Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

Qisqa muddatli
 O’rtacha xarajatlar dinamikasi firmaning bozordagi 
davrda firmalar
 
ahvolini xarakterlaydi. Lekin ishlab chiqarish va 
muvozanati
 taklifning optimal hajmini 
ko’rsatmaydi. Bir tarmoqda texnik qurollanish, ishlab chiqarish ko’lami, ishlab chiqarishni  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
tashkil etish va boshqa jihatlari bilan farqlanuvchi turli firmalar faoliyat yuritadi. Demak 
ularning xarajatlari ham har xil. Firmalarning o’rtacha xarajatlarini narxlar bilan taqqoslash bu 
firmalarning bozordagi holatini baholash imkonini beradi. Erkin raqobat sharoitida baholar 
o’ziga xos tashqi chegara rolini o’ynaydi. Yuqori baholar yangi firmalarni kirib kelishi, eskilarini 
saqlab qolishga imkon bersa, past baholar esa ularni zarar ko’rishi va tarmoqni tark etishiga olib 
keladi. Uni yuqoridagi grafiklar yordamida tadqiq qilishimiz mumkin. 
 
 
 
 P P    
 
 

 
 
 
AC 
   
AC 
   
AC 
 
 
 M  
 
 
 
M  
а
)  
  
 

б
) Q
1
      Q
2
      Q
3
  
  
в

           Q  


 
 
 Qisqa muddatli davrda firmaning ishlab chiqarish quvvati o’zgarmaydi. Shuning uchun 
ular o’z foydalarini maksimallashtirish vpa zaralarini minimallashtirishni faqat o’zgaruvchi 
xarajatlar(material, xom ashyo, mehnat haqi kabilar) miqdorini o’zgartirish orqali erishiishlari 
mumkin.  
Grafikdan ko’rinib turibdiki ( a) rasm), firma M nuqtada o’zining minimal o’rtacha 
xarajatlarini qoplay oladi. M nuqta foyda nuqtasi xisoblanadi (ya’ni faqat normal foyda oladi). 
Ikkinchisi ( b) rasm)da o’rtacha xarajatlar narxlardan past, ular ma’lum xajmda fakat normal 
foyda emas, iqtisodiy foyda xam oladi. Uchinchisi ( v) rasm)da esa firmalar har qanday hajmda 
ishlab chiqarish miqdorida firma bozorni tark etishi kerak, chunki uning xarajatlari narxdan 
ancha yuqori. 
Ikkinchi ( b) rasm bo’yicha) firmaning o’rtacha xarajatlari har ikki ko’rsatilgan firmalar 
xarajatidan past. M nuqtada xarajatlarni Q xajmda eng minimal o’rtacha xarajatlar deb aytamiz. 
Bu nuqtada firmaning bir birlik mahsuloti eng ko’p foyda keltiradi deb ayta olamiz. Lekin uni 
firmaning ishlab chiqarishini muvozanatga erishgan optimal xajmi deb ayta olamizmi? 
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchilarni bir-birlik mahsulotdan olinadigan foyda emas, balki 
olinadigan foyda massasi qiziqtiradi. Demak firmaning foydasini maksimal darajada bo’lishini 
ta’minlovchi ishlab chiqarish hajmini aniqlashimiz kerak. O’rtacha xarajatlar chizigi uni ko’rsata 
olmaydi. Uni iqtisodchilar ikki yo’l bilan aniqlashni tavsiya etishadi:  
1.
 
Yalpi daromad
1
 bilan umumiy xarajatlarni taqqoslash;  
2. Me’yori daromad bilan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash orqali;  
 Me’yoriy xarajatlar egri chizigi xarajatlar va o’zgaruvchi xarajatlardan farq qiladi. 
Qo’shimcha ishlab chiqarish yo’q bo’lsa MS ham yo’q bo’ladi.  
 Qo’shimcha  ishlab  chiqarish qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi. Shu bilan birga 
qo’shimcha daromad ham olib keladi. Qo’shimcha daromad, boshqacha aytganda me’yoriy 
daromad MR=TRn - TR(n-1)ga teng. Erkin raqobat sharoitida alohida firma bozor bahosiga 
ta’sir o’tkaza olmaydi. Qancha mahsulot bo’lsa ham bir xil bahoda sotadi. Bu degani erkin 
raqobat sharoitida qo’shimcha sotilgan maxsulotdan olingan qo’shimcha daromad har qanday 
hajmda teng bo’ladi, ya’ni me’yoriy daromad narxga teng MR=P bo’ladi.  
 Qo’shimcha  xarajatlar  bilan  qo’shimcha daromadni solishtirib, mazkur baholarda qaysi 
nuqtada, ya’ni qancha hajmda maksimal darajada foyda massasiga ega bo’lib muvozanatga 
erishadi, nisbatan to’g’ri aniqlay olamiz. Bu firma qo’shimcha xarajatlar hisobiga qo’shimcha 
daromad olar ekan, ishlab chiqarish hajmini ko’paytirib boradi. Agar meyoriy xarajatlar 
me’yoriy daromadlardan ortib ketar ekan firma zarar ko’rishni boshlaydi. Bu haqda yuqorida 
ham to’xtab o’tganmiz.  
 Shunday qilib, firmanipg qisqa muddatli davr uchun ham uzoq muddatdi davr uchun ham 
muvozanatga erishish sharti sifatida MC=MRni, ya’ni me’yoriy xarajatlarni me’yoriy daromad 
bilan tengligini ko’rish mumkin. Mukammal raqobatga asoslangan bozorda me’yoriy daromad 
doimo narxga teng bo’lgani uchun firmaning muvozanat sharti MC=P shaklini oladi.  
 Me’yoriy xarajatlarni me’yoriy daromadlar Bilan taqqosdash o’ziga xos signal vazifasini 
bajarib, tadbirkorni ishlab chiqarishni optimal darajasiga erishildimi yoki foydani yanada 
o’sishini kutish mumkinligi to’g’risida axborot beradi. Oxir-oqibat, firmaning har qanday ishlab 
chiqarish hajmida o’rtacha xarajatlari narxdan yuqori bo’ladigan bo’lsa, firma zarar ko’radi. U 
boshqa ishlab chiqarishga ixtisoslashishi yoki bozorni tark etishi kerak. Lekin me’yoriy 
xarajatlar dinmikasi orqali firmaning foydasi masasini to’g’ri aniqlab bo’lmaydi. Sababi unda 
doimiy xarajatlarni hisobga olmaganmiz.  
 Firmaning yalpi foydasini yalpi tushumdan umumiy xarajatlarni ayirib topamiz. Yalpi 
tushumni mahsulot miqdorini narxga ko’paytirib (TR=QxP) topamiz. Umumiy xarajatlarni esa 
mahsulot miqdorini o’rtacha xarajatlarga (TC=QxAC) ko’paytirib topamiz. Shunday qilib, 
me’yoriy xarajatlar bilan me’yoriy daromadlar tahlili hamda o’rtacha xarajatlar dinamikasi tahlili 
bilan birgalikdagina olinadigan foyda massasini aniq hisoblashimiz mumkin. Yuqoridagi 
                                                 
1
 Bu erda daromad deganda mahsulotlarni sotib olinadigan tushum ko’zda tutiladi 


 
 
rasmlardagi uch xil vaziyat bo’yicha, agar me’yoriy daromad egri chizig’i o’rtacha xarajatlar egri 
chizig’iga urinib o’tsa, yalpi xarajatlar yalpi daromadga teng bo’ladi, firma normal foyda oladi. 
Chunki, mahsulot narxi o’rtacha xarajatlarga teng.  
 Agar, ma’lum bir intervalda narx chizig’i bilan me’yoriy daromad egri chizig’i o’rtacha 
xarajatlar egri chizig’idan yuqorida joylashsa, muvozanat nuqtasi M(ya’ni, shu optimal hajmdagi 
mahsulot ishlab chiqarish)da firma sof foyda oladi. 
 Agar, o’rtacha xarajatlar har qanday hajmda narxdan yuqori bo’lsa, u holda firma optimal 
dvrvjada ishlab chiqarishda ham zarar ko’radi.  
 Qisqa muddatli davrda firma shunday vaziyatda bo’lishi mumkinki, uning olgan tushumi 
xarajatlarini qoplamaydi. Bunday holatda u zararni minimallashtirishga harakat qilishi kerak. 
Firmani qisqa muddatli davrda kelajakda maqsadiga qarab, uning uchun ishlab chiqarishni 
davom ettirish yoki vaqtincha to’xtatish kerakmi, aniqlashi kerak. Qaysi holatda uning uchun 
zarar kamroq bo’ladi?  
 Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa u faqat doimiy xarajatlar qiladi xolos. Agar 
firma mahsuloti ishlab chiqarsa doimiy xarajatlardan tashqari o’zgaruvchi xarajatlar ham qiladi. 
Shu bilan birga ma’lum miqdorda daromad ham oladi. Shuning uchun qachon firma zararni 
minimallashtirishi mumkinligini aniqlash uchun baho bilan o’rtacha xarajatlarnigina emas, balki 
o’zgaruvchi xarajatlarni xam taqqoslaydi. 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Chizmada AS egrichizig’i M nuqtada minimal bo’lishi kerak 
  
 Bu vaziyatni o’rganish uchun yuqoridagi chizmadan foydalanamiz. R
1
 bozor bahosi 
minimal o’rtacha xarajatlardan past, lekin o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan yuqori. Optimal 
ishlab chiqarish hajmi Q1
la 
o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari Q1M bo’lagi o’rtacha 
o’zgaruvchi xarajatlar Q11 bo’lagiga teng. Muvofiq ravishda M1- bu o’rtacha doimiy xarajatlar. 
Agar firma ishni davom ettirsa uning umumiy yalpi tushumi (OP1EQ1) umumiy xarajatlardan 
(to’rtburchak OC
1
HQ1dan) kam bo’ladi. Bunda o’zgaruvchi xarajatlar (to’rtburchak OC
1
1Q1) 
doimiy xarajatlarni bir qismi qoplanadi. Zarar to’rtburchak S
1
R
1
ME ga teng bo’ladi . Agar ishlab 
chiqarish to’xtasa doimiy xarajatlarni xammasi C
v
C
1
M1 (to’rtburchak) Shunday qilib 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish