacha qiymatini ekspluatatsiya qilishning birinchi yildan ishlab 
chiqarish xarajatlariga qo’shishga ruxsat berildi. Bularning hammasi asosiy kapitaldan 
foydalanishni yaxshilashga qaratilgan. 
 Ishlab chiqarishda asosiy kapitaldan tashqari aylanma kapital ham muhim o’rin tutadi. 
 Aylanma kapital tarkibiga mehnat ashyolari, zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, 
jumladan yarimfabrikatlar, ish haqi kiradi. 
 Bir vaqtning o’zida har bir korxonada muomalada kapital mavjud bo’lib, ular tayyor 
mahsulot va korxona pul mablag’larini tashkil etadi. 
 Aylanma kapital bilan muomaladagi kapital o’rtasida chambarchas aloqa mavjud bo’lib, 
ular doimo biridan ikkinchisiga aylanib, har bir doiraviy aylanishda to’la yangilanadi. Shuning 
uchun ular birgalikda oborot mablag’lari deb ataladi. 
 Asosiy kapital samaradorligi kapital sig’imi, kapital qaytimi kabi ko’rsatkichlar orqali 
aniqlansa, oborot mablag’laridan foydalanish samaradorligi aylanish tezligi bilan aniqlanadi. 
 Qancha ishlab chiqarish vaqti va muomala vaqti qisqarsa, kapital shuncha tez aylanadi va 
ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Aylanish qancha sekinlashsa, aksincha. Shuning uchun 

 
 
aylanish vaqtini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki, shunga qarab, qaysi vaqtni qisqartirish 
mumkin, uni qanday amalga oshirsa bo’ladi, yo’llari va usullari axtariladi, maqbullari tanlab olib 
amalga oshiriladi. 
 Oborot mablag’laridan qanday foydalanilayotganini yil davomida aylanish soni bilan 
o’lchanadi. Bu ko’rsatkich yil davomida realizatsiya qilingan tovar hajmini o’rtacha yillik oborot 
mablag’lari qoldig’iga nisbati topiladi. Aytaylik, realizatsiya hajmi 120 mln so’m, o’rtacha 
oborot mablag’lari qoldig’i 40 mln so’mlik bo’lsin, bu 120:40=3. Demak, yil davomida to’la uch 
marta aylanishini bildiradi. Bundan tashqari, aylanma mablag’larining aylanish muddatidan 
foydalanish mumkin. U yil davomida kunlarni aylanish soniga bo’lish bilan topiladi. Misolimiz 
bo’yicha 355:3=118 kun atrofida bo’ladi. Aylanma kapitaldan foydalanish darajasiga material 
sig’imi, energiya sig’imi, mehnat sig’imi kabi ko’rsatkichlar orqali ham baho berish mumkin. 
 Shunday qilib, tadbirkorning resurslarga sarflagan kapitali ishlab chiqarish jarayonida 
unumli kapitalga, ya’ni ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Ishlab chiqarilgan tovar va 
xizmatlarda xarajatlar tarzida gavdalanadi. 
 
Xulosa 
 
 *Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligidan biri uni tadbirkorlikka asoslanganligidir. 
Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlikni  
1) iqtisodiy kategoriya sifatida; 
2)xo’jalik yuritish metodi;  
3) iqtisodiy fikrlashning o’ziga xos tipi sifatida qaraladi.  
 *Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning namoyon bo’lishi, 
tashkiliy shakli g’arbda biznes deb yuritiladi. Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy shakllari uchga: 
individual xususiy, sherikchilik, korporatsiyaga bo’linadi.  
 *Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarning huquqiy maqomiga ko’ra: yuridik shaxslar, yakka 
xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar tadbirkorligi; Mulkchilik maqomiga 
ko’ra: individual-xususiy, oilaviy-xususiy, korporativ-xususiy, jamoa, davlat, aralash 
mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik; Faoliyat yuritish mazmuni jihatidan: ishlab chiqarish va 
xizmat ko’rsatish ( tijorat, moliya, vositachilik, servis, konsalting, maishiy va boshqalar)ga; 
Tadbirkorlik yuritish tarmoq, sohalariga ko’ra sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi, xizmat 
ko’rsatish; Faoliyat yuritish ko’lami, ishlab chiqarish hajmi yoki band bo’lgan ishlovchilar 
soniga qarab, kichik, o’rta, yirik tadbirkorlik-biznesdan iborat.  
 *Bozor iqtisodiyotida individual –xususiy tadbirkorlik o’ziga xos muhim o’rin tutadi. 
Lekin iqtisodiy faoliyatga nisbatan obro’li, barqaror, uzoq muddatli vaqtga mo’ljallangan, 
ko’lami jihatidan salmoqli shakli korxona, firmadir.  
 *Biznesning tashkiliy shaklining o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjudki, 
tadbirkor, biznesmen biznesning tashkiliy shaklini tanlaganda, davlat tadbirkorlik faoliyatini 
ko’llab quvatlash uchun chora-tadbirlar belgilaganda hisobga olishi zarur.  
 
*Korxona, firmalar o’z maqsadlariniamalga oshirish uchun turli iqtisodiy 
birlashmalartashkil etishadi. Bular xolding, kartel, va hokazolar bo’lib, undan tashqari turli 
jamoatchilik uyushmalari, tadbirkorlar ittifoqi, savdo-sanoat palatalari, biznesni qo’llovchi turli 
fondlar va hokazolardan iborat.  
 *Tadbirkorlik riskka asoslanadi, doimo tavakkalchilik xatari mavjud. Shuning uchun ham 
tadbirkorlik qilish hammani qo’lidan kelavermaydi. Tadqiqotchilarning kuzatishicha riskka 
ishqivozlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga moyil bo’lishar ekan. Tadbirkorlar riskni 
kamaytirish yo’llarini qidirib topishadi. Tadbirkorlik faoliyati yuritishda 2 xil strategiya mavjud: 
mudofaaga asoslangan, hujumkorlikka asoslangan.  
 *Tadbirkorni faoliyat yuritish uchun sarflagan mablag’i uning foyda olish maqsadiga 
xizmat qilishi uchun real kapitalga aylanishi zarur. Real kapital o’z xususiyatlari: ishlab 
chiqarish jarayonida o’z xossalarini o’zgartirish yoki o’zgartirmasligi, qiymatini tiklash 
muddatiga ko’ra asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi.  

 
 
 *Tadbirkorlar asosiy va aylanma kapital samaradorligiga alohida diqqat qaratishadi. 
Kapital samaradorligi, mehnat, material. Energiya sig’imi, kapitalning aylanish tezligi, kapital, 
mehnat unumdorligi va hokazo ko’rsatkichlar orqali baholanadi.  
 *Tadbirkorlikning iqtisodiy o’sishni, ish bilan bandlikni ta’minlashda nihoyatda katta 
ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, respublikamizda uni rivojlantirishga alohida e’tibor 
berilmoqda. 
 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish