56-jadval
Ta’sischilarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
266
№
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Debet
Kredit
1
Aktsiyadorlarga dividendlar hisoblandi
8710
6610
2
Dividend to‘lash manbaida daromad solig‘i
hisoblandi
6610
6410
3
Hisoblangan dividendlar to‘landi
6610
5010-
5530
4
Chiqib
ketayotgan
ta’sischilarga
ulushlari
bo‘yicha qarzlar hisoblandi
8330, 8610,
8620
6620
5
Chiqib
ketayotgan
ta’sischilarga
ulushlari
bo‘yicha qarzlar to‘landi
6620
5010-
5530
14.6. Kapital qo‘yilmalar hisobi
Kapital qo‘yilmalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish faoliyatining
o‘ziga xos bir shaklidir, u asbob-uskunalarni zamonaviylashtirish, ishlab chiqarish
obyektlari va bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan obyektlarni qayta
qurish, ta’mirlash va asosiy ishlab chiqarish vositalarini kengaytirilgan holda qayta
ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Kapital qo‘yilmalar asosiy vositalarni, takror ishlab chiqarishni kengaytirish
hamda ularning sifat tarkibini yaxshilash xarajatlarining majmuidir. Kapital
qo‘yilmalar hajmi ishlab turgan korxonalarni qurish, kengaytirish, texnik qayta
jihozlash va quvvatlarni saqlash, shuningdek, ishlab chiqarish va ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan uskuna, transport vositalari va asosiy vositalarning boshqa obyektlarini
xarid qilishga mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga qilingan
xarajatlarning umumiy summasiga ko‘ra belgilanadi.
Kapital sarmoyaning manbalari bir nechta bo'lib, kapital investorlarni,
banklarni, moliyaviy institutlarni qamrab olishi mumkin.
53
Kapital mablag‘lar hajmiga quyidagi sohalarga yo‘naltirilgan xarajatlar kiradi:
qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geologiya-razvedka, burg‘ulash va boshqa
ishlarga qilingan xarajatlar;
ishlab turgan korxonalarni tiklash, texnik qayta jihozlash va texnika
vositalarning quvvatini kengaytirishga qilingan xarajatlar;
mashina va uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, transport
vositalari va asosiy vositalarning boshqa obyektlarini sotib olishga ketgan xarajatlar;
korxona, tashkilot va muassasalar uchun yangi obyektlar qurishga ketgan
xarajatlar;
boshqa shu turdagi xarajatlar.
Kapital qo‘yilmalarni buxgalteriyada hisobga olishda «Asosiy vositalar» nomli
5-son BHMS va «Kapital qurilish uchun pudrat shartnomalari» nomli 17-son
BHMSdan foydalaniladi.
Kapital qo‘yilmalar va u bilan bog‘liq barcha xarajatlarni buyurtmachi, ya’ni
o‘zi uchun qurag‘tgan va shu qurilishni mablag‘ bilan ta’minlag‘tgan korxona
hisobga olib boradi. Yangi korxona qurilag‘tganida qurilag‘tgan korxonaning
ma’muriyati ana shunday tashkilot bo‘ladi, amalda ishlab turganida esa – kapital
53
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 753-page, 2014
267
qurilish bo‘limi orqali ish tutag‘tgan korxonaning o‘zi ana shunday tashkilot bo‘ladi.
Kapital qo‘yilmalarning hisobi amaldagi xarajatlar va smeta qiymati bo‘yicha
ularning turlari asosida asosida umuman qurilish bo‘yicha ham, ayrim obyektlar
bo‘yicha ham, qurilish boshlangan yildan e’tiboran o‘sib boruvchi yakunlar bilan
obyektlar ishga tushirilguniga qadar yoki tegishli ishlarning to‘la-to‘kis bajarilib,
xarajatlarning hisobdan chiqarilgunigacha yuritiladi.
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlarning analitik hisobi 18-«Kapital mablag‘
xarajatlari» qaydnomasida yuritiladi. Mazkur qaydnoma yil choragi, yarim yil yoki
yil uchun uchun ochiladi. Qaydnomaga barcha hisobvaraqlarni qo‘shish, ishlab
chiqarishga tegishli va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan obyektlar bo‘yicha
xarajatlarni alohida ajratib ko‘rsatish, bular ichida esa yangi qurilishni,
kengaytirishni, tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashni alohida ajratib ko‘rsatish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ularning amalga oshirilishi va tannarxini hisoblash bilan bog‘liq
muomalalarning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi 21-son BHMS
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi
schyotlari rejasi va ularni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq quyidagi
schyotlarda amalga oshiriladi:
0810- “Tugallanmagan qurilish”;
0820- “Asosiy vositalarni xarid qilish”;
0830- “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”;
0840- “Asosiy podani tashkil qilish”;
0850- “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar”;
0860- “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital
qo‘yilmalar”;
0890- “Boshqa kapital qo‘yilmalar”.
Analitik hisob har bir kapital qo‘yilma, xo‘jalik shartnomasi va xarajat
elementlari bo‘yicha tashkil qilinadi. Aytib o‘tilgan obyektlar foydalanishga qabul
qilingach ularning balans qiymati 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi
schyotlar” va 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar”da hisobga
olinadi.
Qurilishga mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalarning buxgalteriya hisobini tashkil
qilishning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik usulida
amalga oshirilishdan qat’iy nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-
kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish,
uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar
hisobga olinadi.
Faoliyati qurilish va qurilish tashkilotlari hisoblangan qo‘shma korxonalarda
ishlarini bajarilishida xarajatlar hisobini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi
Adliya Vazirligida 1999 yil 23 dekabrda 579 son bilan ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston
Respublikasi Buxgalteriya hisobining “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari”
nomli №17sonli milliy standarti, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 oktabrdagi
444-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va
sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
268
to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Qurilish-montaj ishlari tannarxi iqtisodiy kategoriya bo‘lib, qurilish
tashkilotlari ishlab chiqarishida va buyurtmachiga obyektni topshirishda aks ettiriladi.
Pudrat shartnomasi bo‘yicha xarajatlarga qo‘yidagilar kiradi:
- ushbu pudrat shartnomasi bilan bog‘liq bo‘lgan, xarajatlar tarkibidagi Nizom
asosida bevosita xarajatlar;
- pudrat shartnomasi bo‘yicha umumiy qurilish faoliyatiga tegishli bo‘lgan va
pudrat shartnomalari bo‘yicha taqsimlanishi va shartnoma bahosiga ko‘shilishi
mumkin bo‘lgan, xarajatlar tarkibi haqidagi Nizom asosida bilvosita xarajatlar;
- qurilish pudrati shartnomalari shartlari bo‘yicha buyurtmachi tomonidan
qoplanadigan boshqa xarajatlar. Shartnoma shartlarida ular bo‘yicha xarajatlarning
qoplanishi aytib o‘tilgan. Misol uchun: tajriba - konstruktorlik ishlariga xarajatlar.
Pudrat shartnomasi bo‘yicha faoliyatga kiritilmaydigan va taqsimlanmaydigan
xarajatlar qurilish pudrat shartnomasi buyicha xarajatlardan chiqarib yuboriladi.
Qurilishning pudrat usulida qurilish ishlarining butun bosqichini qurilish
pudrati shartnomasi tuziladigan pudrat tashkiloti bajaradi. Mazkur shartnoma
pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘iga ko‘ra
muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini olishini,
buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratish, uni
qabul qilish va shartlashilgan narxni to‘lash majburiyatini olishini nazarda tutadi.
Qurilishning xo‘jalik usuli quruvchining o‘z kuchi bilan, pudrat tashkilotlari
jalb etilmay bajariladigan qurilish-montaj ishlarini tashkil etish shaklidir. Ya’ni
xo‘jalik usulida qurilish-montaj ishlari buyurtmachisi va bajaruvchisi birgina yuridik
shaxs hisoblanadi. Yangi qurilish, faoliyat yurituvchi obyektlarni kengaytirish,
rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiyalash
xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Asosiy vositalar obyektlarini qurish va ularni foydalanishga topshirish bo‘yicha
umumiy buxgalteriya o‘tkazmalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |