Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

 
 
1-§. Tadbirkorlik va uning iqtisodiyot nazariyasida 
talqin etilishi 
 
 Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlikka asoslanadi. Tadbirkorlik (ing. entrepreneur) insonning 
xislati, uning erkin, tavakkal qilib foyda yoki boshqa iqtisodiy naf ko’rish uchun o’z mulkidan 
ham ayrilib qolish xavf-xataridan qo’rqmay faoliyat yuritish, puxta o’ylab, natijasini ko’z 
o’ngiga keltirib ish tutish qobiliyati. Ana shu qobiliyatga ega kishilar tadbirkor deyiladi. 
Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning namoyon bo’lishini g’arbda 
biznes (business — ish, faoliyat, mashg’ulot) deb ataladi. Biznes bilan shug’ullanuvchilarni esa 
biznesmen (business — ish, man — odam) deyiladi. Biznes bilan shug’ullanuvchilarni, ya’ni 
biznesmenlarni harbiy qo’mondon bilan qiyoslash mumkin. U o’z ishini tamal toshini qo’yar 
ekan, uning potentsialini vujudga keltiradi, oldindan strategiyasini ishlab chiqadi, taktikasini 
belgilaydi. 
 Biznesni tashkiliy shaklini g’arbda uchga bo’lishadi: individual (xususiy) korxona, 
sherikchilik, korporatsiya. 
 O’zbek tilida, odatda tadbirkorlik deganda faqatgina insonning qobiliyati emas, balki uni 
namoyon qilish (yuzaga chiqarish), faoliyat yuritishning tashkiliy shakli ham tushuniladi. Lekin 
keyingi paytda biznes so’zi ham tez-tez ishlatilmoqda. 


 
 
 Bizning yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan yana qayta 
jonlandi. Yurtimizda tadbirkorlik uzoq tarixga ega. Bu avvalo, savdogarlik shaklida rivoj topgan. 
Buyuk ipak yo’li savdo-sotiqning o’z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishida nihoyatda katta 
ahamiyatga ega bo’lgan. Qolaversa, islom aqidalari ham tadbirkorlikning rivojlanishida muhim 
rol o’ynagan. Chunki, islom dinida mehnat qilmay topilgan daromadni harom deyiladi. Har bir 
inson, albatta biron faoliyat, ish bilan shug’ullanishi darkor. Buning natijasida turli-tuman 
hunarmandchilik, kulolchilik, temirchilik, tikuvchilik, to’quvchilik, qandolatchilik va hokazolar 
rivojlangan. Bu xususiy tadbirkorlikning naqadar rivojlanganidan darak beradi. Shu bilan birga 
me’morchilik va sug’orish inshootlarining qurilishi o’z navbatida jamoatchilikka asoslangan 
tadbirkorlikni ham rivojlanishiga olib kelgan deya olamiz. Tadbirkorlik tushunchasi XVIII asrga 
xos bo’lib, bu atamani iqtisodiy nazariyaga ingliz iqtisodchisi 
R. Kantilon 
olib kirgan. Uning 
fikricha tadbirkor bu noaniq daromadga ega kishilar (dehqon, hunarmand, savdogar va 
boshqalar). Ular boshqalarning tovarlarini ma’lum narxlarda sotib oladilar. O’z tovarlarini 
qanchaga sotishlari esa noma’lum. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tavakkalchilik 
xatari tadbirkorlikning bosh farqlanuvchi xususiyatidir. 
 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish