Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi buxgalteriya hisobi


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Download 107,38 Kb.
bet2/6
Sana21.07.2022
Hajmi107,38 Kb.
#832690
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim buxgalteriya hisobi

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-sentabr,
775-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qaroriga
1-ILOVA
Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi

Mehnatga haq to‘lash razryadlari

Tarif koeffitsiyentlari

1

1,000

2

1,053

3

1,106

4

1,158

5

1,269

6

1,384

7

1,505

8

1,630

9

1,755

10

1,883

11

2,014

12

2,148

13

2,284

14

2,421

15

2,561

16

2,704

17

2,847

18

2,993

19

3,141

20

3,292

21

3,444

22

3,597

Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoriga ko‘paytiriladi.
(izoh qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-fevraldagi 71-son “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 13-fevraldagi PF-2810-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son, 1997-yil 20-martdagi 153-son, 1997-yil 6-iyundagi 286-son, 2000-yil 15-noyabrdagi 444-son, 2000-yil 23-dekabrdagi 498-son, 2001-yil 13-fevraldagi 75-son, 2001-yil 6-apreldagi 162-son, 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini belgilab beradi.
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha quyidagi nafaqalar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 25-iyundagi M-31-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1136-2, 28.07.2007-y.) bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 326-modda)
homiladorlik va tug‘ish uchun;
bola tug‘ilgani uchun;
qo‘shimcha dam olish kuni uchun;
dafn etish marosimi uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
2007-yil 1-yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar:
Budjet tashkilotlari tomonidan — mehnat haqi jamg‘armasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan — foyda solig‘ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(1-band mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2007-yil 25-iyundagi M-31-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1136-2, 28.07.2007-y.) asosida xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 326-modda)
2. Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan nafaqalar ijtimoiy sug‘urta joriy qilinadigan xodimlarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hollarda boshqa fuqarolarga ham beriladi.
Ish beruvchining davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badal to‘lamaganligi, sug‘urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalari bilan ta’minlanish huquqidan mahrum qilmaydi.
3. Umumiy qoidaga ko‘ra xodimga nafaqa, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan davrda (sinov davri hamda ishdan bo‘shatilgan kunni ham qo‘shib) paydo bo‘lsa beriladi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga hamda dehqon xo‘jaligi a’zolariga nafaqa, agar uni olish huquqi ular tomonidan belgilangan tartibda sug‘urta badalini to‘lash davrida paydo bo‘lsa, beriladi.
4. Ayrim hollarda, ya’ni mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingandan (Mehnat kodeksining 67-moddasi) keyin bir oy ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan bo‘lsa, nafaqa yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan to‘lanadi.
Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi muddatli xizmat safidan bo‘shatilgan sobiq harbiy xizmatchilarga ham qo‘llaniladi.
5. Nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan, vafot etgan yoki bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilinganda to‘lanadi. Bunda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uni olish uchun murojaat qilingan kungacha bo‘lgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.
6. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) kunlari xodimning ishdan noqonuniy bo‘shatilgani to‘g‘risida nizo ko‘rilayotgan davrga to‘g‘ri kelgan hollarda, u ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun) nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.
7. Nafaqa oyiga bir marta — oyning ikkinchi yarmi uchun beriladigan ish haqi bilan birga to‘lanadi.

Download 107,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish