«Monopolistik raqobat nazariya-si»
(1933) kitobida bozordagi real narxlar
sof raqobatga ham, sof monopoliyaga ham yon bosmaydi, aksincha ular o’rtasidagi har ikki
holatning nisbatiga ko’ra shakllanadi deb ko’rsatadi. Raqobat bilan monopoliyaning birlashuvi
monopolistik raqobat tarzida yuz beradi. U mahsulotni tabaqalanishini vujudga keltiradi.
Tabaqalanish mahsulotning ma’lum bir xususiyatlariga ko’ra amalga oshadi. Masalan, tovar
markasi, firma nomi, tovarlarni o’ziga xos, diqqatni jalb etadigan qilib o’rash yoki bo’lmasa
tovarning individual xususiyatlari: sifati, rangi, shakli
—
stili va hokazolarga qa-rab
tabaqalanishi mumkin. Chakana savdoda bu — sotuvchining joylashgan o’rni, yaratilgan
umumiy muhit, sotuvchining ish olib borish manerasi, o’zini tutishi, halol, ishbilarmon sifatida
erishgan obro’-e’tibori, shaxsiy aloqalari kabilarni o’z ichiga oladi.
Monopoliya va konkurentsiyani hozirgi zamondagi nisbatini real tushunish sof
monopoliya ham, mukammal raqobat ham yo’q ekan, unda bozor qanday holatda degan savolga
javob berishni zarur qilib qo’yadi.
G’arbda hozirgi zamon bozori holatini
«Ekonomiks»
darsligining mualliflari
«nomukammal raqobat»
deb atashadi. Ularning hammasi
«mukammal raqobatdan»
hozirgi
paytda iz ham qolmadi, uning o’rniga o’ziga xos tarzda monopoliya bilan raqobatning birga
qo’shilib ketgan shakllari keldi deb e’tirof etishadi. Erkin raqobat klassik kapitalizmga xos. U
mukammal raqobat tarzida XIX asrda faqat Angliyada mavjud bo’lgan xolos, hozirgi paytda
erkin raqobat kam uchraydigan holat. o’arb mamlakatlarida erkin raqobatni qimmatbaho
qog’ozlar bozorida va fermerlar faoliyatida ko’rish mumkin. Industrial ishlab chiqarish
bosqichida moliya kapitali vujudga kelishi bilan erkin raqobat o’rniga monopoliyalar kirib
keladi. Iqtisodiyotni monopollashuvi fan-texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ishlab
chiqarishning kontsentratsiyasi kuchayishining qonuniy oqibati bo’lib maydonga chiqadi.
Samuelson bu holatga baho berib, yirik ishlab chiqarish biznesni monopollashuviga olib
kelishini ko’rsatadi. Monopoliyalar vujudga kelishi, raqobatni cheklasa-da, lekin u albatta qoladi.
Xatto o’z bozorlarida etakchi rol o’ynaydigan firmalarning ham doimo bir-ikki kichik bo’lsa
ham raqobatchisi bo’ladi. Xozirgi vaqtda sof monopoliya tizimiga to’g’ri keladigan bozorni ham
topish qiyin. Sof monopoliya ko’pincha noyob mahsulotga ega bo’lish bilan bog’liq. Ammo,
noyob-likning o’zi abadiy emas. Noyob mahsulotning o’rinbosari yoki undan ham yaxshirog’i
yaratiladiki, bu monopoliyani zil ketishiga olib keladi. 80- yillarning boshlarida AQShda uzoq
masofali telefon aloqasi sof monopoliya tizimiga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |