1-§. Xo’jalik yuritishning asosiy shakllari
Kishilik jamiyatining rivojlanishiga tarixan nazar tashlasak, ijtimoiy xo’jalik yuritishning
ikki asosiy — natural va tovar xo’jaligi shakli mavjudligini ko’ramiz.
Tarixiy xo’jalik yuritish taraqqiyoti bosqichlari ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha,
buyuk texnik inqiloblar bilan farq-lanadi. Buning natijasida mehnat vositalari tubdan o’zgaradi,
ijtimoiy mehnat taqsimotida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi, yangi tarmoqlar vujudga keladi. U
o’z navbatida muhim sotsial-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi, odamlarning ehtiyojlari va ularni
qondirish usullari o’zgaradi.
Dastlab ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqarish bo’lmagan. Asosan, tabiatda bor
narsalarni yig’ib kun ko’rishgan. Ovchilikda juda oddiy qurollar — tosh, tayoq, suyaklardan
foydalanilgan.
Tabiatning tayyor ne’matlarini iste’mol qilish, «agrar inqi-lob» deb atalgan ikki buyuk
kashfiyot — dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishiga olib kelgan. Natijada uzluksiz
ishlab chiqarishga asos solingan. Bu bilan kishilik jamiyatining iqtisodiy tarixida eng uzoq
davom etgan bosqichiga qadam qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |