Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana13.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#356087
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
bank tizimi. pul-kredit siyosati

oshirish xususiyatlari. 

Makroiqtisodiy  barqarorlikni  ta’minlash  borasidagi  chora  tadbirlarning  muhim  qismi  

aksilinflyatsiya siyosatidir. 

Aksilinflyatsiya  siyosati-baholar  umumiy  darajasini  barqarorlashtirish,  inflyatsion  keskinlikni 

yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. 

      Aksilinflyatsiya siyosati  inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va 

inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv  ko’rinishda bo’lishi mumkin.  

    Aksilinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni  oladi: 

   -yalpi talabni  tartibga solish; 

    -yalpi taklifni tartibga solish. 

 

Keynschi  iqtisodchilar  birinchi  yo’nalish  tarafdorlari  bo’lib,  ular  davlat  buyurtmasi  va 



arzon  kredit    hisobiga    samarali  talabni  shakllantirish  asosida  yalpi  taklif  darajasini  ko’tarish 

mumkin deb hisoblashadi. Hukumatnin bu tadbirlar iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni 

kamaytiradi. 

Ammo  bunday  aksilinflyatsiya  siyosati  davlat  byudjeti  taqchilligini  yuzaga  keltiradi  va 

qo’shimcha  pul  emissiyasiga  ehtiyoj  tug’diradi.  Keyns  davlat  byudjeti  taqchilligini  davlat 

tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan. 

   “Aksilinflyatsiya  siyosatining  monetarstik  yo’nalishi  tarafdorlari  keyinchalik,  keynschilarning 

inflyatsiyaga  qarshi  kurash  bo’yicha  takliflari  doimo  samara  beravermagach  va  kamchiliklari 

yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan,  bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib 

ketdi.    Bunday  sharoitda  monetaristlar  radikal  asilinflyatsiya  usullarini    taklif  etishdi.  Ular  yalpi 




talabni  konfiskatsiya  tipidagi  pul  islohoti  o’tkazish  hisobiga    cheklash  va  byudjet  taqchilligini 

ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi”

*

.  


Monetaristlar  inflyatsiya  aynan  pul  bilan  bog’liq  hodisa  bo’lganligi  sababli  shok  terapiyasi      pul 

massasining  o’sish  sur’atlarini  keskin    qisqartiradi  va  inflyatsiya  sur’atlarini  tushiradi  deb 

hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi  mumkin. 

  Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib daromadlarning va baholarning  

nominal  darajalarini  o’zgartirmagan  holda    eski  pullarni      belgilangan  nisbatda  yangisiga 

alishtirishtirish hisoblanadi.  

Bunday  tadbirlar  aholi  tomonidan  ohir  qabul  qilinishi  sababli,u  qisqa  muddatda  samara  berishi 

zarur. 


 Monetaristlar  tomonidan  taklif  qilinayotgan  aksilinflyatsiya  siyosatining  yana  bir  ko’rinishi  - 

inflyatsiya    sur’atlarini  asta  sekinlik  bilan  pasaytirib  borish  (  graduallash  )  usulidir.  Bu  usulda 

inflyatsiya  sur’atlari  pul  massasini  ko’p  marotalaba,  lekin  oz  ozdan  kamaytirish    orqali    pul 

massasining  o’sish  sur’atini  pasaytirishni  ko’zda  tutadi.    Graduallash  usuli        inflyatsiyani  asta 

sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.  

 Graduallash  usulini  qo’llash    pul  massasi  va  baholar  darajasining  yillik  o’sish  sur’ati  20-30 

foizdan oshmaganda  muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi. 

 Aksilinflyatsiya siyosatining  monetar usullarga muqobil bo’lgan  variantlaridan biri  baholar va 

daromadlarni  tartibga solish  siyosatidir.  Bu usul daromadlarning o’sishi va  baholarning o’sishi 

ni  muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat)  ko’zda tutadi.  

  Daromadlar va baholarni  tartibga solish siyosatini amalga oshirish  hukumat tomonidan  baholar 

(narxlar)    va  daromadlar  darajalarini  muzlatib  qo’yish,  pul  ko’rinishidagi  ish  haqining  o’sishini  

o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga bog’lab qo’yish orqali  amalga oshiriladi. 

    “Soliqlar    tarkibini  o’zgartirish,  yalpi  soliq  tushumlaridagi    to’g’ridan-to’g’ri  soliqlarning 

ulushini    kamaytirish,  bilvosita  soliqlar  ulushini    ko’paytirish,  soliq  stavkalarini  pasaytirish, 

                                                           

* Агапова Т.А.Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб.   и доп.-М.:Издательство 

“Дело и сервис”, 2005. с. 214. 

 



ularning  rag’batlantirish  funktsiyalarini  kuchaytirish,  davlat  byudjeti  xarajatlarini  pasaytirish 

kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi”

*



   Aksilinflyatsiya  siyosatining  u  yoki  bu  turini  tanlash  inflyatsiya  jarayonlarining  xususiyatiga 



bog’liq. 

  Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak: 

-

 

samarali soliq tizimini va  davlat xarajatlari ning baaqarorligini; 



-

 

pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini; 



-

 

“inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.  



Har  kanday  inflyatsiyaning  negizida  asosiy  iqtisodiy  muvozanatlarning  buzilishi  yotadi.  Shu 

sababli inflyatsiyaga qarshi kurash — uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga 

kelgan  nomutanosiblikni  bartaraf  etishga  qaratilgan  baquvvat  tarkibiy  siyosatini  amalga 

oshirishdir. Bir qator chet mamlakatlarning inflyatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko’rsatadiki, 

ular inflyatsiya bilan iqtisodiyot tarkibiy 

 

tuzilishining  buzilishi bir-biriga chambarchas bog’liq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini 



qat’iy  boshqarish  va  to’lovga  qobiliyatli  ortiqcha  umumiy  talabni  bartaraf  etish  bilangina 

cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya dasturlarini ishlab chiqdilar va 

amalga  oshirdilar.  Bu  dasturlar  ana  shu  nomutanosiblikni  tugatish  va,  binobarin,  inflyatsiyani 

keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish imkonini berdi. 

   Keyingi  yillarda  jahon  bozorida  narxlar  darajasining  keskin  oshib  boayotganligi 

aksilinflyatsiya siyosatini yanada takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirdi. 

2000-2007  yillar  mobaynida  jahon  bozoridagi  oziq-ovqat  mahsulotlarining  narxi  o’rtacha 

ikki barobarga oshdi, benzin narxi esa 3,5 barobarga oshdi. Neft narxi rekord darajada, ya’ni bir 

barreli 147 dollardan ortdi.      

 Jahon  moliyaviy  -iqtisodiy  inqirozi  sharoitida  inflyatsiyaga  qarshi  chora  tadbirlarni  keskin 

amalga oshirish zarurati yanada kuchaydi. 

O’zbekiston  Respublikasida  qabul  qilingan  Inqirozga  qarshi  chora-tadbirlar  dasturida  ko’zda 

tutilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta 

                                                           

* Киселёва Е.А. Макроэкономика. /Экспресс курс:учебное пособие- М.:КНОРУС,2007,  

с.62. 


 


qurollantirishni  izchil  davom  ettirish,  energetika  tizimini  modernizatsiya  qilish,  asosiy  sanoat 

tarmoqlarida  mahsulot tannarxini 20 foizga qisqartirish, kommunal xizmatlar baholari o’sishini 

cheklash  mexanizmini  shakllantirish,  bank  tizimini  yanada  takomillashtirish,  ishlab  chiqarishni 

mahalliylashtirish va h.k.lar inflyatsiya sur’atlarini cheklash imkonini beradi.   

 


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish