Firmaning
Foyda olish yuzaki qaraganda osonga o’xshaydi. Lekin
bankrot bo’lishi
firma har qanday tovar ishlab chiqarar ekan, uni
sotish bilan darrovda foyda olishni boshlamaydi. U eng avvalo, sarflagan xarajatlarini
doimiy, so’ngra o’zgaruvchi xarajatlarini qoplaydi. Sotilgan mahsulotlarni qiymati umumiy
xarajatlar bilan tenglashadi, ya’ni xarajatlarni qoplash nuqtasiga etadi. Ana shu nuqtadan
o’tgandan keyin tovarlar ishlab chiqarishni ko’paytirish natijasida foyda olish boshlanadi. Uni
massasi sotilgan tovar miqdori o’sgan sari ko’payib boradi. Ma’lum chegaragacha, yuqorida
ko’rganimizdek me’yoriy xarajatlarga olingan me’yoriy daromad nisbati tenglashguncha davom
etadi, so’ngra foyda kamayib boradi. Ishlab chiqarish hajmini oshirar ekan, korxona bir vaqtni
P
MC AC
1AC
o’zida qisqa muddatli ishlab chiqarish masalalarining echimlariga hamda uzoq davrga
mo’ljallangan ishlab chiqarish omillarini o’zgartirish rejalarini, ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etishni nisbatan samarali variantini tanlashi kerak.
Qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish omillari nisbatan o’zgarmaydi, asosiy diqqat
xarajatlarni tejab-tergab sarflashga qaratiladi.
Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish omillarini barchasini o’zgartirish uchun vaqt etadi.
Bunda diqqat omillar nisbatini o’zgartirib, ularni eng optimal variantini topishga qaratiladi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatchilikka asoslangan bo’lib, uning shafqatsiz shart-
sharoitlariga hamma tadbirkorlar ham dosh bera olmaydi. Ko’pincha korxonalar bankrot bo’lib
ketadi.
Bankrotlikning asosiy sababi xarajatlarning haddan tashqari ko’payib ketishidir. Ayrim
paytlarda korxonaning qaytarib bo’lmaydigan xarajatlari, ya’ni chiqimlari ham ko’payib ketadi.
U xarajatlar shamolga sovurilgan mablag’ bo’ladi. Masalan, mahsulotni chirib ketishi, sotilmay
qolib ketishi.
Korxonani bankrot deb e’lon qilish, uning to’lovga noqobilligini aniqlash qiyin, chunki
bankrotlikning aniq mezonlarini belgilamay bir fikrga kelish juda qiyin.
Buni hisobga olgan holda respublikamizda bankrotlikning huquqiy asoslarini yaratishga
diqqat-e’tibor qaratildi. 1994 yili «Bankrotlik to’g’risida» qonun qabul qilindi.
Bu qonunda korxonaning to’lovga noqobilligi belgilari aniq berilgan bo’lib, ular mavjud
bo’lsa, korxonaga nisbatan tegishli sud rasmiyatchiligini boshlab yuborish mumkin.
Bankrotlik to’g’risidagi qonunga ko’ra korxona 90 kun mobaynida olgan qarzini to’lay
olmasa kreditor xo’jalik sudiga bu korxonani bankrot qilish to’g’risida murojaat qilishi mumkin.
Korxona vaqtincha to’lovga layoqatsiz bo’lsa, o’zini bankrot deb tan olmaydi. O’z
faoliyatini davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiruvchi korxona ham bankrot deb tan
olinishi mumkin emas.
Umuman olganda, iqtisodchilarning bankrotlikka qarashlarini 2 guruhga bo’lish mumkin.
Birinchi guruh iqtisodchilar korxonalar iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lib, ishni eplay
olmasa, yopilib tugashi kerak, degan fikrni ilgari sursalar, ikkinchi guruh iqtisodchilar ular uchun
ma’lum muddat sharoit yaratib saqlab qolishga harakat qilish kerak, degan fikrdalar. Albatta,
shunday korxonalar borki, ularni saqlab qolish milliy iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun zarur. Shuni
hisobga olgan holda bankrotlik alomatlariga ega iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash
maqsadga muvofiq deb topilsa, ularga to’lov qobiliyatini tiklab olishi uchun fursat beriladi
hamda chetdan boshqaruvchi tayinlanadi. Sanatsiya (lotincha, sog’lomlashtirish degan ma’noni
anglatadi) muddati 18 oygacha belgilanib, shu vaqt mobaynida korxona o’z to’lov qobiliyatini
tiklashi, buning uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |