185
(foydalanilmay qolgan) summasi 5520 “Chek daftarchalari”
schyotining kreditida
5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari”, 5220 “Chet
eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun korxona xodimlariga
hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablag‘larning harakati ustidan nazorat
tezkor ravishda yuritiladi.
5520 “Chek daftarchalari” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir olingan chek
daftarchalari bo‘yicha yuritiladi.
5530-“Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli
moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag‘lar, shu
jumladan ijtimoiy muassasalar,
obyektlar (bolalar bog‘chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga
foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag‘lari; korxonaning
talabiga ko‘ra alohida schyotda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni
moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning
harakati hisobga olinadi.
Korporativ kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi 5530
“Boshqa maxsus schyotlar” pul mablag‘larini
hisobga olishning maxsus
hisobvarag‘ida yuritiladi. Korporativ kartochka tutib turuvchisi uni olgan kundan
boshlab 10 kundan kechiktirmay buxgalteriya oldida undan sarflangan mablag‘lar
to‘g‘risida hisobot berishi shart. Buyruq bilan hisobot uchun kam muddat, masalan, -
har kun har bir ish kuni oxirida deb ham belgilash mumkin.
Agar kartochkadan xizmat safari xarajatlari to‘lansa, hisobot xodim xizmat
safaridan qaytganidan keyin 3 kun mobaynida taqdim etiladi.
4230-hisobvaraq kartaning mas’ul tutuvchisi (kompaniyaning
shtatdagi
xodimi) qilingan xarajatlar bo‘yicha hisobot berganidan keyin yopiladi (debetlanadi).
Bunda ayni nimaga haq to‘langanligiga qarab turli hisobvaraqlar debetlanadi.
Misol uchun, kantselyariya tovarlari xarid qilinganda 1080 “Inventar va
xo‘jalik anjomlari” hisobvarag‘i debetlanadi, agar printer uchun tonerni almashtirish
bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘langan bo‘lsa, 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
hisobvarag‘i debetlanadi.
Korxonaning ajratilgan bo‘linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi,
alohida xo‘jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun
ochilgan joriy schyotlarda ushbu ko‘rsatilgan mablag‘larning
harakati alohida
schyotda aks ettiriladi.
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul
mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
olish imkoniyatini
ta’minlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: