8-jadval
Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi
№
Schyotlar turkumlanishi
xususiyatlari
Xususiyatlardan kelib chiqqan holda
schyotlar tarkibi
1.
Schyotlarning tuzilishiga
ko‘ra
Doimiy schyotlar
Aktiv (A)
Passiv (P)
Vaqtinchalik
schyotlar
Tranzit schyotlar (T)
Balansdan tashqari schyotlar (BT)
2.
Ko‘rsatkichlarni aks
ettirilishiga ko‘ra
Sintetik schyotlar
Analitik schyotlar
3.
Balansda aks ettirilishiga
ko‘ra
Balans schyotlari
Balansdan tashqari schyotlar (BT)
4.
Tayinlanish– mo‘ljaliga
ko‘ra
Asosiy schyotlar
Aktiv schyot (A)
Passiv schyot (P)
Tartibga soluvchi
schyotlar
Kontr-aktiv (KA)
Kontr-passiv (KP)
To‘ldiruvchi schyotlar
Taqsimlovchi
schyotlar
Yig‘ib taqsimlovchi
Hisobot davrlari bo‘yicha
taqsimlovchi
Kalkulyatsiya schyotlari
Taqqoslovchi schyotlar
Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya
balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir.
Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib,
unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish esa
kredit bo‘yicha aks ettiriladi.
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan
schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining
krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan aktiv schyotning
saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi
schyotdir.
56
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan passiv schyotning
saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof
qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga
qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular
bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin
vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar
va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlardir. Bu
schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va korxonaning hisobotida aks
ettirilmaydi.
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va
qiymat ko‘rinishidagi ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo‘ljallangan.
Analitik schyotlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini
nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchovi birliklarida yuritishga
mo‘ljallangandir. Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga
oshirilmaydi.
Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan
foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari
hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.
To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari
hisobini yuritishga
mo‘ljallangan schyot
ma’lumotlarini to‘ldirish uchun
mo‘ljallangan.
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba’zi bir xarajatlarini
hisobga olish va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davrlari o‘rtasida to‘g‘ri
taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma’lum xo‘jalik jarayonidagi
xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy mazmuniga
qarab, guruxlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida oldindan qabul
qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.
Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar,
bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini
yuritishga mo‘ljallangan.
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Xo‘jalik mablag‘lari turi va joylanishini ko‘rsatuvchi aktiv schyotlarning
xususiyati shundaki, mablag‘larning ko‘payishi debet, mablag‘larning kamayishi esa
schyotning kredit tomonida aks ettiriladi.
Aktiv schyot xususiyatini quyidagi chizmada yaqqol ko‘rishimiz mumkin:
57
Do'stlaringiz bilan baham: |