Sun’iy monopoliyalar.
Shartli ravishda tabiiy monopoliyadan ajratish uchun shunday
nomlanadi. Bu monopolistik manfaatni ko’zlab, korxonalarning birlashuvidan iborat. Bu
monopoliyalar bozor tarkibini ataylab o’zgartiradilar:
— yangi firmalarning bozorga kirishiga to’sqinlik qiladilar;
— autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxona)lar uchun arzon xom ashyo,
energiya manbalaridan foydalanishni cheklaydilar;
— yuqori darajadagi (yangi firmalarga nisbatan) texnologiya yaratadilar;
— katta kapital sarflab, ishlab chiqarish miqyosini ko’paytirish imkoniga ega bo’ladilar;
— yaxshi yo’lga qo’yilgan reklamalar yordamida yangi firmalarni molini kasodga
uchratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |