Mehnat munosabatlari ish kuchi — mehnat omilidan foydalanish jarayonida
yuzaga chiqadigan munosabatlardir.
U o’z ichiga mehnatdan foydalanish, unga haq to’lash,
mehnatni tashkil etish, bosh-qarish munosabatlarini oladi. Bunda eng asosiy diqqat-e’tiborni
talab etadigan masala mehnatga haq to’lashdir.
Yaratilgan mahsulot to’rt omil — er, kapital, mehnat, tadbirkorlik omillarining natijasi
ekan, ana shu natijadan har bir omilning hissasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa,
mehnat omilining hissasini adolatli aniqlash alohida o’rin tutadi. Sababi, mehnat natijasi
insonning faolligiga bog’liq. U o’z navbatida mehnat motivatsiyasi, mehnatga intilishdan kelib
chiqadi. Mehnatga ishtiyoq (mehnat motivatsiyasi) insonning o’z manfaati yo’lida mehnat
qilishga bo’lgan ichki intilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |