FC
gorizontal shaklda, o’zgaruvchi xarajatlar
VC
mahsulot miqdorini ortishiga ko’ra o’sib boruvchi egri chiziq tarzida, me’yoriy
xarajatlarimiz
MC
esa avval pasayib boruvchi, mahsulotning ma’lum bir hajmidan o’sib boruvchi
egri chiziq shaklida, o’rtacha xarajatlarimiz
AC
esa botiq yoysimon shaklda tasvirlanadi.
Bu erda tadbirkor oldida mahsulot miqdorini qay darajaga etkazganda maksimal foyda
olishni aniqlash turibdi.
Iqtisodchilar bu masalani tadqiq etib shunday xulosaga kelishgan. Qo’shimcha jalb
etilgan omil olib kelgan daromad, uni olish uchun qilingan xarajatdan oshib ketmasligi kerak.
Boshqacha aytganimizda shu omillar keltirgan daromad ularning bozor narxiga teng bo’lishi
kerak. Qo’shimcha jalb etilgan ishchilarni keltirgan daromadi ularga to’langan ish haqiga,
qo’shimcha jalb etilgan kapital uni ishlatish evaziga olingan daromadning shu kapital xarajatiga,
ya’ni sotib olish narxiga teng bo’lishi kerak.
Bu fikrlarimizni hammasini quyidagi tenglikda ifodalash mumkin.
(qo’shimcha jalb etilgan (qo’shimcha jalb etilgan
mehnat evaziga yaratilgan mahsulot kapital evaziga yaratilgan mahsulot
yoki olingan daromad ) yoki olingan daromad)
qo’shimcha jalb etilgan mehnat omili qo’shimcha jalb etilgan kapital
narxi ya’ni ish haqi) xarajatlari, ya’ni sotib olish narxi
boshqacha aytganda: me’yoriy daromad = 1; yoki MR=MS=R;
me’yoriy xarajat
Bu tenglikda quyidagi qonuniyat ifodalanadi: maksimal darajada foyda olish uchun
qo’shimcha qilingan xarajatlar, ya’ni me’yoriy xarajatlar evaziga olingan qo’shimcha ishlab
chiqarilgan mahsulotdan olingan daromad, ya’ni me’yoriy daromad shu omilning bozor narxiga
teng bo’lishi kerak. Demak, tadbirkor ko’proq mahsulot ishlab chiqarish uchun qo’shimcha er,
mehnat, mashina, uskuna, xom ashyo va boshqalarni jalb qilar ekan, xarajatlarni ko’paytirish
evaziga olgan qo’shimcha daromadi, shu omillarni sotib olishga qilgan xarajatiga teng bo’lishi
kerak (XI bob). Mahsulot narxi
73 ming so’m desak, iisolimizda foydamiznning hajmi 9 ta
mahsulot ishlab chiqarganimizda eng ko’p bo’ladi.
Bu qoidaga amal qilish ishlab chiqarishni samarali tashkil etilishini, ishlab chiqarish
omillaridan foydalanishda isrofgarchiliklarga, yo’qotishlarga yo’l qo’yilmayotganini ko’rsatadi.
Shunga bog’liq holda pozitiv iqtisodiy nazariyada mehnatni ekspluatatsiya qilish degan
tushuncha yo’q, sababi mehnat bahosi uning evaziga yaratilgan me’yoriy mahsulotdan olingan
daromadga teng. Ekspluatatsiya haqida mehnat bozorida ishga yollovchi ma’lum darajada
monopol mavqega ega bo’lganda gapirish mumkin.
Oxir-oqibat me’yoriy unumdorlik nazariyasi bilan bog’liq ikki holatning ahamiyatini
alohida ta’kidlab o’tish kerak.(111 bob) Birinchidan, ishlab chiqarish omillari bir-birini o’rnini
bosishi sharoitidagina qo’llaniladi. Agarda unday imkoniyat bo’lmasa, ishlab chiqarish
omillarining birontasiga qo’shimcha qilingan xarajat hech qanday natija bermay, behudaga isrof
bo’lishiga olib keladi.
Amalda bir omilning o’rnini ikkinchisi bosa olmaydigan hollar kamdan-kam uchraydi.
Ikkinchidan, bir omilni ikkinchisi bilan almashtirish printsipi, omillarni moslashgan holda
o’zgartirish imkoni bo’lsa, bu printsip, eng avvalo aylanma kapital (xom ashyo, material
kabilar)ga taalluqli, sababi ularni sotib olish muntazam ravishda ko’rib chiqiladi. Mehnatga bu
printsipni ma’lum shart bilan qo’llash mumkin. Sababi tadbirkor jamoa shartnomasi bilan
hisoblashishga majbur. Erga hamda asosiy kapitalga nisbatan ijaraning minimal muddatini
hisobga olgan holdagina qo’llash mumkin.
Firma yaratgan tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul uning pul tushumi (kirimi)
bo’lib, ketgan xarajatlarni qoplaydi va foyda olish imkonini beradi.
Belgilangan miqdorda, hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan
resurslarning ma’lum bir qismini juda tez va oson o’zlashtirish, ikkinchi bir qismi uchun esa
uzoq muddat talab etiladi. Shunga ko’ra xarajatlarni qisqa muddatli xarajatlar hamda uzoq
muddatli davriy xarajatlarga bo’linadi.
Uzoq muddatli davriy xarajatlar o’zgaruvchi quvvatga xos.
Amal qilayotgan firma-korxonalar uchun mavjud resurslar ishlab chiqarish quvvatini ham
o’zgartirish uchun etarli bo’ladi. Uzoq muddatli davriy xarajatlar ishlab chiqarish omillarini
yangilash, o’zgartirish xarajatlarini o’z ichiga oladi. Bular firmaga bino qurish, yangi uskunalar
olish, ishchi-xizmatchilarni o’qitish, malakasini oshirish va boshqa shunga o’xshash
xarajatlardan iborat.
Uzoq muddatli davrda xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga ajratilgan holda
tahlil, asosan, o’rtacha umumiy xarajatlarga qaratiladi. Sababi uzoq muddatli davrda barcha
resurslar, demak, barcha xarajatlar o’zgaruvchan bo’ladi.
Uzoq muddatli davr o’z navbatida tarmoqlarda ma’lum bir firmalarning tashkil
bo’lishiga, boshqa birlarining esa sinib, o’z faoliyatini to’xtashiga olib kelishini ham ko’rsatadi.
Iqtisodiy faoliyat yuritayotgan firma, korxona uchun birinchi navbatdagi masala mavjud quvvati
bo’yicha ishlab bankrot bo’lmaslik.
Bunday qaraganda uning echimi oddiygina foydaga ishlash, hech bo’lmaganda zarar
qilmaslik. Mabodo zarar ko’rilsa, uni qoplash chora-tadbirlarini tezda topish. Lekin erkin raqobat
kurashi sharoitida foyda olib ishlash anchagina murakkab.
Ma’lumki, xaridorni tovarning nafliligi qiziqtirsa, ishlab chiqaruvchini esa unga
ketadigan sarf-xarajatlar qiziqtiradi. Xar ikkisining ham diqqat markazida esa ularning narxi
turadi.
Agar narx o’rtacha iqtisodiy xarajatlarnigina qoplasa, bunda iqtisodiy (sof) foyda 0 ga
teng bo’ladi. U holda ishlab chiqarishni kengaytirib bo’lmaydi. Demak, davriy xarajatlar uchun
mablag’ sarflash imkoni yo’q.
Agar o’rtacha iqtisodiy xarajatlar narxdan past bo’lsa, firma iqtisodiy (sof) foyda oladi.
Ishlab chiqarishni kengaytirish, ya’ni davriy xarajatlar uchun imkoniyat mavjud bo’ladi.
Bordi-yu, narx o’rtacha iqtisodiy xarajatlarni qoplamasa firma zarar ko’radi, bankrot
bo’lib tarqab ketishi mumkin.
Shuning uchun har bir tadbirkor, menejer doimo xarajatlarni narxlarga nisbatan past
bo’lishiga erishish yo’llarini qidiradi.
O’rtacha iqtisodiy xarajatlarni pasaytirishga eng avvalo, qisqa muddatli tashqi
xarajatlarni pasaytirish orqali erishiladi.
Xozirgi paytda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning asosiy qismini
xom ashyo materiallari sarfi egallaydi. 100 dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan
hamma sarf-xarajatlarni AQShda 60%, Yaponiyada 57%, Germaniya, Ang-liyada 54%,
Frantsiyada 52%, Italiyada 49%, Rossiyada 50% dan ortig’ini xom ashyo tashkil etsa, qolganini
mehnat, elektr energiya va yonilg’i, amortizatsiya tashkil etgan. Bizni respublikamizda ham
xarajatlar tarkibi shu ko’rsatkichlardan unchalik katta farq qilmaydi. Lekin bir birlik mahsulot
ishlab chiqarish uchun sarf-langan xom ashyo, mehnat va boshqalar sarfi rivojlangan
mamlakatlarga qaraganda bir necha marta ko’p.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarni,
eng avvalo xom ashyo xarajatlarini pasaytirish zarur.
Xarajatlar korxonaga bog’liq bo’lmagan omillarga qarab ham o’zgaradi. Masalan,
resurslar narxi, xizmatlar haqining o’zgarishi. Tashqi ta’sirni kesish uchun ham korxona, firmaga
bog’liq omillar harakatga kelishi kerak. Bu omillarga birinchi navbatda isrofgarchilikni
kamaytirish, resurslardan tejab-tergab foydalanish kiradi. Xar bir tadbirkor, menejer o’z
bilganicha hamda boshqalarni tajribasidan kelib chiqib ularni yo’llarini qidiradi. Mahsulot ishlab
chiqarish uchun ketadigan xom ashyo, materiallar va bosh-qa sarflarni matematik uslublardan
foydalanib, minimal darajaga keltirish imkoniyatlari katta.
Jahon bozoriga chiqish uchun yaxshi sifatli mahsulot ishlab chiqishning o’zi kamlik
qiladi. Unga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |