Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


 Sintetik va analitik (tahliliy) hisob



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

4.3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli tuman 
bo‘lib, ularni to‘liqligini nazorat qilish buxgalteriya hisobi zimmasidadir. 
Mablag‘larni turlari bo‘yicha hisobga olishda buxgalteriya hisobi schyotlaridan 
foydalaniladi. Har bir schyot bir turli mablag‘lar harakatini hisobga olish uchun 
belgilangandir. 
Masalan: «Kassa» schyotida faqat kassadagi pul mablag‘larining kirim-chiqimi 
hisob-kitob qilinadi va bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi. 
Demak, schyotlar yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi 
mablag‘lar harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat ishlarida mablag‘lar 
harakati o‘lchov birliklari bo‘yicha va pul ifodasida olib boriladi. 
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larini to‘liqligini, undan 
samarali foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik hisob 
schyotlaridan foydalanadi. Sintetik schyotlar deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini va 
ular tashkil topish manbalari holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib, pul 
o‘lchov biriligida aks ettiriladigan schyotlar tizimiga aytiladi. Sintetik schyotlar 
orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi. 
Analitik (tahliliy) hisob schyotlari esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
manbalari haqidagi ma’lumotlarni alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar orqali 
ifodalaydi. Ya’ni, sintetik schyotlardagi yozuvlarni turlari bo‘yicha tarkibiy 
qismlarga bo‘lib o‘rganuvchi schyotlar analitik schyotlar deb aytiladi.
Analitik hisob schyotlari miqdori u qo‘llanayotgan korxona, tashkilot va 
muassasaning iqtisodiyotning qaysi tarmog‘ida ekanligi, ularning faoliyati katta yoki 
kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi misollar orqali sintetik va analitik schyotlarni 
bir-biridan farqi va shu bilan birga ularni o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib o‘tamiz. 
Misol uchun “Yoqilg‘ilar schyoti”ni olaylik: 
Boshlang‘ich qoldig‘i 5000000 so‘m, oy davomida kirimga qabul qilingan 
yoqilg‘ilar summasi 1456000 so‘m; 
Misolimizdan ko‘rinib turibdiki, kirimga qabul qilingan yoqilg‘ilar summasi 
pulda ifodalangan, lekin “Yoqilg‘ilar” schyotida uning miqdori, assortimenti, bir 
birlik mahsulot bahosi ko‘rsatilmadi. Chunki, yuqorida sintetik schyotlarda 
mablag‘lar harakati faqat pulda hisobga olinishini ta’kidlagan edik. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mablag‘larning har bir turining 


61 
harakati alohida o‘rganilishi lozim, chunki ularni harakatini to‘g‘ri tashkil qilish 
birinchidan, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘lsa, ikkinchidan ularning 
turlari bo‘yicha mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish uchun etarli ma’lumot 
olishdir. 
Analitik hisob yordamida mol-mulk va ularning manbalari turlari bo‘yicha 
o‘rganish uchun asos yaratiladi. Analitik hisob mahsulot turlari bo‘yicha alohida-
alohida yuritiladi va buning uchun maxsus analitik kartochkalardan foydalaniladi. 
Analitik kartochkaning tuzilishini yuqoridagi misol shartlaridan foydalanib 
quyidagicha ko‘rinishdagi jadvalni keltiramiz: 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish