Ierarxik tartib asosida boshqarishda
davlat asosiy rol o’ynaydi. Ishlab chiqarish,
taqsimot, ayirboshlash va iste’mol bo’yicha barcha qarorlar davlat tomonidan qabul qilinadi,
muammo va masalalar ham davlat tomonidan echiladi.
Axborot olish
buyruq
va
topshiriqlar
asosida yo’lga qo’yiladi. Bu yuqoridan pastga
qarab, ierarxik tartib asosida olib boriladi. Ierarxiya odatda boshliq hokimligiga tayanadi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizmda ierarxik tartib muhim rol o’ynagan. Ierarxik
boshqarishning o’ziga xos shakli ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, markazdan rejalashtirish
asosida boshqariladigan iqtisod bo’lib, korxonalar asosan davlat mulki bo’lib, xo’jalikni
boshqarish ierarxik tarzda olib borilgan. Axborot olish buyruq va topshiriqlar asosida yo’lga
qo’yilgan. Nima, qancha, qanday, kimga savollari davlat tomonidan Davlat reja qo’mitasi hamda
yuqori partiya idoralari orqali hal qilingan.
Iqtisodiyotni
Do'stlaringiz bilan baham: |