chiziqlar izokostlar (isokost curve) deb ataladi. U tadbirkorning byudjeti cheklanganligi
chizig’ini ko’rsatadi.
Avval ko’rsatganimizdek, kapital birligining narxi 3000 dollar, mehnat 2000 dollar
bo’lsin. Agar tadbirkorning puli atigi 6000 dollar bo’lsa, u shu puliga 2
birlik kapital sotib olishi
mumkin. Yoki faqat mehnatga sarflasa, 3 kishini ishga yollashi mumkin. U holda ordinata o’qiga
kapital, abstsissa o’qiga mehnatni joylashtirib grafikda tasvirlasak, quyidagi ko’-rinishda bo’ladi.
Tadbirkor mablag’ini faqat kapital yoki faqat mehnatga sarflanishi mumkin bo’lgan
nuqtalarni birlashtirsak, 6000 dollarlik izokostning to’g’ri chizig’i kelib chiqadi. Shu to’g’ri
chiziqdagi har bir nuqta K va L ning turli nisbatdagi birlashuvini, lekin umumiy xarajatlar 6000
dollardan oshmasligini ko’rsatadi. Endi tadbirkorning puli 9000 dollar, 12000 dollar va hokazo
deb, yana avvalgicha nuqtalarni topib to’g’ri chiziq o’tkazib, har biri uchun alohida izokost
chizig’ini topamiz.
Biz alohida-alohida bir xil hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun omillarning turlicha
birlashuvini hamda teng xarajatlar asosida omillar miqdorini o’zgarishini ko’rib chiqdik. Endi
ana shu har ikki grafikni bitta qilib tasvirlaymiz.
Xamma
nuqtalarni, ya’ni teng mahsulot miqdori bilan teng xarajatlar chiziqlarini qarab
chiqsak, ular S nuqtada bir-biriga urinib o’tar ekan (lekin kesishmaydi). Aynan ana shu teng
xarajatlar chizig’iga, teng mahsulot egri chizig’i urinib o’tgan nuqta ishlab chiqarish
xarajatlarining minimal darajasini ko’rsatadi. Bizni misolimizda kapital 3000 dollar, mehnat
2000 dollar. Tadbirkor mablag’ini 2 birlik kapital va 3 birlik mehnatga sarflasa, omillarning eng
optimal darajada birlashuvini ta’minlagan bo’lar ekan. Befarqlik egri chizig’i bilan izokost —
xarajatlar tengligi to’g’-ri chizig’i S nuqtada urindi. U (2·3K) doll)+(3·2L)=12000 dollarni
tashkil etadi. Demak, tadbirkor 12000 dollar mablag’ sarflab, uni 2 birlik kapitalga sarflab 3
kishini
ishga yollasa, eng maqbul darajada omillarni birlashuvini ta’minlab, minimal darajada
xarajat qilishga erishar ekan. Omillarning bundan boshqa har qanday nisbatda birlashuvi unga
qimmatga tushadi.
Masalan, 3K va 2L yoki 6K va 1L.
Befarqlik egri chizig’i kontseptsiyasi italiyalik olim V. Pareto tomonidan XX asr
boshlarida ishlab chiqilib, keyinchalik 1930 yili ingliz olimi D. R. Xiks tomonidan
chuqurlashtirilgan.
Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishda vaqt muhim rol o’ynaydi. Odatda, qisqa muddatli davr
(bunda ishlab chiqarish quvvati o’zgarmay qoladi) va uzoq muddatli davr (bunda ishlab
chiqarishning barcha omillarini o’zgarishi uchun etarli bo’lgan vaqt) nazarda tutiladi.
Amerikalik iqtisodchilar Duglas va Solou 20- yillar (XX asr)
dan ishlab chiqarishni
statistik jihatdan tadqiq qilib, 100 yil davomida qanday o’zgarganini o’rganib, ishlab chiqarish
kapital va mehnat omillari mahsulot ishlab chiqarilishining o’sishiga qanday ta’sir ko’rsatishini
aniqlashdi.
Ular mehnatni 1% o’sishi mahsulotni umumiy o’sishini 3/4 qismini tashkil etsa,
kapitalning o’sishi 1/4 qismini tashkil etishini aniqlashdi.
Bu xulosa butun jamiyatga taalluqli bo’lgani uchun, bu indekslarni (3/4 va 1/4) agregat
indekslari deb ataldi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi
bog’lanish Duglas va Solouning ishlab chiqarish agregat funktsiyasi deb ataladigan bo’ldi.
Shunday qilib, Duglas va Solou xulosalari asosida iqtisodiy rivojlantirishning retsepti taklif
etildi: «insoniy kapitalga» ko’proq mablag’ sarflash kerak, chunki mehnat ishlab chiqarish
hajmini ko’paytirish, o’stirishda ishlab chiqarish vositalari (kapital)ni o’stirishga qaraganda
ko’proq samara beradi.
Shuning uchun iqtisodiy fanlar sohasining olimlari mehnat
unumini oshirishning yangi
yo’llarini qidirishga kirishib ketdilar. (Ma’lumki, mehnat unumdorligi vaqt birligida ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori bilan o’lchanadi.) Shunday qilib, insoniy munosabatlar, sotsial
sherikchilik nazariyasi va hokazolar vujudga keldiki, bu nazariyalar, eng avvalo har bir insonni
ishlab chiqarish natijalari qanday bo’lishiga qiziqishini, diqqat-e’tiborini qaratishni ta’minlashga
qaratilgan. Bu degani ishlab chiqarish faqat mehnatdan yaxshi foydalanish evaziga ko’payadi