Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

Qisqa muddatli davr
- shunday davrki, korxonaning quvvatini 
o’zgartirish uchun (Yangi bino, inshoot qurish, texnika, texnologiyani o’zlashtirish, mutaxassis 
kadrlar tayyorlash) uchun juda qisqalik qiladi. Bunday omillar doimiy deb yuritiladi. Shu Bilan 
birgashunday omillar borki, ularni nisbatan tezda, osongina o’zgartirish mumkin. Ularga ishchi 
kuchi, energiya, xom ashyo kabilar kiradi. Ularni o’zgaruvchi omillar deyiladi.   
 
Uzoq muddatli davr
 deb, ishlab chiqarishning barcha omillarini(doimiy, o’zgaruvchi) 
o’zgartirish uchun etarli bo’lgan vaqtga aytiladi.  
 Qmsqa muddatli davrda firma o’z mahsuloti hajmini faqat o’zgaruvchi omillar evaziga 
o’zgartiradi. Bunda doimimy omillar o’zgarmay qoladi. Bu davr mahsulot ishlab chiqarish 
dinamikasi me’yoriy unumdorlikni pasayishi qonunini amal qilishiga ko’ra aniqlanadi.  
  
Ishlab chiqarish omiliga talab shu omil tufayli olingan me’yoriy mahsulotga 
bog’liq. Masalan, to’qimachilik tsexi bo’lib, ma’lum texnologiya bo’yicha bir to’quvchi o’nta 
to’quv dastgohini boshqa-radi deylik, biz to’quvchilar sonini o’zgartirmay dastgohlar so- 
nini ko’paytirishimiz mumkin. Albatta, dastgohlarni ko’payishi mahsulot ishlab chiqarishni 
ko’payishiga olib keladi. Lekin to’quvchi 12 dastgohni 10 ta dastgohga o’xshab yaxshi boshqara 
olmaydi. 15 tasini 12 taga o’xshab. Buning natijasida mahsulotning miqdori umuman o’sishiga 
qaramay, har bir qo’shimcha stanokda chiqarilgan mahsulot avvalgisiga qaraganda kam bo’ladi. 
Bu misolimiz bo’yicha teskari vaziyatni ham ko’rishimiz mumkin. Dastgohlarni ko’paytirmay, 
to’quvchilar sonini ko’paytiraylik. U holda har bir to’quvchi kamroq dastgohni boshqaradi. U 
albatta 9 dastgohni 10 taga qaraganda yaxshi, 8 tasini undan ham yaxshiroq boshqaradi. Lekin 
dast-gohlarni unumdorligi cheklangan, shuning uchun har bir to’quvchi ishlab chiqargan 
mahsulot miqdori kamayib boradi. 
 Bu misol bizni muhim xulosaga olib keladi: bilim va texnikaning ma’lum bir erishilgan 
darajasida ishlab chiqarishning bosh omillari o’zgarmagani holda bir omilni o’sib borishi shu 
omil olib keladigan unumning ma’lum bir me’yoridan so’ng pasayib borishini ko’rsatadi. Ana 
shu bog’lanish me’yoriy unumdorlikni (daromadni) pasayishi qonunini ifodalaydi. 
 Bir omilning o’zgarishi va qolganlarini o’zgarmagani holda ma’lum chegaradan so’ng 
har bir qo’shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq unum (daromad) olib kelishi 
me’yoriy unumdorlikni (daromadni) pasayish qonuni deb ataladi. 
 Uni chizmada tasvirlasak, quyidagicha ifodalash mumkin:  


 
 
 
  
Chizma bir omil o’z-
garuvchi 
(misolimizda 
mehnat), ikkinchisi — 
o’zgarmas (kapital 
misolimizda stanok) 
vaziyatda qanday hol 
ro’y berishi 
mumkinligini 
ko’rsatadi. Avvalgi 
me’yoriy 
(qo’shimcha) 
mahsulot birmuncha 
ko’payadi. Lekin 
to’quvchilar soni ortib 
borishi bilan 
(stanoklar soni 
o’zgarmagan holda) 
me’yoriy mahsulot 
kamayishni 
boshlaydi, chunki to’quvchini ko’payishi ular xizmat qilayotgan stanoklarni sonini kamayishiga 
olib keladi. To’quvchilarni yollash ma’lum chegaragacha davom etadi. Bu chegara qaerda? Bu 
chegara mehnatning bozor bahosi, ya’ni ish haqiga teng bo’ladi. Ana shu ish haqi darajasi 
tadbirkorga qo’shimcha ish kuchi yollash kerakmi yoki yo’qligini ko’rsatadi. Bu ish haqi 
me’yoriy mahsulotning puldagi ifodasiga teng bo’ladi. 
 Agarda to’quvchining oylik ish haqi 70 ming so’m desak, misolimiz bo’yicha 10- 
to’quvchi yaratgan me’yoriy mahsulot ish haqiga teng. Uni chizmada ajratib ko’rsatilgan. 11- 
to’quvchidan boshlab me’yoriy mahsulot ish haqidan kamayib 60 ming, 50 ming so’m va ho-
kazoni tashkil etadi. Natijada mahsulot ishlab chiqarishni 950ming so’mdan ko’paytiradigan 
bo’lsak, borgan sari foyda kamayib, oxir-oqibat zarar keltirishi mumkin. Vaholanki yuzaki 
qarasak, qancha ko’p mahsulot ishlab chiqarsak, shuncha ko’p foyda oladigandek edik. Sababi 
qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun me’yoriy xarajatlarning o’sishi o’rtacha xarajatlarni 
ham o’sishiga olib keladi (12 - bobga qarang). 
 Bizni misolimizda me’yoriy xarajat to’quvchiga berilayotgan ish haqi, me’yoriy daromad 
bu qo’shimcha mehnat birligi evaziga yaratilgan pul shaklidagi me’yoriy mahsulot. Muvozanat 
pul shaklidagi me’yoriy mahsulotni ish haqiga teng bo’lganida ro’y beradi. Mukammal raqobat 
kurashi sharoitida yollangan ishchiga to’lanadigan ish haqi sotib olingan resurslar uchun qilingan 
me’yoriy xarajatlarga teng. Shuning uchun uni MRC=MRP tarzida yozishimiz mumkin. 
 Bu erda: MRC — resurslar uchun me’yoriy xarajatlar  
 
 (marginal 
resource 
costs); 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
    500 
   
 
 
   380 
610 
  
 
 
  270 
710 
 
 
   170 
800 
 
        MRP1
0
=950-880=70 ming 
so’m 
 
        MRP=MRC=W=70 ming 
so’m 
 

80 
880 
     
950 
    
1010  
 
 
1060  
 
1100  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
80
-0
=8

170-
80
=9

270-
170
=100
 
380-
270
=90
 
500-
380
=120
 
610-
500
=110
 
710-
610
=100
 
800-
710
=90
 
880-
800
=80
 
 
1010
-95
0=
60
 
10
60-
101
0=
50
 
11
00-
106
0=
40
 
 
    0        1       2        3       4        5       6        7       8       9       10       11      12      13 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mehnat L (labor) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


  
 
 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
K 6 3 2 1 
L 1 2 3 6 
 
 MRP — me’yoriy mahsulot pul shaklida (marginal rutnie  
  
 produst).  
 Me’yoriy  unumdorlikni  pasayishi qonuni qisqa muddatli davrda :  
1.
 
Ishlab chiqarishning ma’lum bir omili o’zgarmay qolganda;  
2.
 
Omillar o’rtasidagi samarali nisbat buzilganda;  
3.
 
Fan-texnika taraqqiyoti yuz bermay, yangi ixtirolar qilinmasa yoki ixtirolar ishlab 
chiqarishga joriy qilinmasa amal qiladi.  
  
Bir omil o’zgarib, boshqa omillar o’zgarmaganda olingan qo’shimcha mahsulot 
shu ishlab chiqarish omili uchun me’yoriy mahsulot (marginal product MP) bo’ladi. 
  
 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish