Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


-§. Ishlab chiqarish omillarining nisbati. Xarajatlarni



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

4-§. Ishlab chiqarish omillarining nisbati. Xarajatlarni 
minimallashtirish nazariyasi 
 
 
Tadbirkor ishlab chiqarish bilan shug’ullanar ekan, uning oldida ishlab chiqarish bilan 
bog’liq muammolar mavjud bo’ladi. Bu muammolarni uch darajada ko’rish mumkin. 
 1. Tadbirkorning oldida belgilangan miqdordagi mahsulotni qanday ishlab chiqarish 
mumkinligi masalasi turadi. Bu muammo ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa muddatda 
minimallashtirish masalasiga kiradi. 
 2. Tadbirkorning oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni optimal, ya’ni eng ko’p foyda 
keltiradigan variantini aniqlash turadi. Bu — qisqa muddatda foydani maksimallashtirish 
masalasiga kiradi. 
 3. Tadbirkorning oldida korxonaning eng optimal quvvatini, mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini, ya’ni katta-kichikligini aniqlash muammosi turadi. Bu, uzoq muddatda foydani 
maksimallashtirish masalasiga kiradi. Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish 
masalasini ko’rib chiqdik. Endi ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish masalasini ko’rib 
chiqamiz. 
 Tadbirkor xarajatlarni minimallashtirish uchun eng avvalo ishlab chiqarish omllarining 
eng samarali nisbatini topishi kerak. Chunki u shundagina  qo’ygan maqsadiga erishishsh 
mumkin. Buni aniqlash uchun ishlab chiqarish omillari befarqlik egri chizig’i izokvantadan 
foydalanamiz. U ishchlab chiqarish omillarining har qanday birlashuvi bir xilda mahsulot ishlab 
chiqarishni ta’minlar edi(3- bob).Omillarning har qanday nisbatda birlashuvi bir xil hajmda 
mahsulot ishlab chiqarishga olib kelsa, endi tadbirkor anna shu omillarni sotib olish uchun ularni 
qanday nisbatda bo’lganda eng kam xarajat qilishini aniqlash kerak. Aytaylik, biron turdagi 100 
dona mahsulot ishlab chiqarish uchun kapital va mehnatning turli kombinatsiyalari (nisbat)dan 
foydalanish mumkin. Bir ishchi ish haqi 2 dollar, kapital birligining qiymati 3 dollar bo’lsin. U 
holda misolimiz jadval shaklida quyidagicha bo’ladi. (Misolimiz P. Samuelsonning 
«Ekonomika» kitobi bo’yicha.) 
 
 Bizni misolimizda qanday qilib stanoklar soni bilan ishlovchilar sonining optimal 
miqdorini aniqlasa bo’ladi? Buning uchun omil evaziga olingan me’yoriy mahsulot hajmi bilan 
mehnat bahosini taqqoslaymiz. Stanok me’yoriy mahsuloti hajmi bilan stanokning narxini 
taqqoslaymiz. Bir mehnat omilini ikkinchisi bilan almashtirish ularning me’yoriy mahsulot hajmi 
va xarajatlari teng bo’lguncha davom etadi: 
 A1 — omil evaziga me’yoriy mahsulot, misolimizda ishlovchilar soni o’zgarmagani 
holda qo’shimcha kapital ishga tushirilishi evaziga olingan qo’shimcha mahsulot; 
 V1 — omil evaziga me’yoriy mahsulot, misolimizda kapital miqdori o’zgarmagani holda 
qo’shimcha jalb qilingan ishlovchi evaziga yaratilgan qo’shimcha mahsulot; 
 A2 — omilning narxi, misolimizda stanokning narxi (to’g’rirog’i amortizatsiya haqi); 
 V2 — omilning narxi, misolimizda ishchining ish haqi. Umumiy tarzda avval ko’rsatsatib 
o’tganimizdek, MR=MS=R 
 Tadbirkor ishlab chiqarishning «qimmat» omilini «arzon» omil bilan almashtiradi. Bu 
almashtirish yuqorida ko’rsatilgandek shu omillar hisobiga olingan me’yoriy mahsulot va unga 
ketgan xarajatlar tenglashguncha davom etadi. 
 Misolimizni chizma tarzda tasvirlaylik. 
 Ishlab chiqarish omillarining har qanday birlashuvi, ya’ni 6K va 
1L yoki 3K va 2L, 2K va 3L yoki 1K va 6L bir xilda mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini ta’minlaydi.  
 Lekin shulardan qaysi biri tadbirkor uchun eng arzon tushadi? 
Jadvalning ma’lumotlari asosida teng mahsulot egri chizig’ini topamiz yoki ishlab chiqarishning 
befarqlik egri chizig’i (izokvanta)ni aniqlaymiz. 
 
 Endi teng xarajatlar, ya’ni abstsissa va ordinata o’qlari bo’yicha ishlab chiqarish 
omillariga qilingan xarajatlar teng nuqtalarini aniqlaymiz va to’g’ri chiziq o’tkazamiz. Bu 
K  6 3 2 1 
L  1 2 3 6 


 
 
chiziqlar izokostlar (isokost curve) deb ataladi. U tadbirkorning byudjeti cheklanganligi 
chizig’ini ko’rsatadi. 
 Avval ko’rsatganimizdek, kapital birligining narxi 3000 dollar, mehnat 2000 dollar 
bo’lsin. Agar tadbirkorning puli atigi 6000 dollar bo’lsa, u shu puliga 2 birlik kapital sotib olishi 
mumkin. Yoki faqat mehnatga sarflasa, 3 kishini ishga yollashi mumkin. U holda ordinata o’qiga 
kapital, abstsissa o’qiga mehnatni joylashtirib grafikda tasvirlasak, quyidagi ko’-rinishda bo’ladi. 
 Tadbirkor mablag’ini faqat kapital yoki faqat mehnatga sarflanishi mumkin bo’lgan 
nuqtalarni birlashtirsak, 6000 dollarlik izokostning to’g’ri chizig’i kelib chiqadi. Shu to’g’ri 
chiziqdagi har bir nuqta K va L ning turli nisbatdagi birlashuvini, lekin umumiy xarajatlar 6000 
dollardan oshmasligini ko’rsatadi. Endi tadbirkorning puli 9000 dollar, 12000 dollar va hokazo 
deb, yana avvalgicha nuqtalarni topib to’g’ri chiziq o’tkazib, har biri uchun alohida izokost 
chizig’ini topamiz. 
 Biz alohida-alohida bir xil hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun omillarning turlicha 
birlashuvini hamda teng xarajatlar asosida omillar miqdorini o’zgarishini ko’rib chiqdik. Endi 
ana shu har ikki grafikni bitta qilib tasvirlaymiz. 
 Xamma nuqtalarni, ya’ni teng mahsulot miqdori bilan teng xarajatlar chiziqlarini qarab 
chiqsak, ular S nuqtada bir-biriga urinib o’tar ekan (lekin kesishmaydi). Aynan ana shu teng 
xarajatlar chizig’iga, teng mahsulot egri chizig’i urinib o’tgan nuqta ishlab chiqarish 
xarajatlarining minimal darajasini ko’rsatadi. Bizni misolimizda kapital 3000 dollar, mehnat 
2000 dollar. Tadbirkor mablag’ini 2 birlik kapital va 3 birlik mehnatga sarflasa, omillarning eng 
optimal darajada birlashuvini ta’minlagan bo’lar ekan. Befarqlik egri chizig’i bilan izokost — 
xarajatlar tengligi to’g’-ri chizig’i S nuqtada urindi. U (2·3K) doll)+(3·2L)=12000 dollarni 
tashkil etadi. Demak, tadbirkor 12000 dollar mablag’ sarflab, uni 2 birlik kapitalga sarflab 3 
kishini ishga yollasa, eng maqbul darajada omillarni birlashuvini ta’minlab, minimal darajada 
xarajat qilishga erishar ekan. Omillarning bundan boshqa har qanday nisbatda birlashuvi unga 
qimmatga tushadi. 
 Masalan, 3K va 2L yoki 6K va 1L. 
 Befarqlik egri chizig’i kontseptsiyasi italiyalik olim V. Pareto tomonidan XX asr 
boshlarida ishlab chiqilib, keyinchalik 1930 yili ingliz olimi D. R. Xiks tomonidan 
chuqurlashtirilgan. 
 Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishda vaqt muhim rol o’ynaydi. Odatda, qisqa muddatli davr 
(bunda ishlab chiqarish quvvati o’zgarmay qoladi) va uzoq muddatli davr (bunda ishlab 
chiqarishning barcha omillarini o’zgarishi uchun etarli bo’lgan vaqt) nazarda tutiladi. 
 Amerikalik iqtisodchilar Duglas va Solou 20- yillar (XX asr) dan ishlab chiqarishni 
statistik jihatdan tadqiq qilib, 100 yil davomida qanday o’zgarganini o’rganib, ishlab chiqarish 
kapital va mehnat omillari mahsulot ishlab chiqarilishining o’sishiga qanday ta’sir ko’rsatishini 
aniqlashdi. 
 Ular mehnatni 1% o’sishi mahsulotni umumiy o’sishini 3/4 qismini tashkil etsa, 
kapitalning o’sishi 1/4 qismini tashkil etishini aniqlashdi. 
 Bu xulosa butun jamiyatga taalluqli bo’lgani uchun, bu indekslarni (3/4 va 1/4) agregat 
indekslari deb ataldi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi 
bog’lanish Duglas va Solouning ishlab chiqarish agregat funktsiyasi deb ataladigan bo’ldi. 
Shunday qilib, Duglas va Solou xulosalari asosida iqtisodiy rivojlantirishning retsepti taklif 
etildi: «insoniy kapitalga» ko’proq mablag’ sarflash kerak, chunki mehnat ishlab chiqarish 
hajmini ko’paytirish, o’stirishda ishlab chiqarish vositalari (kapital)ni o’stirishga qaraganda 
ko’proq samara beradi. 
 Shuning uchun iqtisodiy fanlar sohasining olimlari mehnat unumini oshirishning yangi 
yo’llarini qidirishga kirishib ketdilar. (Ma’lumki, mehnat unumdorligi vaqt birligida ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdori bilan o’lchanadi.) Shunday qilib, insoniy munosabatlar, sotsial 
sherikchilik nazariyasi va hokazolar vujudga keldiki, bu nazariyalar, eng avvalo har bir insonni 
ishlab chiqarish natijalari qanday bo’lishiga qiziqishini, diqqat-e’tiborini qaratishni ta’minlashga 
qaratilgan. Bu degani ishlab chiqarish faqat mehnatdan yaxshi foydalanish evaziga ko’payadi 


 
 
degani emas. Duglas va Solou fikricha hozirgi zamonda mehnat ishlab chiqarishning asosiy 
omili ekan, sababi mahsulot ishlab chiqarishni o’sishini boshqa omillarga qaraganda ko’proq 
ta’minlaydi.  

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish