Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


-§. Bozor iqtisodiyotiga o’tish umumiqtisodiy jarayon



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

1-§. Bozor iqtisodiyotiga o’tish umumiqtisodiy jarayon 
 
 Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti tovar xo’jaligi bag’rida bozor iqtisodiyoti vujudga 
kelib, borgan sari rivojlanib borishini ko’rsatdi. XVII—XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy 
mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o’tdi. Iqtisodiyotda unga xos bo’lgan tub belgilar 
sekin-asta shakllanib, pirovard natijada qator afzalliklar hamda ayrim kamchiliklar bo’lgan 
hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topdi. 
 Dastlab, yakka xususiy mulk monopoliyasi hukmron bo’lib, kapitalistik jamiyatga xos 
ziddiyatlar kuchaygan XIX asr o’rtalarida marksistik g’oya vujudga keldi. Bu g’oyaga binoan 
jamiyat a’zolarining farovon yashashi, adolat o’rnatilishi uchun adolatsizlikning bosh manbai — 
xususiy mulkchilik yo’qotilishi lozim edi. Shu g’oyaga binoan sobiq Ittifoq va boshqa ayrim 
mamlakatlarda xo’jalik yuritishning alternativ varianti tarzida ma’muriy-buyruqbozlik, markaziy 
rejalashtirishga asoslangan xo’jalik yuritish vujudga keldi. 
 Bu xo’jalik yuritish shaklida: 
 a) xususiy mulkchilikni yo’qotish; 
 b) bozor — tovar — pul munosabatlarini tugatish
 
v) ne’matlar va resurslarni taqsimlashning bozor mexanizmi o’rniga ijtimoiy 
mulkchilikka asoslangan davlat taqsimoti va nazoratini o’rnatish; 
 g) har bir kishining yaratilgan ne’matlardagi ulushini qilgan mehnatiga qarab belgilash, 
mehnat miqdorini esa ish vaqti asosida aniqlash ko’zda tutildi. 
 
Tarixiy paradoks shundaki, marksizmning asosiy kontseptsiya- 
si — insonni nurli kelajakka olib borishning nazariy jihatdan ilgari surilgan g’oyasi bilan tarixiy 
tajribada erishilgan natija keskin farq qildi. Tarixiy tajriba ijtimoiy mulkchilikka bir markazdan, 
reja asosida boshqarishga asoslangan iqtisodiyot sarob ekanligini ko’rsatdi. Shunday bo’lishi 
muqarrar edi. Sababi, xususiy mulkchilikka barham berib, ijtimoiy, ya’ni davlat mulki 
monopoliyasini o’rnatilishi bozor munosabatlarini cheklash, monopolizmni vujudga keltirish va 
bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’lgan raqobatni yo’qolishiga olib keladi. 
 Bozor iqtisodiyotida yuqori darajada bajarilgan ishni rag’batlantirish mehnat bozoridagi 
raqobat orqali hal etiladi. Aynan mehnat bozoridagi raqobat mehnatning yuqori unumdorligi va 
ish sifatini ta’minlaydi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat esa xarajatlarni pasaytirish, 
mahsulot sifatini yaxshilashga olib keladi. Narxlarning erkinligi esa zarur tovar va xizmatlar 
mo’l-ko’lligini ta’minlaydi. 
 
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan xo’jalik yuritishda ish 
 
haqi markazlashgan tarzda stavkalar asosida reja bo’yicha belgilangan. 
 Iqtisodiy rag’batlantirishdan ko’ra mehnatga majbur qilish ko’proq rol o’ynagan. 
 Korxonalarda mablag’larni muqobil ishlatishning iloji yo’q, chunki butun faoliyat rejadan 
chiqmasligi kerak edi. 
 Zarar keltiradigan korxonalarning bankrot bo’lish xavfi yo’qligi ularning samarali ishlash 
zaruratini yo’qqa chiqardi. Zarar keltiradigan korxonalar dotatsiya olar, foyda keltiradiganlar 


 
 
mablag’i byudjetga o’tkazilardi. Foydaning rag’batlantiruvchi roli yo’qqa chiqarildi. Asosiy 
maqsad direktiv reja topshiriqlarini bajarishga qaratildi. Xar bir korxonaning ish faoliyatiga 
rejani bajarishga qarab baho berildi. 
 Belgilangan narxlarning qat’iyligi ham samarasiz xarajatlar ko’payishiga olib keldi. 
Ikkinchi tomondan, taqchillikning asosiy sabablaridan biriga aylandi. 
  Bozor iqtisodiyoti esa demokratiyaga asoslangan. Iqtisodiy demokratiyaning asosiy 
bozor. U iqtisodiyotdan tortib jamiyat hayotining siyosiy, huquqiy-ma’naviy tomonlarigacha 
demokratlashuviga olib keladi. 
 Bozor munosabatlari tizimida shunday rag’batlantiruvchi kuch jamlanganki, u muttasil 
iqtisodiy o’sish va sotsial rivojlanishni ta’minlaydi. 
 Bozor tizimining afzalligini Tailand, Taybey, Janubiy Koreya, Singapur kabi Osiyo 
mamlakatlari ham namoyish etdi. Xozirgi paytda Xitoy, Sharqiy Germaniya (sobiq GDR), 
Vetnam ham uning ustunligini ko’rsatmoqda. 
 Bozor iqtisodiyotiga o’tish tarixiy ob’ektiv zarurat bo’lib, kelajakda ravnaq topishning, 
oqilona xo’jalik yuritishga erishishning yagona yo’li sifatida O’zbekiston ham bozor 
iqtisodiyotiga o’tish yo’lini tanladi. 
 


 
 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish