2.Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyot.
Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab
chiqarish omillari va yaratilgan tovarlarning mulk ob’ekti, mulk egalarining esa mustaqil
bo’lishidir.
Xar bir kishi mavjud qonunlarni buzmay xohlagan iqtisodiy faoliyati bilan shug’ullanishi
mumkin. Buning uchun asos mulkchilikning turli-tumanligi va teng huquqligi qonuniy ravishda
ta’minlangan.
3.Bozor iqtisodiyoti yakka hokimlik (monopolizm)ni inkor etuvchi iqtisod.
Iqtisodiy
monopolizm — korporatsiya, firma, tashkilot yoki davlatning iqtisodiyotda yoki biror sohada
tanho hukmronlik qilishidir. Monopolizmning asosi iqtisodiyotda muayyan mulk shaklining
tanho hukmronligidir. Monopoliya o’z tabiatiga ko’ra turg’unlikni paydo qiladi, tashabbusni
chegaralaydi va hokazo. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti monopolizm bilan chiqisha
olmaydi. U antimonopol yo’nalishga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |