Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


homiladorlik va tug‘ish ta’tillari



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

homiladorlik va tug‘ish ta’tillari
berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa 
to‘lanishi nazarda tutiladi.
Nafaqa ayollarga ish joyi bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida tayinlanadi va to‘lanadi. Homiladorlik va 
tug‘ish ta’tili summasi hisoblanib, ayolga tuqquniga qadar haqiqatda foydalanilgan 
kunlar sonidan qat’i nazar to‘liq beriladi. 
Misol.
Korxona xodimi 1 fevraldan 126 kunlik muddatga tug‘ishgacha va 
tug‘ishdan keyingi ta’tilga chiqish haqida kasallik varaqasini taqdim etdi. Yanvardagi 
ish haqi 1360 000 so‘mni, mukofot 540 000 so‘mni tashkil etdi (hisob-kitob davrida 
boshqa mukofot to‘lovlari amalga oshirilmagan). 
Nafaqa hisob-kitobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1. O‘rtacha oylik ish haqi belgilanadi 1360000+540000/12 = 1405000 so‘m. 
2. To‘liq 4 oy va iyun oyidagi 4 ish quni uchun haq to‘lanadi: fevral, mart, 
aprel, may uchun nafaqa 5 620 000 so‘m (1405000 x 4), iyun uchun – 1405000/20 x 
4 = 281000 so‘mni (20 iyun oyidagi ish kunlari soni) tashkil etadi. 
Jami nafaqa miqdori 5901000 so‘mni tashkil etadi (5620000 + 281000). 
Nafaqaning bu turi bo‘yicha soliqlar va ijtimoiy to‘lovlar ushlanmaydi.
 
12.6. Jismoniy shaxslarning ish haqidan ushlanmalari hisobi 
O‘zR Soliq Kodeksining 30-bobida “Jismoniy shaxslarning jami daromadi” 
tarkibi bayon qilingan. 
Jismoniy shaxslarning jami daromadiga quyidagilar kiradi: 
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar; 
2) mulkiy daromadlar; 
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 
4) boshqa daromadlar.
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat 
shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga 
hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar 
mehnatga haq to‘lash tarzidagi 
daromadlar
deb e’tirof etiladi. 
Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
1) yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofot;
2) yuridik shaxsning mukofotlash to‘g‘risidagi qoidasida nazarda tutilgan 
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar; 
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga 
ustamalar; 
4) ta’tilga qo‘shimcha haqlar hamda Kodeks 178-moddasining 16-bandida 
nazarda tutilmagan moddiy yordam; 


206 
5) ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar; 
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun to‘lov. 
7) mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan mukofotlar. 
Kompensatsiya to‘lovlari:
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan bog‘liq 
qo‘shimcha to‘lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog‘li, cho‘l va suvsiz 
hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha to‘lovlar);
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 
kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida 
ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji 
uchun ish haqiga ustamalar;
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan 
tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik 
uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar; 
4) ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda 
ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi 
ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan 
xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
5) doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega 
bo‘lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarni vaxta usulida bajarilishini 
nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan 
normalardan ortiqcha to‘lanadigan ustamalar;
6) yuridik shaxs joylashgan yerdan (yig‘ilish punktidan) ishlash joyigacha va 
orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida 
bajarilgan taqdirda yo‘lga ketadigan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida 
to‘lanadigan summalar; 
7) yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash 
joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining 
me’yoriy vaqti uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haqlar; 
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti; 
9) xizmat safarlari vaqtidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan 
ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); 
10) xizmat ishlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat 
maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan 
normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to‘lovlar; 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish