Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


§. Foyda normasi va massasi



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

§. Foyda normasi va massasi.
 
Qisqa va 
uzoq muddatli davrda firmalar muvozanati

 
 Firma uchun foydaning ikki jihati bor:  birinchisi, 
foyda 
massasi, ya’ni uning 
umumiy miqdori, ikkinchisi foyda normasi, ya’ni uning nima evaziga olingani. Foy-dani 
maksimallashtirish uning ham normasini, ham massasini oshirishdir. Ammo firma uchun foyda 
normasi muhimroq, chunki bu firma faoliyatining samaradorligini ta’minlaydi. Foyda normasi 
jami foydaning (normal foyda va iqtisodiy foyda) uni topish uchun qilingan umumiy xarajatlarga 
bo’lgan nisbatidir: 
 
  
 
  Foyda 
Foyda normasi=-------------------------; R1 = R/Ts; 
  
 
Avanslangan  kapital   
 
 Bunda  R1 — foyda normasi, R foyda miqdori, Ts — umumiy xarajat. Uni hisoblash 
uchun xarajatlardan normal foyda chiqarib olinadi va iqtisodiy foydaga qo’shiladi va qolgan 
xarajatlarga bo’linadi. Masalan, firma 105 ming so’m xarajat qilib, 10 ming so’m foyda ko’rgan. 
Xarajatlar tarkibiga 5 ming so’m normal foyda kirgan. U holda foyda normasini quyidagicha 
hisoblaymiz: 
 Foyda normasi yuqori bo’lgani holda uning massasi kichik bo’lishi va, aksincha, u past 
bo’lgani holda, massasi katta bo’lishi ham mumkin. U katta kapital sarflab ishlab chiqarishga 
ko’p resurs-lar jalb etsa va tovarlarni ko’plab chiqarilsa, foyda normasi past bo’lsa-da, uning 
massasi ko’p bo’ladi. Masalan, bir firma 100 ming so’m sarflab mingta tovar chiqaradi va 15 
ming so’m foyda oladi. Demak, foyda normasi 15% (15:100x100) bo’la turib, atigi 15 ming 
so’m foyda ko’rgan. Boshqa firma 1 mln so’m sarflab 100 ming tovar ishlab chiqardi va 120 
ming foyda ko’radi. Ikkinchi firmada foyda normasi 12% ga teng. Ikkinchi firmada foyda 
normasi birinchi firmaga qaraganda kam, chunki 12%<15%, ammo massasi ko’p, chunki 120 
ming >15 ming so’m. Foyda normasi firmaning joriy sarf-xarajatlari naqadar samarali natija 
berganligini ko’rsatadi. Bu norma qanchalik yuqori bo’lsa, firma ixtiyoridagi resurslar muqobil 
tarzda shunchalik yaxshi ishlatilgan bo’ladi. Foyda normasini oshirishga qaratilgan urinishlarga 
qaramay, uning pasayib borish tendentsiyasi amal qiladi. 
 Iqtisodiy nazariyada foyda normasini pasayishi va uni sabablarini iqtisodchilar tomonidan 
turlicha tushuntiriladi.  
 Unga alohida diqqat qaratgan K. Marks uning sababini quyidagicha izohlaydi. Texnika 
taraqqiyoti bilan kapitalning uzviy tuzilishi o’sadi, ya’ni mehnatning kapital bilan qurollanishi 
o’sadi, natijada foyda normasi pasayadi.  
Marksning foyda normasini pasayish tendentsiyasm xaqidagi nazariyasiga D. 
Rikardoning «asr stagnatsiyasi» tendentsiyasi nazariyasi asos bo’lgan. Rikardoning fikricha 
jamiyat evolyutsiyasi mehnatga bo’lgan talabning ko’payishiga, u o’z navbatida aholini o’sishiga 
olib keladi. Aholining o’sishi yomon er uchastkalaridan ham foydalanishni zarur qilib qo’yadi. 
Natijada qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish uchun xarajatlar ko’payadi. Qishloq xo’jalik 
mahsulotlari bahosi oshadi (demak, nominal ish haqi ham). Er rentasi ham ko’payadi. Shuning 
uchun tadbirkor er egasi va yollanma ishchilarning daromaddagi hissasini(garchi, ularning real 
ish haqi oshmasa ham) ko’paytirishi kerak.Shunga muvofiq tadbirkorning daromaddagi ulushi 
ham kamayadi.  
Demak foyda normasining pasayish tendentsiyasi xo’jalik rivojlanishining natijasidir, 
degan xulosaga keladi Rikardo. Bu esa iqtisodiy o’sishning ob’ektiv chegaralarini belgilab 
beradi. Foyda normasining pasayib borishi investitsiyaga va ishlab chiqarishni kengaytirishga 
bo’lgan qiziqishni so’ndiradi. Natijada iqtisodiyot ertami-kechmi o’z rivojlanishini to’xtatadi.  
Bu stagnatsiya (turgunlik) tendentsiyasini eng zarur bo’lgan tovarlar qiymatini pasaytirish 
orqali erishish mumkin. Bunga texnik taraqqiyot(mahsulotda mehnat sigimini kamaytirish) va 


 
 
chet mamlakatlardan erkin don olib kelish yo’li bilan erishiladi. Lekin texnika taraqqiyoti ham 
jahon savdosi rivojlanishi ham taraqqiyotning umumiy mantig’ini buza olmaydi.  
 Ammo hayotda Rikardo fikri ham Marks nazariyasi ham tasdiqlanmadi.  
Statistik ma’lumotlar, texnik taraqqiyot doimo kapitalni uzviy tuzilishni o’sishga olib 
kelmaydi. Undan tashqari foyda normasi tushishi bilan kapital yangi mahsulot ishlab chiqarishga 
yo’naltiriladi. FTT ishlab chiqarish nisbatan tez yangilanishga olib keladi, bo’sh pullarga talabni 
ko’paytiradi.  
Real hayotda foyda olishni pasayishi mumkinligini iqtisodiy nazariyaning neoklassik 
yo’nalishi vakillari qisqa va uzoq muddatli davr nuqtai nazaridan qarab tushuntirishadi.  
Qisqa muddatli davrda ma’lum me’yorgacha me’yoriy xarajatlar pasayib borsa, ma’lum 
chegaradan o’tgach me’yoriy xarpajatlarni ortib borishiga, natijada o’rtacha xarajatlarni ham 
avval pasayib so’ngra ortib ketishiga olib keladi. Agar qisqa muddatli davrda o’rtacha 
xarajatlarni grafik tarzda ifodalasak, u botiq yoysimon ko’rinishni oladi.  

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish